Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (585q-son)
09.10.2014
Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimining
Qarori
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ish bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Yangiariq tumanida 2015-yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida, ish oʻrinlarini band qiladigan korxona, tashkilot va muassasalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning, roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 170 kishini tashkil etadigan 100 foiz miqdorida, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 11 foiz (19 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 49 foiz (83 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 7 foiz (12 kishi);
nogironlar uchun 6 foiz (10 kishi);
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 10 foiz (17 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 4 foiz (7 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 13 foiz (22 kishi).
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin. Shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun maxsus malakani talab qilinmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari muayyan kasb-hunarga va malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari tashkil qilinsin.
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhafaza qilishsh markazi bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
6. Tashkilotlar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini 2-ilovaga muvofiq taʼminlasinlar.
7. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2013-yil 17-oktabrdagi 549q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Yangiariq tuman hokimi oʻrinbosari X. Madaminov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim K. SOBIROV
Yangiariq t.,
2014-yil 9-oktabr,
585q-son
Tuman hokimining 2014-yil 9-oktabrdagi 585q-sonli qaroriga 1-ILOVA
2015-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish
roʻyxati
T/r Korxona, tashkilot va muassasa nomi Ularda jami ishlovchilar soni Band qilinadigan ish oʻrinlari jami Shu jumladan oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar nogironlar uchun Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar qolganlar jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari Odam savdosidan jabr kurganlar uchun 1. Yangiariq tuman hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi 132 4 1 2 1 2. Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasi 772 28 4 15 5 4 3. Yangiariq tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi 43 1 1 4. Yangiariq tuman Davlat soliq inspeksiyasi 51 2 1 1 5. Yangiariq tuman 9-son umumtaʼlim maktabi 76 5 2 3 6. Yangiariq tuman 8-son umumtaʼlim maktabi 39 1 1 7. Yangiariq tuman 7-son umumtaʼlim maktabi 55 2 2 8. Yangiariq tuman 6-son umumtaʼlim maktabi 59 2 2 9. Yangiariq tuman 5-son umumtaʼlim maktabi 84 3 2 1 10. Yangiariq tuman 4-son umumtaʼlim maktabi 87 2 2 11. Yangiariq tuman 40-son umumtaʼlim maktabi 30 1 1 12. Yangiariq tuman 39-son ixtisoslashgan maktabi 34 1 1 13. Yangiariq tuman 38-son ixtisoslashgan maktab 54 1 1 14. Yangiariq tuman 37-son ixtisoslashgan maktab 46 1 1 15. Yangiariq tuman 35-son umumtaʼlim maktabi 27 1 1 16. Yangiariq tuman 33-son umumtaʼlim maktabi 41 1 1 17. Yangiariq tuman 32- son umumtaʼlim maktabi 47 2 2 18. Yangiariq tuman 31-son umumtaʼlim maktabi 103 2 2 19. Yangiariq tuman 30-son umumtaʼlim maktabi 29 1 1 20. Yangiariq tuman 3- son umumtaʼlim maktabi 70 1 1 21. Yangiariq tuman 2-son umumtaʼlim maktabi 67 2 2 22. Yangiariq tuman 29-son umumtaʼlim maktabi 73 2 1 1 23. Yangiariq tuman 28-son umumtaʼlim maktabi 41 1 1 24. Yangiariq tuman 27-son umumtaʼlim maktabi 46 1 1 25. Yangiariq tuman 26-son umumtaʼlim maktabi 70 2 1 1 26. Yangiariq tuman 25-son umumtaʼlim maktabi 65 2 2 27. Yangiariq tuman 24-son umumtaʼlim maktabi 76 2 2 28. Yangiariq tuman 23-son umumtaʼlim maktabi 58 1 1 29. Yangiariq tuman 