Paxtaobod tumani hududida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (6-q-son)
15.01.2014
Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 58-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash yuzasidan Paxtaobod tumani hududida mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari, tashkilotlar va fuqarolarga tegishli boʻlgan barcha qishloq xoʻjalik texnikalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Paxtaobod tumani qishloq xoʻjalik texnikasi boʻyicha davlat inspektorining 2014-yil 13-yanvardagi 1-sonli xati inobatga olinsin.
Paxtaobod tumani hududida 2014-yilning fevral oyidan 12-mart kunigacha mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari, tashkilotlar va fuqarolarga tegishli boʻlgan barcha qishloq xoʻjalik texnikalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish belgilansin.
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Paxtaobod tumani davtexnazorat inspektori N. Fozilovga texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilishini taʼminlash topshirilsin.
5. Tumandagi barcha muqobil mashina-traktor parklari, tashkilotlar rahbarlariga:
qishloq xoʻjaligi, meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklarini, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishga tayyorlash va belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash;
texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga oʻtkazib berilishini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
6. Komissiya aʼzolari joylarda 2014-yil texnik koʻrik muddati tugagach, texnik koʻrikdan oʻtmagan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalardan foydalanish mumkin emasligini masʼul xodimlarga tushuntirib borish vazifasi yuklatilsin.
7. Tuman “Davr sadosi” gazetasi muharririyati (Z. Kimsanova)ga mazkur qaror matnini matbuotda eʼlon qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni gazeta sahifalarida muntazam yoritib berish vazifasi topshirilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Raximov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim J. XODJIYEV
Paxtaobod sh.,
2014-yil 15-yanvar,
6-q-son
Tuman hokimining 2014-yil 15-yanvardagi 6-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Paxtaobod tumani hududida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya
TARKIBI
1. N. Fozilov — Paxtaobod tumani qishloq xoʻjalik texnikasi boʻyicha davlat inspektori, komissiya raisi 2. S. Ergashev — Paxtaobod tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi 3. M. Mirazizov — Muhandis-mexanik 4. Sh. Ashurov — Paxtaobod tumani mashina-traktor parki aksiyadorlik jamiyati chilangari
Tuman hokimining 2014-yil 15-yanvardagi 6-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r MMTP va tashkilotlar nomi Texnik koʻrik oʻtkazish kuni 1. Andijon MMTP 17.02.2014-y. 2. Namuna MMTP 18.02.2014-y. 3. Guliston MMTP 19.02.2014-y. 20.02.2014-y. 4. Turkiston MMTP 21.02.2014-y. 5. Oq yoʻl texnika MMTP 22.02.2014-y. 6. Yoqubov MMTP 24.02.2014-y. 7. Madaniyat MMTP 25.02.2014-y. 8. Yangi turmush MMTP 26.02.2014-y. 9. Doʻstlik MMTP 26.02.2014-y. 10. Haqiqat MMTP 27.02.2014-y. 11. Oxunboboyev Lyuks MMTP 28.02.2014-y. 12. O. Qurbonov MMTP 01.03.2014-y. 13. Ozod MMTP 01.03.2014-y. 14. Paxtaobod qishloq xoʻjalik kolleji 03.03.2014-y. 15. Paxtaobod mexanizatsiyalashgan koʻchma jamlanmasi MChJ 04.03.2014-y. 16. “Qishloqxoʻjalikkimyo” OAJ Paxtaobod filiali 05.03.2014-y. 17. “Paxtaobod 114-qurilish” MChJ 05.03.2014-y. 18. Paxtaobod tumani yoʻl xoʻjalik pudrat taʼmirlash foydalanish davlat korxonasi 06.03.2014-y. 19. Madaniyat matlubot MChJ 07.03.2014-y. 20. Paxtaobod tumani XTMFMT va TE boʻlimi 07.03.2014-y. 21. “Paxtaobod parranda” MChJ 10.03.2014-y. 22. Paxtaobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi 11.03.2014-y. 23. Paxtaobod tumani “Sanoat” MChJ 11.03.2014-y. 24. “Paxtaobod agrotexservis MTP” MChJ 12.03.2014-y. 25. Paxtaobod tumani MTP AJ 12.03.2014-y.
