Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini qayta koʻrib chiqish haqida (43q-son)
27.02.2014
Xorazm viloyati hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi 116, 2013-47-son qarori (roʻyxat raqami 2551, 2014-yil 8-yanvar)ga asosan, viloyatdagi bozorlar faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari va hajmlarini kengaytirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari toʻliqroq hisobga olinishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat moliya va soliq boshqarmalari hamda “Xorazm bozorlari va savdo komplekslari” viloyat uyushmasi takliflari asosida, bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat davlat soliq boshqarmasi, “Bozorlar va savdo komplekslar faoliyatini nazorat qilish” Bosh boshqarmasining Xorazm viloyat boʻlimi (M. Abdolniyazov) bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari bilan birgalikda:
bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan yigʻimlarni belgilangan tartibda toʻliq undirilishini;
bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bino inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari yigʻim miqdorlarini koʻpaytirish evaziga tushadigan daromadlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda mahalliy budjetga yoʻnaltirilishini taʼminlasinlar.
3. Tuman (shahar) hokimliklari oʻz hududlaridagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining toʻliq undirilishi va ulardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-son, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 253-son qarorlari asosida ish tashkil qilinsin.
4. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan viloyat hokimining 2013-yil 8-fevraldagi 38-q-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida mazkur qaror eʼlon qilinsin.
6. Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK (S. Sadiqov) mazkur qarorni viloyat hokimligining rasmiy veb saytida joylashtirilishini taʼminlasin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Xoʻjaniyazova zimmasiga yuklatilsin.
Hokim P. BOBOJONOV
Urganch sh.,
2014-yil 27-fevral,
43q-son
Viloyat hokimining 2014-yil 27-fevraldagi 43-q-son qaroriga ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining
minimal miqdorlari
I. Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari t/r Mahsulot turi Oʻlchov birligi Urganch shahar “Markaziy dehqon bozori”, “Cholish dehqon bozori” (soʻmda) Urganch shahri “QQMSK” si va Urganch, Xazorasp, Xiva, Gurlan tumanlari markazidagi bozorlar (soʻmda) Qolgan tumanlar va hududlarda (soʻmda) 1. Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: 1.1. Mevalar: Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h.k. 1 oʻrin/kunga 4000 4 000 4 000 sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h.k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar. 1 oʻrin/kunga 8500 8 500 6 000 Quruq mevalar, yongʻoqlar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, bodom, pistalar, shoʻrdanak va h.k. 1 oʻrin/kunga 8500 8 500 7 000 mahalliy turshak (oʻrik qoqi) 1 oʻrin/kunga 4 000 4000 4 000 1.2. Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring) va h.k. hamda pishirilgan joʻxori 1 oʻrin/kunga 4000 4 000 3 500 1.3. Poliz mahsulotlari: handalak,qovun , tarvuz, qovoq (rastada sotganda) 1 oʻrin/kunga 5500 5 500 3 500 Poliz mahsulotlari (rastalardan tashqarida maxsus ajratilgan joylarda) sotganda: handalak,qovun , tarvuz, qovoq (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 8000 8 000 6 000 1.4. Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, soʻli, arpa va h.k. 1 oʻrin/kunga 5800 5 500 4 000 1.5. Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h.k. 1 oʻrin/kunga 5800 5 500 4 000 1.6. Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k. 1 oʻrin/kunga 7200 7 200 5 500 1.7. Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h.k. 1 oʻrin/kunga 5500 5 500 4 000 1.8. Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h.k) hamda asal 1 oʻrin/kunga 5500 5 500 4 000 1.9. Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonada yetishtirilganlar) 1 oʻrin/kunga 4000 4 000 3 500 1.10. Tuxum 1 oʻrin/kunga 5200 5 000 4 000 1.11. Gullar va koʻchatlar: Gullar va gul koʻchatlari (Rastada sotganda) 1 oʻrin/kunga 6000 5 500 4 000 Gullar va koʻchatlar (6 m kv metrgacha) 6000 5 500 4 000 1.12. Non mahsulotlari (obi non, patir va h.k) 1 oʻrin/kunga 4000 4 000 3 500 1.13. Uyda tayyorlangan konservalangan, pazandalik va uy sharoitida tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari 1 oʻrin/kunga 6000 5 800 3 500 1.14. Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar (Uy tegirmonida tayyorlangan un mahsulotlari) 1 oʻrin/kunga 7500 7 500 4 000 1.15. Milliy taomlar 1 oʻrin/kunga 7500 7 500 6 000 1.16. Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilari 1 oʻrin/kunga 4000 4 000 3 500 1.17. Supurgi 1 oʻrin/kunga 4000 4 000 3 500 1.18. Tirik baliq 1 oʻrin/kunga 11500 11 500 10 000 1.19. Dudlangan baliq 1 oʻrin/kunga 4000 4 000 3 500 1.20. Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 3000 3 000 3 000 2. Goʻsht mahsulotlari: mol, qoʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va x.k. 1 oʻrin/kunga 20000 15 000 14 000 3. Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish: yengil avtomashinalardan 1 mashina 9000 8 000 7 000 yuk avtomashinalaridan 1 mashina 18000 17 500 16 500 tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan 1 mashina 24000 24 000 21 000 mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 8000 8 000 6 000 4. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar sotish: shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, bugʻdoy va sholi somon, makkajoʻxori(gʻoʻvish) poyasi va h.k. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar (yuk avtomashinasi va tirkamasida uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, bugʻdoy va sholi somon, makkajoʻxori(gʻoʻvish) poyasi va h.k. 1 mashina 14000 14 000 12 000 yengil mashina va aravasidan, ot va eshak aravalardan pichan, bugʻdoy va sholi somon, makkajoʻxori(gʻuvish) poyasi va h.k 1 arava 7000 7 000 6 000 5. Qurilish materiallarini sotish: 5.1. Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: 6 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 7 000 7 000 6 300 6 dan — 15 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 8 000 8 000 7 000 15 dan — 30 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 9 000 9 000 7 500 5.2. Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda mahalliy (terak,xoda,ekan, kamish, chiptalar va hakazo) qurilish materiallarini sotish: 6 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 2 500 2 500 1 800 6 dan — 15 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 3 700 3 700 2 300 15 dan — 30 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 5 000 5 000 3 500 5.3. Kichik va yengil oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k.) sotish (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 5800 5 800 5 000 6. Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 1 oʻrin/kunga 6 400 6 400 5 800 Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar 1 oʻrin/kunga 4 600 4 600 4 000 7. Avtotransport vositalarini sotish: yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar 1 dona 19 000 19 000 19 000 yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari 1 dona 20 000 20 000 20 000 Mototsikl, motoroller va mopedlar 1 dona 4 000 4 000 4 000 velosipedlar 4 000 4 000 4 000 8. Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun 8.1. Ot, tuya 1 bosh 14 400 14 400 14 400 toy,boʻtaloq, eshak 1 bosh 8 500 8 500 8 500 8.2. Yirik shoxli qoramol: yirik shoxli qoramol (shu jumladan sigir buzogʻi bilan) 1 bosh 15 000 12 000 12 000 buzoq 1 bosh 8 000 6 000 6 000 8.3. Mayda shoxli qoramol: qoʻy, echki (qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h.k.) 1 bosh 6 000 4 500 4 500 qoʻzi, uloq 1 bosh 3 500 3 500 3 000 8.4. Choʻchqalar, choʻchqa bolalari 1 bosh 6 000 6 000 6 000 9. Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz 1 bosh 1200 1 200 1 200 tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari 10 bosh 1200 1 200 1 200 11. Itlar va mushuklar 1 oʻrin/kunga 4800 4 000 3 500 12. Manzarali qushlar va baliqlar 1 oʻrin/kunga 5000 5 000 3 600 13. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar 1 oʻrin/kunga 4800 4 800 3 600 14. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/kunga 4800 4 800 3 600 15. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/kunga 2500 2 500 2 000 II. Bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarining minimal miqdorlari t/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Urganch shahar “Markaziy dehqon bozori”, “Cholish dehqon bozori” (soʻmda) Urganch shahri “QQMSK” si va Urganch, Xazorasp, Xiva, Gurlan tumanlari markazidagi bozorlar (soʻmda) Qolgan tumanlar va hududlarda (soʻmda) 1. Inventarlarni ijaraga berish: 1.1. Tosh-tarozilar uchun 1 kunga 2000 2 000 1 600 1.2. Katta yuk tortish tarozilari uchun 150 kg.gacha 1-marta tortish 2000 2 000 1 800 150 kg.dan 1500 kg.gacha 1-marta tortish 8200 8 200 6 500 1.3. Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, sa�at va h.k.) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 1400 1 400 1 200 1.4. Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 1000 900 1 000 1.5. Mahsulotlar uchun brezent berish 1 kunga 1800 1 800 1 800 1.6. Aravachalar uchun 1 kunga 6000 6 000 5 000 1.7. Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 kv. metr) 1 kunga 1800 1 800 1 500 2. Koʻrsatiladigan xizmat turlari: 2.1. Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: sovutkichlarda (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 3000 3 000 2 500 omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 1800 1 800 1 800 bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) 1 kunga 1800 1 800 1 800 2.2. Buyumlarni omborlarda saqlash (qoʻriqlash): Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50x50x100 oʻlchamdagi joy uchun) 1 kunga 1800 1 800 1 800 Qurilish materiallarini qoʻriqlash xizmati (savdo maydonida yoki rastasida toʻlanadigan ijara toʻlovidan tashqari) 1 kv metr kuniga 20 20 15 2.3. Mahsulotlarni tarozida tortish: 1-marta tortish 800 800 800 yirik va mayda shoxli qoramolni tortish 1-marta tortish 1800 1 800 1 800 2.4. Avtotarozilardan foydalanish: yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 3000 3 000 2 500 yuksiz 1-marta oʻlchash 2200 2 200 2 000 yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 3000 3 000 2 500 yuksiz 1-marta oʻlchash 2200 2 200 2 000 yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 2200 2 200 2 000 yuksiz 1-marta oʻlchash 1800 1 800 1 500 tirkamali yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 2200 2 200 2 000 yuksiz 1-marta oʻlchash 1800 1 800 1 500 2.5. Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) 1 kunga 7000 7 000 5 000 2.6. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun: yengil avtomashinalar uchun 1 soatga 2000 1 800 1 500 yuk avtomashinalari uchun 1 soatga 3000 3 000 2 500 2.7. Hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 600 600 400 2.8. Telefondan foydalanish 1-marta 600 600 500 2.9. Radiouzel orqali eʼlon berish 3-marta takror 1200 1200 1 200 3. Transport vositalarini yuk ortish va yuk tushirish uchun bozorlar va savdo komplekslari hududiga kirish: yengil avtomashinalar uchun 1-marta 2000 1 800 1 800 yuk atomashinalar uchun 1-marta 3000 3 000 2 500
III. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining minimal miqdorlari t/r Toʻlov turlari Oʻlchov birligi (oylik toʻlov) Urganch shahar “Markaziy dehqon bozori” (soʻmda) Urganch shahri va Urganch, Xazorasp, Xiva, Gurlan tumanlari markazi (soʻmda) Shovot, Pitnak, Gʻozovot, Xosiyon, Choʻqli dehqon bozorlari (soʻmda) Qolgan tumanlar va hududlarda (soʻmda) 1. Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino, inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi Turgʻun savdo shaxobchalar: Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. metr uchun 25000 20 000 7 000 13 500 Oziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. metr uchun 25000 20 000 6 000 12 000 Umumiy ovqatlanish 1 kv. metr uchun 25000 18 000 6 000 12 000 Maishiy xizmat koʻrsatish 1 kv. metr uchun 25000 12 000 4 000 9 000 Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, ishlab chiqarish sexlari, paynet, vaqtinchalik mavsumiy ayvonlarda savdo qilish va h.k.) 1 kv. metr uchun 25000 16 000 6 000 12 000 2 chi va undan yuqori qavatlar va yertoʻladagi joylashgan savdo doʻkonlaridan yuqoridagi mahsulot va xizmat turlari boʻyicha belgilangan yigʻimlar miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi 1 kv. metr uchun 50% 50% 50% 50% 2. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va qurilmalar mulkdorlaridan bozor va savdo komplekslari infratuzilmasidan foydalanganlik uchun undiriladigan toʻlov* 1 kv. metr uchun 20 000 10 000 4 000 7 000
Izoh:
*Toʻlov kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib undiriladi.
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