22-son umumtaʼlim maktabi 70 2 1 1 30. Yangiariq tuman 21-son umumtaʼlim maktabi 48 1 1 31. Yangiariq tuman 20-son umumtaʼlim maktabi 69 2 2 32. Yangiariq tuman 1-son umumtaʼlim maktabi 70 2 2 33. Yangiariq tuman 19-son umumtaʼlim maktabi 87 3 2 1 34. Yangiariq tuman 18-son umumtaʼlim maktabi 47 1 1 35. Yangiariq tuman 17-son umumtaʼlim maktabi 48 1 1 36. Yangiariq tuman 16-son umumtaʼlim maktabi 66 2 1 1 37. Yangiariq tuman 15-son umumtaʼlim maktabi 76 1 1 38. Yangiariq tuman 14-son umumtaʼlim maktabi 55 1 1 39. Yangiariq tuman 13-son umumtaʼlim maktabi 80 3 1 1 1 40. Yangiariq tuman 12-son umumta�lim maktabi 50 1 1 41. Yangiariq tuman 11-son umumtaʼlim maktabi 45 1 1 42. Yangiariq tuman 10-son umumtaʼlim maktabi 34 1 1 43. Yangiariq tuman 11-son maktab internati 64 2 1 1 44. Yangiariq tuman “Xorazm” qishloq vrachlik punkti 38 1 1 45. Yang�ariq tuman “Oʻzbekiston” qishloq vrachlik punkti 37 1 1 46. Yangiariq tuman “Ostona” qishloq vrachlik punkti 32 1 1 47. Yangiariq tuman “Avaz-Oʻtar” qishloq vrachlik punkti 39 1 1 48. Yangiariq tumanDavlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi 105 2 1 1 49. Yangiariq sanoat iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 126 3 2 1 50. Yangiariq paxta tozalash ochiq aksiyadorlik jamiyati 486 30 3 1 8 4 2 4 8 51. Yangiariq “Ostona” qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 102 3 1 2 52. Yangiariq Maishiy xizmat kasb-hunar kolleji 101 3 2 1 53. Yangiariq qurilish transport kasb-hunar kolleji 89 3 1 1 1 54. Tagan maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 141 4 3 1 55. Agrobiznes va servis qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 100 3 1 1 1 56. Xalq banki Yangiariq tuman filiali 51 1 1 57. Yangiariq “Qishloqxoʻjalikkimyo” taʼminot 72 3 1 1 1 58. Yangiariq yoʻl xoʻjalik pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi 61 2 1 1 59. Xorazm baliq MChJ 157 4 1 1 1 1 60. Agrobank Yangiariq boʻlimi 40 1 1 61. Yangiariq mashina-traktor parki MChJ 29 1 1 62. Yagiariq tuman gaz filiali 94 3 2 1 63. Yangiariq tuman veterinariya boʻlimi 40 1 1 Tuman boʻyicha 5224 170 19 83 12 10 17 7 22
Tuman hokimining 2014-yil 9-oktabrdagi 585q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yangiariq tumanidagi korxona, tashkilotlar va muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilingan kasb va lavozimlar
roʻyxati
T/r Korxona va tashkilotlar nomi Ishlovchilar soni Band qilingan ish oʻrni Kasb va lavozimlar 1. Yangiariq tuman hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi 132 4 koʻcha supuruvchi,koʻkalamzorlashtirish boʻyicha ishchi 2. Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasi 772 28 shifokor, hamshira, feldsher, farrosh, oshpaz, qorovul 3. Yangiariq tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi 43 1 raqs bastalovchi, rejissor, yoʻriqchi. 4. Yangiariq tuman Davlat soliq inspeksiyasi 51 2 hukukshunos, navbatchi soqchi va soliq xodimi 5. Yangiariq tuman 9-son umumtaʼlim maktabi 76 5 ingliz tili, matematika fani oʻqituvchisi 6. Yangiariq tuman 8-son umumtaʼlim maktabi 39 1 ingliz tili oʻqituvchisi 7. Yangiariq tuman 7-son umumtaʼlim maktabi 55 2 ingliz tili, rus tili fani oʻqituvchisi 8. Yangiariq tuman 6-son umumtaʼlim maktabi 59 2 ingliz tili, musiqa fani oʻqituvchisi 9. Yangiariq tuman 5-son umumtaʼlim maktabi 84 3 ingliz tili fani oʻqituvchisi 10. Yangiariq tuman 4-son umumtaʼlim maktabi 87 2 ingliz tili, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi 11. Yangiariq tuman 40-son umumtaʼlim maktabi 30 1 ingliz tili fani oʻqituvchisi 12. Yangiariq tuman 39-son ixtisoslashgan maktabi 34 1 ingliz tili fani oʻqituvchisi 13. Yangiariq tuman 38-son ixtisoslashgan maktabi 54 1 �ngliz tili fani oʻqituvchisi 14. Yangiariq tuman 37-son ixtisoslashgan maktabi 46 1 ingliz tili fani oʻqituvchisi 15. Yangiariq tuman 35-son umumtaʼlim maktabi 27 1 ingliz tili fani oʻqituvchisi 16. Yangiariq tuman 33-son umumtaʼlim maktabi 41 1 informatika fani