Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (1521-q-son)
20.09.2014
Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
qarori
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ish bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Bogʻot tumanida 2015-yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida, ish oʻrinlarini band qiladigan korxona, tashkilot va muassasalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning, roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 277 kishini tashkil etadigan 100 foiz miqdorida, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 11,9 foiz (33 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 65 foiz (180 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 7,2 foiz (20 kishi);
nogironlar uchun 5 foiz (14 kishi);
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 2,8 foiz (8 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 3,6 foiz (10 kishi);
odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1,8 foiz (5 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 1,8 foiz (5 kishi).
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun maxsus malakani talab qilinmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari muayyan kasb-hunarga va malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari tashkil qilinsin.
4. Korxona, tashkilot va muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilingan kasb va lavozimlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazi bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
7. Ushbu qaror 2015-yil 1-yanvardan kuchga kirishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 28-sentabrdagi 858-q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari Q. Rajabov, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazi rahbari M. Boltayev zimmalariga yuklatilsin.
Hokim R. BEKChANOV
Bogʻot t.,
2014-yil 20-sentabr,
1521-q-son
Tuman hokimining 2014-yil 20-sentabrdagi 1521-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
2015-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish
roʻyxati
Tuman hokimining 2014-yil 20-sentabrdagi 1521-q-son qaroriga 2-ILOVA
Korxona va tashkilotlar hamda muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilingan kasb va lavozimlar
roʻyxati
T/r Korxona va tashkilot nomi Ishlovchilar soni Band qilingan ish oʻrni Kasblar va lavozimlar 1. “Paxta tozalash” OAJ 290 15 tikuvchi, gʻisht quyuvchi, mahalliy oʻgʻit sepuvchi,soqchi, bunt bosuvchi 2. Tuman tibbiyot birlashmasi 1834 93 Umumiy amaliyot shifokori, hamshira,farrosh ,oshpaz okulist,kichik tibbiy xodim 3. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi 100 5 sanitariya vrachi va assistenti, dizenfektor, farrosh 4. Yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash va foydalanish davlat korxonasi 113 6 nonvoy, traktorchi,ishchi 5. “KOTTON TEX” qoʻshma korxonasi 104 5 operator, ishchi 6. “Asaka Investment” MChJ Bogot mulkiy majmuasi 254 13 yigiruvchi , toʻquvchi 7. “Toshsoka” irrigatsiya tizimi boshqarmasi 205 10 temirchi, suvchi, payvandchi 8. Obodonlashtirish boshqarmasi 190 10 koʻkalamzorlashtirish ishchisi 9. “Shimolgaz taʼminot unitar korxonasi Bogʻottuman Gaz filiali” 105 5 nazoratchi, qorovul, chilangar, payvandchi 10. Bogʻot qishloq xoʻjalik kolleji 124 6 qorovul, oʻqituvchi, hovlibon 11. Bogʻot maishiy xizmat kolleji 110 6 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 12. Bogʻot yengil sanoat kolleji 106 5 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 13. Bogʻot iqtisodiyot kolleji 96 5 Oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 14. Iqtisodiyot va servis kolleji 114 6 Oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 15. Bogʻot qurilish va transport kasb hunar-kolleji 73 4 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 16. Bogʻot agrosanoat kolleji 125 6 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 17. 1-son umumiy taʼlim maktabi 87 4 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 18. 3-son umumiy taʼlim maktabi 105 5 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 19. 6-son umumiy taʼlim maktabi 88 4 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 20. 10-son umumiy taʼlim maktabi 86 4 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 21. 11-son umumiy taʼlim maktabi 89 4 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 22. 12-son umumiy taʼlim maktabi 92 5 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 23. 14-son umumiy taʼlim maktabi 65 3 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 24. 13-son umumiy taʼlim maktabi 95 5 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 25. 21-son umumiy taʼlim maktabi 76 4 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 26. 24-son umumiy taʼlim maktabi 106 5 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 27. 26-son umumiy taʼlim maktabi 96 5 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 28. 30-son umumiy taʼlim maktabi 92 5 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 29. 20-son umumiy taʼlim maktabi 49 2 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 30. 32-son umumiy taʼlim maktabi 56 3 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 31. 38-son umumiy taʼlim maktabi 63 3 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 32. Bogʻot tuman Ixtisoslashtirilgan maktab internat 32 2 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 33. 27-son umumiy taʼlim maktabi 70 4 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 34. 29-son umumiy taʼlim maktabi 69 3 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 35. 34-son umumiy taʼlim maktabi 64 3 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh 36. 31-son umumiy taʼlim maktabi 88 4 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh . JAMI 5511 277 oʻqituvchi, qorovul, hovlibon, farrosh
