Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (1159-son)
20.10.2014
Xorazm viloyati Shovot tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ish bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Shovot tumanida 2015-yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida, ish oʻrinlarini band qiladigan korxona, tashkilot va muassasalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning, roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 190 kishini tashkil etadigan 100 foiz miqdorida, shu jumladan:
14 yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 13,7 foiz (26 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 69 foiz (131 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 4,7 foiz (9 kishi);
nogironlar uchun 2,6 foiz (5 kishi);
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 3,2 foiz (6 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 4,7 foiz (9 kishi);
odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1 foiz (2 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 1 foiz (2 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
14 yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun maxsus malakani talab qilinmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari muayyan kasb-hunarga va malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari tashkil qilinsin.
4. Korxona va tashkilotlar hamda muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilingan kasb va lavozimlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazi (A. Tojiyev) bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
7. Tashkilotlar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
8. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2013-yil 11-oktabrdagi 851-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Narbayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim T. UTAMURATOV
Shovot t.,
2014-yil 20-oktabr,
1159-son
Tuman hokimining 2014-yil 20-oktabrdagi 1159-sonli qaroriga 1-ILOVA
2015-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish
Roʻyxati
Tuman hokimining 2014-yil 20-oktabrdagi 1159-sonli qaroriga 2-ILOVA
Korxona va tashkilotlar hamda muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilingan kasb va lavozimlar
Roʻyxati
T/r Korxona, tashkilot, muassasalar nomlari Kasb va lavozimlar 1. “Shovot Paxta tozalash” ochiq aksiyadorlik jamiyati payvandchi, qorovul, tikuvchi, hisobchi, elektromontyor 2. “Shovot don mahsulotlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati elektromontyor, payvandchi, qorovul, ishchi 3. Barkamol avlod bolalar markazi toʻgarak rahbari, qorovul 4. “Binokor” MChJ ishchi, traktorchi, presschi 5. Shovot MTP MChJ traktorchi, soqchi, ishchi 6. “Shovot podshipnik” OAJ elektronщik, soqchi, farrosh 7. “UZTEX SNOVOT” MChJ ip yigiruvchi, har-xil ishchi 8. Urganch Neftebaza unitar korxonasi Shovot filiali operator, ishchi 9. Tuman tibbiyot birlashmasi Umumiy amaliyot shifokori, bosh doya, hamshira, farrosh, soqchi 10. Shovot tuman Davlat soliq inspeksiyasi oliy toifali shifokor, hamshira, kichik hamshira, farrosh 11. 1-ixtisoslashtirilgan maktab internati yetakchi, tarix fani oʻqituvchisi, farrosh 12. Shovot qurilish kasb-hunar kolleji mehnat taʼlimi va fizika, ingliz, rus tili oʻqituvchisi 13. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish taʼlim ustasi, ingliz tili va matematika oʻqituvchisi 14. Shovot yengil sanoat kasb-hunar kolleji geografiya, matematika fani oʻqituvchisi 15. Shovot qishloq xoʻjalik va maishiy xizmat koʻrsatish kolleji ishlab chiqarish taʼlim ustasi, ingliz tili oʻqituvchisi, farrosh 16. “Doʻstlik” qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji mehnat taʼlimi va fizika, matematika oʻqituvchisi 17. Shovot qalʼa Maishiy xizmat kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish taʼlim ustasi, ingliz tili oʻqituvchisi 18. “Shovotgaztaʼminot” Shovot filiali uchastka inspektori, payvandchi, soqchi, farrosh 19. “Shovot pochta” aloqa tarmogʻi boʻlim boshligʻi, pochta tarqatuvchi, haydovchi, ishchi 20. “Agrobank” Shovot tuman boʻlimi bank mutaxassisi, ishchi 21. TIF “Milliy bank Shovot tuman boʻlimi bank mutaxassisi, ishchi 22. “Mikrokreditbank” Shovot tuman boʻlimi hisobchi, bank mutaxassisi, qorovul 23. “Xalq banki” Shovot filiali minibank mudiri va kassiri, qorovul 24. Shovot tumani madaniyat va sport ishlari boʻlimi badiiy rahbar, oʻyin sahnalashtiruvchi, qorovul 25. “Qishloqxoʻjalikkimyo” Shovot tuman filiali traktorchi, ishchi 26. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati dezinfektor, oliy toifali shifokor, farrosh 27. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sport murabbiyi, soqchi 28. Shovot yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi asfalt yotqizuvchi, yoʻl belgilarni taʼmirlovchi usta 29. “Yoʻldosh Otajon” kichik korxonasi haydovchi, qorovul 30. Veterinariya boʻlimi veterinariya shifokori, feldsheri, soqchi 31. “Dilshodgʻishtqurili?” MChJ har-xil ishchilar 32. Shovot telekommunikatsiya bogʻlamasi elektromantyor, liniya muhandisi, haydovchi, tarkorchi 33. Kat-qalʼa teks MChJ operator, ishchi 34. Obodonlashtirish boshqarmasi kuzatuvchi, har-xil ishchilar 35. 1 -umumiy taʼlim maktabi mehnat taʼlimi va fizika oʻqituvchisi 36. 2 -umumiy taʼlim maktabi kimyo va biologiya fani oʻqituvchisi 37. 3 -umumiy taʼlim maktabi matematika va fizika oʻqituvchisi 38. 4 -umumiy taʼlim maktabi matematika va ingliz oʻqituvchisi 39. 5 -umumiy taʼlim maktabi informatika va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi 40. 6 -umumiy taʼlim maktabi kimyo va biologiya fani oʻqituvchisi 41. 7 -umumiy taʼlim maktabi matematika va rus tili oʻqituvchisi 42. 8-umumiy taʼlim maktabi informatika va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi 43. 9 -umumiy taʼlim maktabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi, farrosh 44. 10 -umumiy taʼlim maktabi mehnat taʼlimi va fizika oʻqituvchisi 45. 11 -umumiy taʼlim maktabi musiqa fani oʻqituvchisi 46. 12-umumiy taʼlim maktabi geografiya, biologiya, matematika, boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi, farrosh 47. 13 -umumiy taʼlim maktabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi, farrosh 48. 14 -umumiy taʼlim maktabi matematika va ingliz tili oʻqituvchisi 49. 15 -umumiy taʼlim maktabi informatika va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi 50. 16 -umumiy taʼlim maktabi fizika oʻqituvchisi, bino ishchisi 51. 17 -umumiy taʼlim maktabi matematika oʻqituvchisi, bino ishchisi 52. 18 -umumiy taʼlim maktabi farrosh, oʻt yoquvchi 53. 19 -umumiy taʼlim maktabi oʻt yoquvchi, rus tili oʻqituvchisi, farrosh 54. 20 -umumiy taʼlim maktabi matematika va fizika oʻqituvchisi 55. 21 -umumiy taʼlim maktabi informatika va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi 56. 22 -umumiy taʼlim maktabi fizika oʻqituvchisi, bino ishchisi 57. 23 -umumiy taʼlim maktabi matematika va fizika oʻqituvchisi 58. 24 -umumiy taʼlim maktabi matematika oʻqituvchisi, bino ishchisi 59. 25 -umumiy taʼlim maktabi geografiya, matematika fani oʻqituvchisi 60. 26 -umumiy taʼlim maktabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi, farrosh 61. 27 -umumiy taʼlim maktabi matematika va fizika oʻqituvchisi, soqchi 62. 28 -umumiy taʼlim maktabi informatika va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, soqchi, farrosh 63. 29 -umumiy taʼlim maktabi matematika va fizika oʻqituvchisi, soqchi 64. 30 -umumiy taʼlim maktabi koʻcha supuruvchi, ishchi 65. 31 -umumiy taʼlim maktabi oʻt yoquvchi, soqchi, farrosh 66. 32 -umumiy taʼlim maktabi ingliz tili, rus tili oʻqituvchisi, farrosh 67. 33 -umumiy taʼlim maktabi bino ishchisi 68. 