Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (249-q-son)
20.02.2014
Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman.
1. Bogʻot tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (J. Vaisov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishi taʼminlansin.
2. Tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari.
3. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2013-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qaror 2-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
5. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga, tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 28-fevraldagi 207-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2014-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
8. Ushbu qaror “Bogʻot sadosi” gazetasida eʼlon qilinsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari E. Avezov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. BEKChANOV
Bogʻot t.,
2014-yil 20-fevral,
249-q-son
Tuman hokimining 2014-yil 20-fevraldagi 249-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
J. Vaisov — tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori katta serjant, komissiya raisi Komissiya aʼzolari — tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi M. Abdullayev — “Bogʻot Avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyati muhandisi R. Abdullayev — “Oʻzagros�gʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi tuman boʻlimi menedjeri U. Ibragimov — Xorazm viloyat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tuman inspektori B. Eshniyozov — “Uzavtodaryotrans” agentligi Xorazm viloyat hududiy boʻlimi mutaxassisi
Tuman hokimining 2014-yil 20-fevraldagi 249-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yuridik shaxslarga qarashli avtomototransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarning 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish
GRAFIGI
T/r Korxona va tashkilotlar nomi Trans-port vositasi soni Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi 1-bosqich 2-bosqich 1. Bogʻot tuman taʼlim muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 5 03.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 2. Bogʻot tuman xokimligi 2 05.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 3. Mudofaga koʻmaklashuvchi “Vatan-parvar” tashkiloti Bogʻot boʻlimi 13 06.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 4. Davlat tijorat “Xalq bank” Bogʻot boʻlimi 1 10.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 5. “Bogʻot Bobur kimyo” korxonasi 7 13.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 6. Tuman bandlikka koʻmaklashuvchi va axolini ijtimoiy himoya qilish markazi 1 14.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 7. Tuman elektr tarmoqlari 1 15.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 8. Bogʻot “Elegant plyas” xususiy korxonasi 3 17.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 9. “Bogʻot qishloq xoʻjalik” kasb-xunar kolleji 5 19.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 10. “Xiva” chet el korxonasi 7 22.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 11. Tuman Davlat sanitariya-epidemologiya nazorati markazi 2 25.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 12. Tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi 5 28.03.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 13. “Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasi “Bogʻottumangaz” filiali 6 03.04.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 14. “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik jamiyati Bogʻot boʻlimi 8 05.04.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 15. Bogʻotdavmaxsussuvpudrat DUK 8 19.04.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 16. Tuman tibbiyot birlashmasi 13 11.04.2014 01.10.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 17. Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, “Toshsoqa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi 28 14.04.2014 05.10.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 18. “Bogʻot Don” ochiq aksiyadorlik jamiyati 4 18.04.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 19. “Bogʻot asal” fermer xoʻjaligi 3 23.04.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 20. Tuman ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi 5 25.04.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 21. “Mansur” fermer xoʻjaligi 2 26.04.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 22. “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadordlik jamiyati 8 03.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 23. �ogʻot tuman obodonlashtirish boshqarmasi 3 05.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 24. “Bogʻot paxta tozalash” ochiq turdagi xissadorlik 4 08.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 25. Tuman veterinariya boʻlimi 7 10.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 26. “Bogʻot Ogoxiy” muqobil mashina-traktor parki 1 12.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 27. “Bogʻot Oʻzbekiston” muqobil mashina-traktor parki 5 14.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 28. “Bogʻot Turkiston” muqobil mashina-traktor parki 3 15.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 29. “Qorayontoq Xorazm” muqobil mashina-traktor parki DUK 6 16.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 30. “Bogʻot A.Navoiy” muqobil mashina-traktor parki 5 23.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 31. “Bogʻot Gʻalaba” muqobil mashina-traktor parki 1 24.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 32. “Bogʻot Toshkent” muqobil mashina-traktor parki 1 25.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 33. “Bogʻot Zarbdor” muqobil mashina-traktor parki 4 25.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 34. “Bogʻot I.Doʻsov” muqobil mashina-traktor parki 5 27.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 35. “Bogʻot M.Quvoqov” muqobil mashina-traktor parki 7 30.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 36. “Tuproqqalʼaavtoxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati 7 31.05.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 37. Fermer xoʻjaliklari 28 02.06. 2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 38. Kichik va xususiy korxonalar 235 03.06. 2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 39. “UFQ” xususiy korxonasi 3 05.06.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 40. “Bogʻot dekarat” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2 06.06.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 41. “Umidli chorva” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 07.06.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 42. “Kottontex” masʼuliyati cheklangan jamiyati 4 09.06.2014 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida
