2014-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida (256-q-son)
04.03.2014
Xorazm viloyati Xazorasp tumani hokimining
qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, tumanda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibini, ishsiz deb eʼtiof etilgan fuqarolarning bunday ishlarda ishtirok etish shartlarini belgilash maqsadida qaror qilaman:
1. Tumanda 2014-yilda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish ilovaga muvofiq korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklariga yuklatilsin.
2. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Q. Yaqubov)ga ilovada keltirilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari bilan tegishli shartnomalar tuzib, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
3. Tegishlicha korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari:
tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq boʻlishini;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqarolarni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga haq toʻlanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlanishini;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzsin va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlasin;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzishda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, Xazorasp tuman hokimligiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foiz mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
4. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Q. Yaqubov) bir hafta maboyinida qarorning ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan katʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
5. Tuman hokimining “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2012-yil 19-iyundagi 420-q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb xisoblansin.
6. Qaror rasmiy eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M. Raximov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Oʻ. QURBANOV
Xazorasp t.,
2014-yil 4-mart,
256-q-son
Tuman hokimining 2014-yil 4-martdagi 256-q-sonli qaroriga ILOVA
2014-yilda Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qiladigan korxona, tashkilot, muassasalar va fermer xoʻjaliklari
roʻyxati
T/r Korxona, tashkilot va muassasalar nomi Jalb qilinadigan kishilar soni Bajariladigan ish turlari 1. “Irdimzon saxiy” fermer xoʻjaligi 16 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari 2. “Quryoz Nunyoz” fermer xoʻjaligi 11 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari 3. “Xiva Masharif Abdusharif” fermer xoʻjaligi 12 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari 4. “Ismigul Baxtigul” masʼuliyati cheklangan jamiyati 12 Qurilish taʼmirlash ishlari 5. “Abduraxim ota Jamshidbek” fermer xoʻjaligi 12 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari 6. “Kiyot” bioservis masʼuliyati cheklangan jamiyati 12 Biolaboratoriya ishlari 7. “Ogaxiy Mashʼali” fermer xoʻjaligi 10 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari 8. “Oqyop kimyo yordamchi” xoʻjaligi 10 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari 9. 6-son oʻrta umumtaʼlim maktabi 6 Qurilish taʼmirlash ishlari 10. 49-son oʻrta umumtaʼlim maktabi 7 Qurilish taʼmirlash ishlari 11. “Sulton Xoʻja” oʻgʻli fermer xoʻjaligi 15 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari 12. “Jumaniyoz bobo” fermer xoʻjaligi 8 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari 13. “Chinobod chiroyi” fermer xoʻjaligi 10 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari 14. “Ibragim Shoxrux” fermer xoʻjaligi 13 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari 15. “Shonazar Hosilot” fermer xoʻjaligi 12 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari 16. “Saʼdulla Soʻnajon” fermer xoʻjaligi 10 Mavsumiy qishloq xoʻjaligiishlari 17. “Juryon bioservis” masʼuliyati cheklangan jamiyati 21 Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari JAMI 197