oʻkituvchisi 17. Yangiariq tuman 32-son umumtaʼlim maktabi 47 2 ingliz tili fani oʻqituvchisi 18. Yangiariq tuman 31-son umumtaʼlim maktabi 103 2 informatika, ingliz tili fani oʻqituvchisi 19. Yangiariq tuman 30-son umumtaʼlim maktabi 29 1 fizika fani oʻqituvchisi 20. Yangiariq tuman 3-son umumtaʼlim maktabi 70 1 ingiliz tili, matematika fani oʻqituvchisi 21. Yangiariq tuman 2-son umumtaʼlim maktabi 67 2 informatika, ingliz tili fani oʻqituvchisi 22. Yangiariq tuman 29-son umumtaʼlim maktabi 73 2 informatika, ingliz tili fani oʻqituvchisi 23. Yangiariq tuman 28-son umumtaʼlim maktabi 41 1 informatika fani oʻqituvchisi 24. Yangiariq tuman 27-son umumtaʼlim maktabi 46 1 informatika fani oʻqituvchisi 25. Yangiariq tuman 26-son umumtaʼlim maktabi 70 2 ingliz tili, rus tili fani oʻqituvchisi 26. Yangiariq tuman 25-son umumtaʼlim maktabi 65 2 ingliz tili, rus tili fani oʻqituvchisi 27. Yangiariq tuman 24-son umumtaʼlim maktabi 76 2 ingliz tili fani oʻqituvchisi, qoravul 28. Yangiariq tuman 23-son umumtaʼlim maktabi 58 1 ingliz tili fani oʻqituvchisi 29. Yangiariq tuman 22-son umumtaʼlim maktabi 70 2 ingliz tili, jismoniy tarbiya oʻqituvchisi 30. Yangiariq tuman 21-sonumumtaʼlimmaktabi 48 1 ingliz tili fani oʻqituvchisi 31. Yangiariq tuman 20-son umumtaʼlim maktabi 69 2 ingliz tili fani oʻqituvchisi 32. Yangiariq tuman 1-son umumtaʼlim maktabi 70 2 ingliz tili fani oʻqituvchisi 33. Yangiariq tuman 19-son umumtaʼlim maktabi 87 3 ingliz tili, rus tili fani oʻqituvchisi 34. Yangiariq tuman 18-son umumtaʼlim maktabi 47 1 ingliz tili oʻqituvchisi 35. Yangiariq tuman 17-son umumtaʼlim maktabi 48 1 ingliz tili oʻqituvchisi 36. Yangiariq tuman 16-son umumtaʼlim maktabi 66 2 matematika, ingliz tili oʻqituvchisi 37. Yangiariq tuman 15-son umumtaʼlim maktabi 76 1 iqtisodiy bilim asoslari oʻqituvchisi 38. Yangiariq tuman 14-son umumtaʼlim maktabi 55 1 ingliz tili, rus tili fani oʻqituvchisi 39. Yangiariq tuman 13-son umumtaʼlim maktabi 80 3 ingliz tili, rus tili fani oʻqituvchisi 40. Yangiariq tuman 12-son umumtaʼlim maktabi 50 1 ingliz tili fani oʻqituvchisi 41. Yangiariq tuman 11-son umumtaʼlim maktabi 45 1 geografiya fani oʻqituvchisi 42. Yangiariq tuman 10-son umumtaʼlim maktabi 34 1 ingliz tili fani oʻqituvchisi 43. Yangiariq tuman 11-son maktab internati 64 2 ingliz tili fani oʻqituvchisi 44. Yangiariq tuman “Xorazm” qishloq vrachlik punkti 38 1 umumiy amaliyot shifokori 45. Yangiariq tuman “Oʻzbekiston” qishloq vrachlik punkti 37 1 umumiy amaliyot shifokori 46. Yangiariq tuman “Ostona” qishloq vrachlik punkti 32 1 umumiy amaliyot shifokori 47. Yangiariq tuman “Avaz-Oʻtar” qishloq vrachlik punkti 39 1 umumiy amaliyot shifokori 48. Yangiariq tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi 105 2 sanitariya vrachi 49. Yangiariq sanoat iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 126 3 kasbiy taʼlim oʻqituvchisi 50. Yangiariq paxta tozalash ochiq aksiyadorlik jamiyati 486 30 har xil toifadagi ishchilar 51. “Ostona “qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 102 3 kasbiy taʼlim oʻqituvchisi 52. “Yangiariq” Maishiy xizmat kasb-hunar kolleji 101 3 kasbiy taʼlim oʻqituvchisi 53. “Yangiariq” qurilish transport kasb-hunar kolleji 89 3 kasbiy taʼlim oʻqituvchisi 54. “Tagan” maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 141 4 kasbiy taʼlim oʻqituvchisi 55. “Agrobiznes va servis” qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 100 3 kasbiy taʼlim oʻqituvchisi 56. Xalq banki Yangiariq boʻlimi 51 1 mutaxassis 57. Yangiariq “Qishloqxoʻjalikkimyo taʼminot” 72 3 dala nazoratchisi 58. Yangiariq yoʻl xoʻjalik pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi 61 2 ishchi 59. Xorazm baliq MChJ 157 4 ishchi 60. Agrobank Yangiariq boʻlimi 40 1 hisobchi 61. Yangiariq mashina-traktor parki MChJ 29 1 chilangar 62. Yangiariq tuman gaz filiali 94 3 nazoratchi, chilangar 63. Yangiariq tuman veterinariya boʻlimi 40 1 veterinar vrach 5224 170
