Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (101k-son)
07.02.2014
Xorazm viloyati Urganch tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Urganch tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (D. Gulbayev) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlansin.
2. Tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha:
tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno;
tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari.
3. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2013-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qaror 2-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
5. Transport vositalarini texnik qoriqqa jalb qilishda Yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga, tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari, tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari va jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 28-fevraldagi 275k-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2014-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
8. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari R. Sapayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. RUSTAMOV
Urganch t.,
2014-yil 7-fevral,
101k-son
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi 101k-sonli qaroriga 1-ILOVA
Urganch tumanidagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi 101k-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi transport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnika koʻrigidan oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilotlarning nomi Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi Texnik koʻrikdan oʻtkazish kuni Transportlar soni 1-bosqich 2-bosqich 1. Saxovat OTXJ Markaziy MTP avtosaroyida 1-mart 2014-yil 10 2. Urganch Neft baza unitar korxonasi Markaziy MTP avtosaroyida 4-5-mart 2014-yil 43 3. Afri MChJ Markaziy MTP avtosaroyida 6-mart 2014-yil 8-9-sentabr 2014-yil 15 4. Xorazm donmaxsulotlari OAJ Markaziy MTP avtosaroyida 7-mart 2014-yil 10 5. “Osiyo-Drink” Markaziy MTP avtosaroyida 10-mart 2014-yil 8 6. Xorazm Telekom Urganch tuman boʻlimi Markaziy MTP avtosaroyida 11-mart 2014-yil 5 7. Tuman Gaz korxonasi Markaziy MTP avtosaroyida 12-mart 2014-yil 3 8. Urganch tuman hokimligi Markaziy MTP avtosaroyida 13-mart 2014-yil 4 9. Abbosbek xususiy dorixonasi Markaziy MTP avtosaroyida 14-mart 2014-yil 9 10. Urganch tuman Davlat soliq inspeksiyasi Markaziy MTP avtosaroyida 15-mart 2014-yil 1 11. Urganch tuman moliya boʻlimi Markaziy MTP avtosaroyida 17-mart 2014-yil 1 12. “Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy tekshirish instituti” Xorazm filiali Markaziy MTP avtosaroyida 18-mart 2014-yil 4 13. Qorovul sanitar tozalash MChJ Markaziy MTP avtosaroyida 19-mart 2014-yil 6 14. DSENM Markaziy MTP avtosaroyida 22-mart 2014-yil 3 15. Urganch tibbiyot birlashmasi Markaziy MTP avtosaroyida 24-25-mart 2014-yil 10 16. Urganch DAJ MTP Markaziy MTP avtosaroyida 26-mart 2014-yil 3 17. Jayxun fermer xoʻjaligi Markaziy MTP avtosaroyida 27-mart 2014-yil 3 18. Amu-Sharq korxonasi Markaziy MTP avtosaroyida 28-mart 2014-yil 13-sentabr 2014-yil 5 19. Urganch suv yoʻllari texnika boʻlimi Markaziy MTP avtosaroyida 29-mart 2014-yil 5 20. Urganch Agro qurilish MChJ Markaziy MTP avtosaroyida 1-aprel 2014-yil 4 21. Oʻtkir gazchi Abdullajon gaz ishlab chiqarish korxonasi Markaziy MTP avtosaroyida 2-aprel 2014-yil 16-sentabr 2014-yil 5 22. Sohibkor MMTP Markaziy MTP avtosaroyida 3-aprel 2014-yil 4 23. Xorazm Chorvanasl MChJ Markaziy MTP avto?ar?yida 4-aprel 2014-yil 6 24. “Gul Plyus” MChJ Markaziy MTP avtosaroyida 5-aprel 2014-yil 3 25. Maxmud — Maxmuda f/x Markaziy MTP avtosaroyida 7-aprel 2014-yil 6 26. Urganch trans oʻrgatuvchi ustoz shoʻba korxonasi Markaziy MTP avtosaroyida 8-aprel 2014-yil 12 27. Urganch agro qurilish taʼmirlash Markaziy MTP avtosaroyida 9-aprel 2014-yil 6 28. Urganch qurilish montaj boshqarmasi Korxonada 10-11-aprel 2014-yil 42 29. Yoshlik f/x Markaziy MTP avtosaroyida 12-aprel 2014-yil 2 30. Ishlab chiqarish texnik butlash va taʼminot boshqarmasi Korxonada 14-aprel 2014-yil 53 31. Urganchdavlatsuvmaxsuspudrat DUK Korxonada 15-16-aprel 2014-yil 2 32. Azur kompakt servis MChJ Markaziy MTP avtosaroyida 17-aprel 2014-yil 4 33. Urganch tuman oʻquv sport texnika klubi Markaziy MTP avtosaroyida 18-aprel 2014-yil 12 34. Silga qarshi kurash dispanseri Markaziy MTP avtosaroyida 19-aprel 2014-yil 1 35. Janubgaz yoʻl quruvchi UK Markaziy MTP avtosaroyida 21-22-aprel 2014-yil 44 36. Raxima-Shaxloxon x/f Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 4 37. “Xorazm parranda taʼminot MChJ” Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 3 38. Odil-Matyakub kichik korxonasi Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 2 39. Rustam oʻgʻli Umidbek f/x Markaziy MTP avtosa?oyida 23-aprel 2014-yil 1 40. Feruzbek — Oʻtkirbek x/f Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 1 41. Ruzimboy — Yoʻldosh f/x Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 1 42. Urganch-Servis Gaz MChJ Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 1 43. Xarrot f/x Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 3 44. Oʻktam f/x Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 1 45. Urganch savdo shoʻba korxonasi Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 1 46. Qalandar Sapayev f/x Markaziy MTP avtosaroyida 24-aprel 2014-yil 3 47. Yoʻldosh f/x Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 2 48. Y.Masharipov Dehqon f/x Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 2 49. Umidbek Umrdek xususiy korxonasi Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 2 50. Taʼmir oʻlchagich x/f Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 3 51. Respublika Ixtisoslashgan kardiologiya Xorazm filiali Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 2 52. Oybek ovchi f/x Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 2 53. Qoravul xalq banki Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 5 54. Navroʻz ICh tijorat firmasi Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 3 55. Mavlon bobo f/x Markaziy MTP avtosaroyida 23-aprel 2014-yil 2 56. Soliy f/x Markaziy MTP avtosaroyida 24-aprel 2014-yil 2 57. Oilaviy bolalar uyi Markaziy MTP avtosaroyida 24-aprel 2014-yil 2 58. Urganch Sohibkor MMTP Markaziy MTP avtosaroyida 24-aprel 2014-yil 2 59. Ollabergan usta Raxmon x/f Markaziy MTP avtosaroyida 24-aprel 2014-yil 2 60. Odilbek-Bekzod x/f Markaziy MTP avtosaroyida 24-aprel 2014-yil 2 61. Kamolat iqboli x/f Markaziy MTP avtosaroyida 24-aprel 2014-yil 1 62. Maxmud x/korxonasi Markaziy MTP avtosaroyida 24-aprel 2014-yil 1 63. Xorazm oziq-ovqat mollari MChJ Markaziy MTP avtosaroyida 24-aprel 2014-yil 4 64. Osiyo asali f/x Markaziy MTP avtosaroyida 24-aprel 2014-yil 1 65. Boshqa kichik korxonalari Markaziy MTP avtosaroyida 24-aprel 2014-yil 12 66. Fermer xoʻjaliklari Markaziy MTP avtosaroyida 25-26-aprel 2014-yil 18
ShAXSIY AVTOMOTOTRANSPORTLAR “Murod-Polvon” avtotransportlarni taʼmirlash ustaxonasida va yuqoridagi jadvalda keltirilgan avtosaroylarda 1-martdan 31-avgustgacha texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
