Gurlan tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (119-son)
27.01.2014
Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining
qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 17-son) talablariga asosan, tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “texnika” deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq, texnikalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va joriy yilning 1-fevralidan 1-avgustigacha texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
texnikalarni, texnik koʻrikdan oʻtkazishda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, amalda mavjudligini, mashinalar sonini, ularning holatini, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari mavsumga tayyorgarligiga;
texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari — 0,37 foizi miqdorda yigʻim undirilishini taʼminlasin.
3. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori (Z. Allaberganov) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2013-yil 5-martdagi 169-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
5. Qaror “Gurlan hayoti” gazetasida eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari O. Avezov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Q. MADRAHIMOV
Gurlan t.,
2014-yil 27-yanvar,
119-son
Tuman hokimining 2014-yil 27-yanvardagi 119-son qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI:
Allaberganov Zaribboy — Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektori, komissiya raisi Quryazov Matkarim — Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektori, komissiya raisining oʻrinbosari Komissiya aʼzosi: Djumaniyazov Shukurlo — Tuman MTP MChJ raisi oʻrinbosari
Tumanda texnikalari mavjud boʻlgan MMTPlar, fermer xoʻjaliklari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari komissiya aʼzolari hisoblanadi.
Tuman hokimining 2014-yil 27-yanvardagi 119-son qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi MMTPlarda, fermer xoʻjaliklari hamda korxona va tashkilotlarda 2014-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
REJASI
T/r Texnikaning nomi Texnikaning rusumi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1. Qishloq xoʻjalik mashinalari SChX-4, KXU-4, ChK-3, ChKU-4, BZTS-1,0 2014-yil fevral oyida Gurlan MTP MChJ 5-13-fevralgacha 2. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, T-150K, TL-5060, DT-75 2014-yil fevral oyida Zarbdor MMTP 13-fevral 3. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, VT-150, K-700, MXM-140, DT-75 2014-yil fevral oyida Amudaryo MMTP 14-fevral 4. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, DT-75, K-700 2014-yil fevral oyida Vazir MMTP 14-fevral 5. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, DT-75 2014-yil fevral oyida Dehqonobod MMTP 17-fevral 6. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, DT-75, T-150K, VT-150 2014-yil fevral oyida A. Navoiy MMTP 18-fevral 7. Haydov traktorlari va meliorativ t�xnikalar DT-75 2014-yil fevral oyida Qoraqalpogʻiston MMTP 19-fevral 8. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar DT-75, T-4A, Magnum-8940, vt-150 2014-yil fevral oyida Namuna MMTP 20-fevral 9. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar Arion-630, DT-75, TL-5060, VT-150DE 2014-yil fevral oyida Guliston MMTP 21-fevral 10. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar VT-150, VT-90, DT-75 2014-yil fevral oyida Yangiobod MMTP 22-fevral 11. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, DT-75 2014-yil fevral oyida Chinobod MMTP 24-fevral 12. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, DT-75 2014-yil fevral oyida Oʻzbekiston MMTP 25 f�vral 13. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, MXM-140, VT-150 2014-yil fevral oyida I. Xolmatov MMTP 26-fevral 14. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar Magnum-7240, Magnum-8940, Maksum 2014-yil fevral oyida Gurlan MTP MChJ 27-fevral 15. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar K-700 2014-yil fevral oyida Kishlokxujalikkimyo tuman filiali 28-fevral 16. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar VT-150, Maksum 2014-yil fevral oyida PTOXJ 28-fevral 17. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar K-700 2014-yil fevral oyida KKITB boshqarmasi 1-mart 18. Chopiq traktorlari T28X4MA 2014-yil mart oyida Zarbdor MMTP 4-5-mart 19. Chopiq traktorlari MTZ-80X, T28X4MA, TTZ-80-11 2014-yil mart oyida Amudaryo MMTP 6-7-mart 20. Chopiq traktorlari T28X4MA, TTZ-80-11, MTZ-80 2014-yil mart oyida Vazir MMTP 10-11-mart 21. Chopiq traktorlari MTZ-80X, T28X4MA, TTZ-80-11 2014-yil mart oyida Dexkonobod MMTP 12-13-mart 22. Chopiq traktorlari T28X4MA, MTZ-80, TTZ-80-11 2014-yil mart oyida A. Navoiy MMTP 14-15-mart 23. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-100K, , TTZ-80-11, T28X4MA 2014-yil mart oyida Qoraqalpogʻiston MMTP 17-18-mart 24. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-100K, TTZ-80-11, T28X4MA 2014-yil mart oyida Namuna MMTP 19-20-mart 25. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-100K, TTZ-80-11, T28X4MA 2014-yil mart oyida Guliston MMTP 21-22-mart 26. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-100K, TTZ-80-11, T28X4MA 2014-yil mart oyida Yangiobod MMTP 24-25-mart 27. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-80-11, T28X4MA 2014-yil mart oyida Chinobod MMTP 26-mart 28. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-100K, TTZ-80-11, T28X4MA 2014-yil mart oyida Oʻzbekiston MMTP 27-28-mart 29. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-100K, TTZ-80-11, T28X4MA 2014-yil mart oyida I. Xolmatov MMTP 29-31-mart 30. Chopiq traktorlari T28X4MA, TTZ-80-11, OVX-600, VP-1 2014-yil mart oyida Qishloqxoʻjalikkimyo tuman filiali 3-mart 31. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, T28X4MS-1, TTZ-80-10, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Zarbdor MMTP 2-3-aprel 32. Transport traktorlari va traktor tirkamalari TTZ-80-10, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Amudaryo MMTP 4-5-aprel 33. Transport traktorlari va traktor tirkamalari TTZ-80-10, MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Vazir MMTP 7-8-aprel 34. Transport traktorlari va traktor tirkamalari T28X4MS-1, MTZ-80, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Dexkonobod MMTP 9-10-aprel 35. Transport traktorlari va traktor tirkamalari TTZ-80-10, T28X4MS-1, MTZ-80, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida A. Navoiy MMTP 11-12-aprel 36. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Qoraqalpogʻiston MMTP 14-15-aprel 37. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Namuna MMTP 16-17-aprel 38. Transport traktorlari va traktor tirkamalari T-40, TTZ-80-10, MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Guliston MMTP 18-19-aprel 39. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Yangiobod MMTP 21-22-aprel 40. Transport traktorlari va traktor tirkamalari T28X4MS-1, T-40, MTZ-80, T25, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Chinobod MMTP 23-24-aprel 41. Transport traktorlari va traktor tirkamalari TTZ-80-10, MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Oʻzbekiston MMTP 25-26-aprel 42. Transport traktorlari va traktor tirkamalari TTZ-80-10, T-40, MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida I. Xolmatov MMTP 28-29-aprel 43. Transport traktorlari va traktor tirkamalari T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Gurlan MTP MChJ 27-fevral 44. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, TTZ-80-10, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Kishlokxujalikkimyo tuman filiali 3-mart 45. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, TTZ-80-10, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Gurlan TYKTFK 2-aprel 46. Transport traktorlari va traktor tirkamalari T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Suv qurilish unitar korxonasi 2-aprel 47. Transport traktorlari, tirkamalar, meliorativ texnikalar T-4A, DT-75, EO-2621, T28X4MAS-1, 2PTS-4-793 2014-yil aprel oyida Gurlan Iqtisodiyot kolleji 2-aprel 48. Transport traktorlari va traktor tirkamalari T-40, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil may oyida Sanitar tozalash 1-may 49. Meliorativ texnikalar Ekskavator 2014-yil may oyida Avtoxizmat MChJ 1-may 50. Transport traktorlari va traktor tirkamalari TTZ-80-10, 2PTS-4-793 2014-yil may oyida Gurlan Obodonlashtirish boshqarmasi 2-may 51. Transport traktorlari T28X4MS-1 2014-yil may oyida Gurlan GAZ unitar korxonasi 2-may 52. Meliorativ texnikalar Ekskavator 2014-yil may oyida Shonazar chakki MChJ 3-may 53. Transport traktorlari va traktor tirkamalari T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil may oyida Quruvchi MChJ 3-may 54. Transport traktorlari, tirkamalar, meliorativ texnikalar EO-2621, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil may oyida Gurlan AB firmasi 5-may 55. Transport traktorlari va traktor tirkamalari T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil may oyida Dovud firmasi 5-may 56. Transport traktorlari va traktor tirkamalari T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2014-yil may oyida Xuja Bobojon XK 6-may 57. Transport traktorlari TTZ-80-10 2014-yil may oyida Nilufar XK 6-may 58. Meliorativ texnikalar Avtogreyder 2014-yil may oyida Drujba firmasi 8-may 59. Meliorativ texnikalar Ekskavator 2014-yil may oyida Gurlanobod Agrofirmasi 8-may 60. Meliorativ texnikalar Yuklagich 2014-yil may oyida Maxsusbinokurilish XK 10-may 61. Yuqori unumli gʻalla oʻrish kombaynlari Keys-2166, Klaas Dominator-130, Klaas Mega-204, Enisey-954 2014-yil may oyida Gurlan MTP MChJ 20-may 62. Rossiya gʻalla oʻrish kombaynlari Enisey-1200-1, SKD-6 2014-yil may oyida Hududlarda MMTP garajida 5-15-may 63. Sholi oʻrish kombaynlari Enisey-1200R, SKD-6R 2014-yil iyul oyida Hududlarda MMTP garajida 1-31-iyul 64. Paxta terish mashinasi Keys-2022 2014-yil iyul oyida Gurlan MTP MChJ 31-iyul
Izoh: hududlarda fermer xoʻjaliklari hududdagi xususiy tadbirkorlar, xususiy korxona va firmalar, jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjalik texnikalarini oʻz hududida yoki Gurlan MTP MChJ traktor saroyida belgilangan tartibda yuqoridagi reja asosida texnik koʻrikka taqdim qiladilar.