34 -umumiy taʼlim maktabi fizika oʻqituvchisi, bino ishchisi 69. 35 -umumiy taʼlim maktabi rus tili, matematika oʻqituvchisi, ishchi 70. 36-umumiy taʼlim maktabi fransuz tili oʻqituvchisi, bino ishchisi 71. 37 -umumiy taʼlim maktabi fransuz tili, matematika oʻqituvchisi, soqchi, farrosh, laborant 72. 38 -umumiy taʼlim maktabi ingliz tili, rus tili, laborant, farrosh 73. 39 -umumiy taʼlim maktabi ingliz tili, rus tili, laborant, farrosh 74. 40 -umumiy taʼlim maktabi fransuz tili, matematika oʻqituvchisi, soqchi, farrosh, laborant 75. 41 -umumiy taʼlim maktabi milliy istiqlo� gʻoyasi, informatika oʻqituvchisi 76. 42 -umumiy taʼlim maktabi rus tili, jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, soqchi 77. 43 -umumiy taʼlim maktabi fizika, matematika, ingliz tili, jismoniy tarbiya oʻqituvchisi 78. 44 -umumiy taʼlim maktabi ingliz tili, rus tili, boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi, laborant, farrosh 79. 45 -umumiy taʼlim maktabi geografiya fani oʻqituvchisi, laborant, farrosh, soqchi 80. 46 -umumiy taʼlim maktabi laborant, farrosh, soqchi 81. 47 -umumiy taʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi, soqchi, farrosh 82. 48 -umumiy taʼlim maktabi ingliz tili, rus tili oʻqituvchisi, farrosh 83. 49 -umumiy taʼlim maktabi ingliz tili, rus tili oʻqituvchisi, farrosh 84. 50 -umumiy taʼlim maktabi bino ishchisi 85. 51 -umumiy taʼlim maktabi fizika oʻqituvchisi, bino ishchisi 86. 52 -umumiy taʼlim maktabi rus tili, matematika oʻqituvchisi, ishchi 87. 53 -umumiy taʼlim maktabi fransuz tili oʻqituvchisi, bino ishchisi 88. 1-son “ Lola” MTM fransuz tili oʻqituvchisi, bino ishchisi 89. 2-son “ Yayra” MTM soqchi, tarbiyachi, farrosh 90. 4-son “ Dilorom” MTM soqchi, tarbiyachi, farrosh 91. 5-son “ Orzu” MTM musiqa tarbiyachisi, farrosh 92. 7-son” Tabassum” MTM tarbiyachi, kichik tarbiyachi, soqchi 93. 8-son “ Umid” MTM musiqa tarbiyachisi, farrosh 94. 9-son “Shalola”MTM tarbiyachi, kichik tarbiyachi, oʻt yoquvchi 95. 10-son “ Yulduzcha” MTM tarbiyachi, kichik tarbiyachi, oʻt yoquvchi, soqchi 96. 11-son “Navroʻz”MTM tarbiyachi, kichik tarbiyachi, oʻt yoquvchi 97. 13-son “ Orzu” MTM tarbiyachi, kichik tarbiyachi, oʻt yoquvchi, soqchi 98. 12-son “ Farzand” MTM musiqa tarbiyachisi, farrosh 99. 15-son “ Yulduzcha” MTM tarbiyachi, kichik tarbiyachi, oʻt yoquvchi, soqchi 100. 16-son “ Lola” MTM hamshira, yordamchi, tarbiyachi, farrosh 101. 17-son “ Bahor “ MTM hamshira, yordamchi, tarbiyachi, farrosh 102. 19-son “ Kamolot” MTM hamshira, yordamchi, tarbiyachi, farrosh 103. 21-son “Nargis” MTM hamshira, yordamchi, tarbiyachi, farrosh 104. 22-son “ Quvonch” MTM hamshira, yordamchi, tarbiyachi, farrosh 105. “Monoq” qishloq vrachlik punkti hamshira, umumiy amaliyot shifokori 106. “Buyrachi” qishloq vrachlik punkti uchastka hamshirasi, umumiy amaliyot shifokori 107. “Maxtumquli” qishloq vrachlik punkti doya, umumiy amaliyot shifokori 108. “Ibn-Sino” qishloq vrachlik punkti hamshira, umumiy amaliyot shifokori 109. “Kangli” qishloq vrachlik punkti umumiy amaliyot shifokori, hamshira 110. “Soxibkor” qishloq vrachlik punkti hamshira, feldsher, doya 111. “Otajon Xidirov” qishloq vrachlik punkti hamshira, umumiy amaliyot shifokori, soqchi 112. “Guliston” qishloq vrachlik punkti hamshira, umumiy amaliyot shifokori, soqchi 113. “Ipakchi” qishloq vrachlik punkti hamshira, umumiy amaliyot shifokori 114. “Beruniy” qishloq vrachlik punkti hamshira, umumiy amaliyot shifokori 115. “Doʻstlik” qishloq vrachlik punkti hamshira, umumiy amaliyot shifokori 116. “Mehnatobod-Doʻstlik” qishloq vrachlik punkti hamshira, umumiy amaliyot shifokori, soqchi 117. “K. Raximov-2” qishloq vrachlik punkti hamshira, umumiy amaliyot shifokori 118. “Oʻzbekiston” qishloq vrachlik punkti hamshira, umumiy amaliyot shifokori
