Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot shaklini tasdiqlash va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida (2624-son)
10.11.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 10-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2624]
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 166-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni ilovaga muvofiq:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda;
davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha boʻlgan muddatda taqdim etadilar.
3. Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga tushuntirish xati ilova qilinadi. Tushuntirish xatida davlat maqsadli jamgʻarmalari faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosining borishiga taʼsir etgan asosiy omillar, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining prognoz koʻrsatkichlarining bajarilmaganligi sabablari keltiriladi.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 16-oktabr,
67-son
Kelishilgan:
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUXAKIMOV
2014-yil 16-oktabr
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2014-yil 16-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 16-oktabrdagi 67-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Davlat maqsadli jamgʻarmasi ____________________________________________ (Jamgʻarmaning nomlanishi) budjeti ijrosi toʻgʻrisida 20___ yil “____” _______________ holatiga koʻra HISOBOT T/r Koʻrsatkichlar Yil boshidan Hisobot davri uchun prognoz ijro prognoz ijro 1. Hisobot davri boshiga qoldiq x x 2. Jami daromadlar jumladan: 3. Jami xarajatlar jumladan: 4. Hisobot davri oxiriga qoldiq x x 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan koʻzda tutilgan maqsadlarga mablagʻlar yoʻnaltirilgan hollarda mazkur Hisobotning 1-ilovasiga muvofiq maʼlumotlar ilova qilinadi. 2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlar mazkur Hisobotning 2-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi. 3. Davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga: pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimining budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlari yoyilmasi mazkur Hisobotning 3-ilovasiga muvofiq; tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Hisobotning 4-ilovasiga muvofiq ilova qilinadi. Rahbar ____________________________________ (imzo) Bosh buxgalter/ Boshqarma boshligʻi ___________________________________ (imzo)
Davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan koʻzda tutilgan maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar boʻyicha 20__ yil “__” __________ holatiga koʻra MAʼLUMOTLAR ming soʻm T/r Qarorlar nomlari, raqami va sanasi 20__ yil boshidan summasi Jami:
Davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar boʻyicha 20__ yil “___” __________ holatiga koʻra MAʼLUMOTLAR ming soʻm T/r Hududlarning nomlanishi 20__ yil boshidan jami Hisobot oyi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2. Andijon viloyati 3. Buxoro viloyati 4. Jizzax viloyati 5. Qashqadaryo viloyati 6. Navoiy viloyati 7. Namangan viloyati 8. Samarqand viloyati 9. Surxondaryo viloyati 10. Sirdaryo viloyati 11. Toshkent viloyati 12. Fargʻona viloyati 13. Xorazm viloyati 14. Toshkent shahri Jami
Davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga 3-ILOVA
Davlat maqsadli jamgʻarmasining pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida 20__ yil “___” __________ holatiga koʻra MAʼLUMOTLAR Jamgʻarma nomi: _____________________________ Oʻlchov birligi: ming soʻm Sh/H va H/R: T/r Koʻrsatkichlar Summa 1. Yil boshiga pul mablagʻlarining qoldigʻi 2. Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar) — jami shu jumladan, tushumlar turlari boʻyicha: respublika budjetidan moliyalashtirish mahalliy budjetdan moliyalashtirish soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari va boshqa majburiy toʻlovlardan ajratmalar homiylik yordami asosiy vositalarning sotilishi (chiqib ketishi) … 3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami 4. Hisobot davrining oxiriga pul mablagʻlarining qoldigʻi Xarajatlar yoyilmasi* T/r Toifa Modda va kichik modda Element Xarajatlarning nomlanishi Jami kassa xarajatlari Jami amaldagi xarajatlar 1 0 0 0 Jami I guruh — Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya toʻlovlari va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam … … … … II guruh — Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar … … … … III guruh — Kapital qoʻyilmalar … … … … IV guruh — Boshqa xarajatlar … 42 00 000 Tovar va xizmatlar boʻyicha xarajatlar … … … … … 43 00 000 Asosiy vositalar boʻyicha xarajatlar … … … … … 44 00 000 Foizlar … … … … … 45 00 000 Subsidiyalar … … … … … 46 00 000 Grantlar … … … … … 47 00 000 Ijtimoiy nafaqalar … … … … … 48 00 000 Boshqa xarajatlar … … … … … 49 00 000 Moliyaviy aktivlar va majburiyatlar boʻyicha xarajatlar … … … … * Davlat maqsadli jamgʻarmasining xarajatlari yoyilmasi qonunchilik hujjatlariga asosan iqtisodiy tasnifga muvofiq keltiriladi. Rahbar ______________________________________ (imzo) Bosh buxgalter ______________________________________ (imzo)
Davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga 4-ILOVA
Tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTLAR T/r Shaxsiy hisobvaraq raqami Bank nomi Depozit valyutasi Depozit summasi (ming soʻm) Yillik foiz stavkasi, foizda Depozitni qaytarish muddati Rahbar _______________________________________ (imzo) Bosh buxgalter _______________________________________ (imzo)
