Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (255-q-son)
04.03.2014
Xorazm viloyati Xazorasp tumani hokimining
qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Xazorasp tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (S. Abduraxmonov), Pitnak shahar Militsiya boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (E. Sapayev) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasinlar:
a) Tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
b) tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
v) jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
g) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
IIB YHXdan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari.
2. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qarorning 1-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
4. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda YHXGga, tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatilishi tavsiya qilinsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 26-apreldagi 499-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2014-yil 10-noyabrgacha yozma axborat berish vazifasi topshirilsin.
7. Ushbu qaror “Xazoraspnoma” gazetasida eʼlon qilinsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Bobayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Oʻ. QURBANOV
Xazorasp t.,
2014-yil 4-mart,
255-q-son
Tuman hokimining 2014-yil 4-martdagi 255-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2014-yil 4-martdagi 255-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Xazorasp tumanidagi avtokorxona va tashkilotlarda tronsportlar, tirkamalarining 2014-yilda texnik koʻrikka taqdim qilish kunlari
JADVALI
T/r Avtoxoʻjalik nomi Texnik koʻrikdan oʻtkazish kuni Oʻtgan yilgi T/V soni Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi 1-bosqich 2-bosqich 1. “Azamat” XIChSF 22-23.03.14 yil 23.09.13 yil 1 Xazorasp 96-ATK 2. “Ilxom-Nazar trans” MChJ 22-23.03.14 yil 23.09.13 yil 1 Xazorasp 96-ATK 3. Boltayev Kodirbergan MChJ 25.03.14 yil 6 Xazorasp 96-ATK 4. AT Agrobank Xazorasp boʻlimi 25.03.14 yil 2 YPX maskanida 5. Jamshidbek XK 25.03.14 yil 1 YPX maskanida 6. Tuman BK va AIMK markazi 26.03.14 yil 1 YPX maskanida 7. Xazorasp pedagogika kolleji 26.03.14 yil 1 YPX maskanida 8. Oʻzagrosugʻurta DASK Xaza�osp tuman boʻlimi 26.03.14 yil 2 YPX maskanida 9. Jaloliddin Sharif XK 26.03.14 yil 3 YPX maskanida 10. “Xazorasp-Invest unversal” 27.03.14 yil 24.09.14 yil 1 Xazorasp 96-ATK 11. Baxtiyor-Xudoyor XK 28.03.14 yil 25.09.14 yil 1 YPX maskanida 12. Ibroximbobo XK 28.03.14 yil 3 YPX maskanida 13. Axmadjon-Raxmatjon XK 28.03.14 yil 1 YPX maskanida 14. Xalq banki Xazorasp boʻlimi 28.03.14 yil 1 YPX maskanida 15. Matlubot jamiyatiga qarashli Xazorasp savdo korxonasi 28.03.14 yil 2 YPX maskanida 16. Tuman Aloqa boʻlimi 29.03.14 yil 3 oʻzida 17. Tuman DSEMN 29.03.14 yil 4 oʻzida 18. MTP DAJ 30.03.14 yil 5 oʻzida 19. Tuman Qishloq kasb-x�nar kolleji 1.04.14 yil 1.10.13 yil 6 oʻzida 20. Tuman Veterinariya boʻlimi 2.04.14 yil 2 oʻzida 21. Tuman IIB Yongʻin xavfsizligi boʻlimi 2.04.14 yil 4 oʻzida 22. Vatanparvar 3.04.14 yil 2.10.14 yil 6 oʻzida 23. Neft mahsulotlari UK Xazorasp boʻlimi 4.04.14 yil 3.10.14 yil 9 oʻzida 24. Tuproqqala YXTFDUK Xazorasp uchastkasi 5-6.04.14 yil 15 oʻzida 25. Xazorap Paxta tozalash OAJ 8-9.04.14 yil 4.10.14 yil 13 oʻzida 26. Agroqurilish XK 10.04.14 yil 9 oʻzida 27. OAJ shaklidagi Xorazm shakar KK filiali 11-12.04.14 yil 5.10.14 yil 29 oʻzida 28. Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi 13.04.14 yil 2 oʻzida 29. Toshsaqa suv qurilish OAJ 13.04.14 yil 8 oʻzida 30. Avto Modern MChJ 15.04.14 yil 7.10.14 yil 1 Xazorasp 96-ATK 31. Gujumtrans XK 15.04.14 yil 7.10.14 yil 1 Xazorasp 96-ATK 32. Qishloqxoʻjalikkimyo AJ Xazorasp boʻlimi 16.04.14 yil 2 oʻzida 33. Xorazm Globol Konstruksion MChJ 17-18.04.14 yil 8.10.14 yil 17 oʻzida 34. Tuman Markaziy shifoxonasi 19-20.04.14 yil 15 oʻzida 35. Xazorasp 96-ATK 22-25.04.14 yil 9.10.14 yil 79 oʻzida 36. Kolgan mayda korxona va tashkilotlar 1-11.04.14 yil 206 YPX maskanida
Pitnak shahridagi transport vositalarni 2014-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazish JADVALI T/r Yuridik shaxs nomi Transport soni Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati 1-bosqich 2-bosqich 1. Obodonlashtirish boshqarmasi 2 93-son ATK 10.04.2014 2. Pitnak 1-KYoXK 7 Oʻzida 10.04.2014 3. Xalq Banki 1 93-son ATK 11.04.2014 4. Amu SGEM 3 93-son ATK 11.04.2014 5. Tuyamuyun mexanika taʼmir korxonasi 1 93-son ATK 12.04.2014 6. Markaziy shifoxona 6 93-son ATK 12.04.2014 7. Pitnak DSENM 2 93-son ATK 13.04.2014 8. Tuyamuyun elektrotaʼmir MChJ 1 93-son ATK 13.04.2014 9. Qishloqxoʻjalikkimyo 9 93-son ATK 13.04.2014 10. MK vatanparvar tashkiloti 7 93-son ATK 15.04.2014 11. Pitnak Don MChJ 3 93-son ATK 15.04.2014 12. Drujba irmantaj 6 93-son ATK 17.04.2014 13. Tuyamuyun savdo x/k 4 93-son ATK 17.04.2014 14. XAPO 31 Oʻzida 17.04.2014 17.10.2014 15. Tuyamuyun gidrouzelini ishlatish boshqarmasi 28 Oʻzida 18.04.2014 18.10.2014 16. Tuyamuyun GES 13 Oʻzida 18.04.2014 18.10.2014 17. Tuyamuyunmaxsus qurilish xususiy korxonasi 5 93-son ATK 19.04.2014 18. Xazorasp avtogaz 3 93-son ATK 19.04.2014 19. 20-KKBD 5 93-son ATK 22.04.2014 20. Bioservis 12 93-son ATK 24.04.2014 25.10.2014 21. Pitnak elektr aloqa bogʻlamasi 3 93-son ATK 25.04.2014 22. 93-son avtotransport korxonasi 1 93-son ATK 25.04.2014 25.10.2014 23. Vetenariya boʻlimi 2 93-son ATK 26.04.2014 24. Umida fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 26.04.2014 25. Al-Arab fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 03.05.2014 04.11.2014 26. Usta Abdirimfermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 06.05.2014 27. Mumin Rais fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 08.05.2014 28. Abdirim-Ota fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 08.05.2014 29. Yusupbov-Sapobek xususiy karxonasi 1 93-son ATK 09.05.2014 30. Xurriyat Bogʻbon fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 10.05.2014 31. Taʼmir beton maxsus taʼmir 1 93-son ATK 10.05.2014 32. Xosilat sher fermer xoʻjaligi 2 93-son ATK 10.05.2014 33. Xorazm kimyo MChJ 1 93-son ATK 10.05.2014 34. Nasiba fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 10.05.2014 35. Maxsudbek Muxtorbek fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 14.05.2014 36. Yulduzxon-Xosimaxon fermer xoʻjaligi 1 93-son ATK 15.05.2014 37. Oltin xususiy firmasi 1 93-son ATK 15.05.2014 JAMI 170
