Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti i. A. Karimovning “Oʻzbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi axboroti haqida (912-XII-son)
02.09.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning “Oʻzbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi axborotini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich joriy etish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar toʻla maʼqullansin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning “Oʻzbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi axborotida bayon etilgan asosiy qoidalar hamda xulosalar qoʻllab-quvvatlansin va ular rahbarlik hamda ijro etish uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi va Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn uchinchi sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ilgari surgan bosh ustuvorliklar va vazifalarga asoslangan holda iqtisodiy islohotni izchil chuqurlashtirishga, xalq xoʻjaligini yanada barqarorlashtirishga, Oʻzbekistonning iqtisodiy mustaqilligiga erishishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
912-XII-son
