Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (211-son)
28.02.2014
Xorazm viloyati Shovot tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Shovot tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (S. Abduraxmonov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasinlar:
a) tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
b) tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
v) jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
g) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
IIB YHXdan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari.
2. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qarorning 1-bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
4. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda YHXGga, tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatilishi tavsiya qilinsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 5-apreldagi 303-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2014-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
7. Ushbu qaror “Shovot istiqboli” gazetasida eʼlon qilinsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v. v. b O. Xolboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Q. QURYaZOV
Shovot t.,
2014-yil 28-fevral,
211-son
Tuman hokimining 2014-yil 28-fevraldagi 211-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2014-yil 28-fevraldagi 211-sonli qaroriga 2-ILOVA
Shovot tumanidagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikka jalb qilish
JADVALI
T/r Korxona va tashkilotlarning nomi Avto moto transport soni Manzili Majburiy texnik koʻrik oʻtkaziladigan kun Texnik koʻrik oʻtkaziladigan manzil 1. Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar 124 Tuman hududida 1.03.14 15.03.14 Yoʻldosh Otajon k-k 2. Xususiy firmalar 97 Tuman hududida 16.03.14 22.03.14 Yoʻldosh Otajon k-k 3. Xususiy korxonalar 89 Tuman hududida 22.03.14 28.03.14 Yoʻldosh Otajon k-k 4. Kichik korxonalar 78 Tuman hududida 1.04.14 6.04.14 Yoʻldosh Otajon k-k 5. Fermer xoʻjaliklari 89 Tuman hududida 7.04.14 12.04.14 Yoʻldosh Otajon k-k 6. Shovot tuman hokimligi 2 Turkiston, 47-uy 14.04.14 Yoʻldosh Otajon k-k 7. Moliya boʻlimi 1 Turkiston, 68-uy 15.04.14 Yoʻldosh Otajon k-k 8. Agrobank 2 Zamahshariy koʻcha 16.04.14 Yoʻldosh Otajon k-k 9. Xalq banki 1 Manguberdi koʻcha 17.04.14 Yoʻldosh Otajon k-k 10. Uzagrosugʻurta Shovot boʻlimi 1 J. Manguberdi koʻcha 18.04.14 Yoʻldosh Otajon k-k 11. Shovot mehnat birja 1 J. Manguberdi 12 uy 21.04.14 Yoʻldosh Otajon k-k 12. Urganch neft bazasi UK Shovot filiali 12 Temir yoʻl stansiyasi 22.04.14 22.11.14 Neft baza avtosaroyida 13. Don mahsulotlari korxonasi 3 Madaniyat koʻcha 23.04.14 Yoʻldosh Otajon k-k 14. MPK — 289 korxonasi 6 St.Shovot 24.04.14 Yoʻldosh Otajon k-k 15. Shovot paxta tozalash MChJ 9 Zavodchilar koʻchasi 25.04.14 Paxta tozalash MChJ 16. Shovot YXTPTFDK 9 Kumyap mahallasi 28.04.14 Yoʻldosh Otajon k-k 17. Qishloqhoʻjalikkimyo Shovot filiali 9 St. Shovot 1.05.14 Yoʻldosh Otajon k-k 18. Shovot Irrigatsiya qurilish MChJ 2 St. Shovot 2.05.14 Yoʻldosh Otajon k-k 19. Bandlikka koʻmaklashuvchi markaz 1 St. Shovot 5.05.14 Yoʻldosh Otajon k-k 20. Ray vet stansiya 3 Shirin pos 6.05.14 Yoʻldosh Otajon k-k 21. Dilshod gʻisht 14 Kiyot qishlogʻi 7.05.14 Yoʻldosh Otajon k-k 22. Shovotteks qoʻshma korxonasi 10 Chigʻatoy qalʼa qishlogʻi 8.05.14 Shovot teks garaji 23. R. S. Vatanparvar 8 Zamahshariy koʻcha 9.05.14 Yoʻldosh Otajon k-k 24. Obodonlashtirish boshqarmasi 4 Turkiston koʻchasi 12.05.14 Yoʻldosh Otajon k-k 25. Shovot TMK, SES 14 K.Otoniyozov 13.05.14 Yoʻldosh Otajon k-k 26. Xalq taʼlimi boʻlimi 2 Usta Sodiq 15 uy 14.05.14 Yoʻldosh Otajon k-k 27. Kongli MMTP 2 Shu yerda 15.05.14 MMTP avtosaroyida 28. Ishtimoyat MMTP 3 Shu yerda 16.05.14 MMTP avtosaroyida 29. Monoq Boʻston MMTP 2 Shu yerda 19.05.14 MMTP avtosaroyida 30. Shovot tuman IIB YoXB 4 Shu yerda 21.05.14 MMTP avtosaroyida 31. K. Raximov muqobil MTP 2 Shovot qalʼa qishlogʻi 26.05.14 MMTP avtosaroyida 32. Sohibkor muqobil MTP 4 Beshmergan qishlogʻi 27.05.14 MMTP avtosaroyida 33. Alyonishka kop 4 Zamahshariy 12 uy 5.06.14 Yoʻldosh Otajon k-k 34. Shovot GAZ korxonasi 4 Kiyot qishlogʻi 6.06.14 Yoʻldosh Otajon k-k 35. Belomotorservis oʻquv IChK 6 Zamahshariy koʻcha 9.06.14 Yoʻldosh Otajon k-k Jami avtotransportlar soni 622
Izoh:
Shaxsiy avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari har kuni Turkiston koʻchasi, 78-uyda joylashgan avtomobillarni taʼmirlash ustaxonasida, shanba va yakshanba kunlari “Yoʻldosh Otajon” yoʻlovchi tashuvchi uyushmasi avtosaroyida 9-00 dan 16-00 ga qadar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
