Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida (510-q-son)
23.03.2014
Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4-sonli, 2010-yil 28-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 239-sonli qarorlariga asosan, chiqindilarni fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirini oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish, tuman hududini ekologik hamda sanitariya holatini, tozaligini amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatdan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-sonli qaroriga asosan, tumanda qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilarni tashib olib ketish xizmatlari obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilansin.
2. Bogʻot tumanida yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish uchun har oyiga belgilangan toʻlov miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Obodonlashtirish boshqarmasi (I. Raximov), tuman aholisi, korxona va tashkilotlar bilan chiqindilarni olib ketish yuzasidan shartnomalarini tuzish hamda shartnoma asosida maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish va ularni belgilangan tartibda joylashtirib borsin.
4. Tuman mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga:
hududlarda maishiy chiqindilarni samarali va oʻz vaqtida olib chiqib ketishni tashkil etish hamda hudud doirasida obodonlashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlash;
tuman obodonlashtirish boshqarmasiga, aholidan chiqadigan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni oʻz vaqtida tashkil etish va xizmatlar uchun toʻlov hamda qarzdorliklarni oʻz vaqtida undirilishida obodonlashtirish boshqarmasiga amaliy yordam berib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qaror “Bogʻot sadosi” gazetasida eʼlon qilinsin.
6. Ushbu qarorni nazorat qilishni oʻz zimmada qoldiraman.
Hokim R. BEKChANOV
Bogʻot t.,
2014-yil 23-mart,
510-q-son
Tuman hokimining 2014-yil 23-martdagi 510-q-sonli qaroriga ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi
miqdorlari
T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Belgilangan narx miqdori (qoʻshilgan qiymat soliqsiz soʻm) 1. Aholidan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish uchun aholi jon boshiga 1000 2. Yuridik shaxslardan qattiq holdagi chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari 1 (bir) m3 21000
Izoh: xizmat toʻlovlari naqd pul va pul oʻtkazish yoʻli bilan qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
