Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi yanada takomillashtirilishi va birxillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (308-son)
05.11.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini yanada takomillashtirish va birxillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 5-noyabr,
308-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-noyabrdagi 308-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 24-modda):
a) 1-ilovadagi “Birinchi guruh. Nukus shahri, viloyat markazlari va Toshkent shahar tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari” ustunining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Birinchi guruh. Nukus shahri va viloyat markazlari — shaharlar obodonlashtirish boshqarmalari”;
b) 2-ilovada:
1-banddagi “ixtisoslashtirilgan boshqarmalari” soʻzlaridan keyin “va Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi” soʻzlari qoʻshilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari mehnatga haq toʻlash guruhlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Birinchi guruhga Nukus shahar va viloyatlar markazlari — shaharlar boshqarmalari kiradi.
Ikkinchi guruhga Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarning boshqa shahar va tumanlari boshqarmalari kiradi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar, Toshkent shahar Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari uchun tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”.
9-bandda:
sakkizinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan boshqarmalar” soʻzlaridan keyin “(Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasidan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan boshqarmalar” soʻzlaridan keyin “(Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasidan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-modda, 414-modda):
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari va Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarmoq tarif setkasi 5a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining TAShKILIY TUZILMASI
Izoh. *Moliyalashtirish xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi”.
v) quyidagi mazmundagi 5a-ilova qoʻshilsin:
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 5a-ILOVA
Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari va Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarmoq TARIF SETKASI
T/r Lavozimlar nomi Tarif koeffitsiyenti Boshqaruv xodimlari va muhandis-texnik xodimlar 1. Boshqarma boshligʻi 9,160 2. Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari 8,616 3. Bosh muhandis 8,616 4. Boʻlim (kadrlar boʻlimidan tashqari), xizmatlar, uchastka boshligʻi 7,643 5. Bosh buxgalter 8,129 6. Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik, landshaft boʻyicha bosh dizayner 8,129 7. Kadrlar boʻlimi boshligʻi 6,702 8. Yetakchi mutaxassislar: muhandis (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, landshaft boʻyicha muhandis, vertikal rejalashtirish va yoʻl qoplamalari boʻyicha loyihalovchi, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyihalovchi elektrik, suv taʼminoti boʻyicha loyihalovchi 6,702 9. Mutaxassislar: muhandislar va texniklar (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), arxitektor, agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, dispetcher, bezatuvchi rassom, yuridik maslahatchi 5,8 Asosiy ishlab chiqarish xodimlari 10. Uchastka masteri, agronom, mexanik, katta dispetcher 5,355 11. Brigadirlar 4,926 12. 5-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, elektr gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan avtotransport chilangarlari), nasos qurilmalari mashinisti, tokar, yuk va maxsus avtomobillar 1-klass haydovchilari, sozlovchi mexanik, traktorchi, buldozerchi, asfaltbetonchi. 4,926 13. 4-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, elektr gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan avtotransport chilangarlari), tokar, oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, nasos qurilmalari mashinisti, sozlovchi mexanik, traktorchi, buldozerchi, asfaltbetonchi, duradgor, yuk va maxsus avtomobillar 2-klass haydovchilari, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), qabriston nazoratchisi, irrigator. 4,515 14. 3-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, elektr gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan avtotransport chilangarlari), oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, nasos qurilmasi mashinisti, elektromotorlar motorchisi, sozlovchi mexanik, tokar, traktorchi, buldozerchi, asfaltbetonchi, duradgor, yuk va maxsus avtomobillar 3-klass haydovchilari, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), bogʻbon, irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), tashqi bezak ishchisi, qabriston nazoratchisi, marosim xizmatlari ishchisi, hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, parklar va bogʻlardagi hojatxonalar farroshi, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar. 4,121 15. 2-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, akkumulyatorchi, elektr gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan avtotransport chilangarlari), oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, nasos qurilmasi mashinisti, sozlovchi mexanik, elektromotorlar motorchisi, tokar, traktorchi, buldozerchi, as�altbetonchi, duradgor, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), bogʻbon, irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), tashqi bezak ishchisi, marosim xizmatlari ishchisi, hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, parklar va bogʻlardagi hojatxonalar farroshi, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar. 3,747 16. 1-razryadli ishchilar: avtochilangar, akkumulyatorchi, elektr gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, elektromotorlar motorchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, qabriston qorovuli, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar. 3,406 Texnik xodimlar 17. Kassir 4,515 — 5,355 18. Rahbar kotibasi 4,121 Yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar 19. Ombor mudiri 4,515 — 5,355 20. Yengil avtomobil haydovchisi 3,747 21. Qorovul, binolar farroshi 2,476 — 2,998
Izoh: lavozimlar va kasblar (mutaxassisliklar) roʻyxati, shuningdek ishchilarning talab qilinadigan malaka razryadlari tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari va Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Toshkent shahar hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda shtatlar jadvalida belgilanadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga 4-ilova matni (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent shahar tumanlari obodonlashtirish boshqarmalarining NAMUNAVIY TUZILMASI
Izoh: ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmiga koʻra belgilanadi.”.
