Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (1196-son)
27.09.2014
Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining
qarori
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ish bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Gurlan tumanida 2015-yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida, ish oʻrinlarini band qiladigan korxona, tashkilot va muassasalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning, roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 226 kishini tashkil etadigan 100 foiz miqdorida, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 31,4 foiz (71 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 38 foiz (86 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 10 foiz (22 kishi);
nogironlar uchun 6,6 foiz (15 kishi);
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 6,6 foiz (15 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 4,4 foiz (10 kishi);
odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1,3 foiz (3 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 1,7 foiz (4 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun maxsus malaka talab qilinmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari muayyan kasb-hunarga va malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari tashkil qilinsin.
4. Korxona, tashkilot va muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilingan kasb va lavozimlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazi bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
7. Korxona, tashkilot va muassasalar ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
8. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2013-yil 27-sentabrdagi 711-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror “Gurlan hayoti” gazetasida eʼlon qilinsin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari N. Xaytimmetova zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Q. MADRAHIMOV
Gurlan t.,
2014-yil 27-sentabr,
1196-son
Tuman hokimining 2014-yil 27-sentabrdagi 1196-sonli qaroriga 1-ILOVA
2015-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish
roʻyxati
Tuman hokimining 2014-yil 27-sentabrdagi 1196-sonli qaroriga 2-ILOVA
Korxona va tashkilotlar hamda muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilingan kasb va lavozimlar
roʻyxati
T/r Korxona, tashkilot, muassasalar nomlari Kasb va lavozimlar 1. Paxta tozalash OAJ elektromontyor, payvandchi, qorovul, tikuvchi, hisobchi 2. Obodonlashtirish boshqarmasi koʻcha supuruvchi 3. Muruvvatteks ShK Gurlan fabrikasi tikuvchi, toʻkuvchi, ishchi 4. Gurlan DSENM dezinfektor, farrosh, san vrach, san vrach yordamchisi, qorovul 5. Tuman tibbiyot birlashmasi hamshira, kichik hamshira, farrosh, qorovul,santexnik 6. Qoramazi-qilichbay ITB ekskavatorchi, traktorchi 7. Amudaryo KVP kichik hamshira 8. Oʻzbekiston KVP kichik hamshira 9. Yangiobod KVP kichik hamshira 10. Xizir Eli KVP kichik hamshira 11. Saxtiyon KVP kichik hamshira 12. Vazir KVP kichik hamshira 13. Gurlan telekommunikatsiya bogʻlamasi elektromontyor, ishchi 14. Tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi ishchi, bogʻbon, elektromontyor 15. Gurlantumangaz boʻlimi nazoratchi, bogʻbon, ishchi 16. OATB Agrobank Gurlan filiali kassir, hisobchi 17. AT Xalk Banki Gurlan filiali kassir, hisobchi 18. TIF Milliy Bank Gurlan filiali kassir, hisobchi 19. Tuman yul taʼmirlash va foydal.korxona traktorchi, ishchi 20. Qurilish va Transport kasb-hunar kolleji fan oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim ustasi 21. Gurlan tadbirkorlik kasb-hunar kolleji fan oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim ustasi 22. Gurlan iqtisodiyot kolleji fan oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim ustasi 23. Gurlan maishiy xizmat kasb-hunar kolleji fan oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim ustasi 24. Gurlan qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji fan oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim ustasi 25. Vazir maishiy xizmat kasb-hunar kolleji fan oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim ustasi 26. Ijtimoiy-iqtisodiyot va servis KXK fan oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim oʻqituvchisi, kasbiy taʼlim ustasi 27. 9-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi musiqa fani oʻqituvchisi, qorovul, 28. 1-son Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiy 29. 2-son Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiy 30. 6-son AFChUI maktab fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 31. 42-son AFChUI maktab fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 32. 1-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 33. 2-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 34. 9-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 35. 10-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 36. 11-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 37. 15-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 38. 14-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 39. 13-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 40. 23-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 41. 19-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 42. 18-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 43. 27-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 44. 22-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 45. 24-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 46. 33-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 47. 36-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 48. 41-son umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchisi, gruppachi, qorovul, farrosh, bino ishchisi 49. 34-son Iqbol MTM enaga, tarbiyachi, qorovul, oshpaz 50. 12-son Navroʻz MTM enaga, tarbiyachi, qorovul, oshpaz 51. 9-son Shirintoy MTM enaga, tarbiyachi, qorovul, oshpaz 52. 7-son Boychechak MTM enaga, tarbiyachi, qorovul, oshpaz 53. 4-son Shodlik MTM enaga, tarbiyachi, qorovul, oshpaz 54. 1-son Sevinch MTM enaga, tarbiyachi, qorovul, oshpaz
