Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (123-Q-son)
06.03.2014
Andijon viloyati Boʻz tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi talablariga asosan tumandagi tashkilot, muassasa va muqobil mashina-traktor saroylari hisobidagi transport vositalarini, tirkama va yarim tirkamalarini, fuqarolarning shaxsiy transport vositalarini soniga aniqlik kiritish, texnik sozligini nazorat qilish, transport vositalari bilan bogʻliq jinoyatlarni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro etish uchun qabul qilinsin.
2. Tuman ichki ishlar boʻlimining tumandagi tashkilot, muassasa va muqobil mashina-traktor saroylari hisobidagi transport vositalarini, tirkama va yarim tirkamalarini, fuqarolarni shaxsiy transport vositalarini yillik davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Transport vositalarini yillik davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish ishchi guruhning 1-ilovaga, davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha hamda jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvardan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
5. Korxona, tashkilot, muqobil mashina-traktor saroylari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlariga transport vositalari yillik texnik koʻrigiga puxta tayyorlash va texnik koʻrik bilan bogʻliq barcha turdagi toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
6. Yillik davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish ishchi tadbir davomida barcha turdagi transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini peshoyna hamda yoritqich oynalariga gravirovka usulida qayta taʼmirlash topshirilsin.
7. “Boʻz hayoti” gazetasi tahririyati (S. Hazratqulov)ga ushbu qarorni tuman gazetasida chop etish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 20-iyuldagi 371-q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Oʻ. Mamurov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim D. ADILBOYEV
Boʻz t.,
2014-yil 6-mart,
123-Q-son
Tuman hokimining 2014-yil 6-martdagi 123-Q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Transport vositalarini yillik davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish ishchi guruhi
TARKIBI
S. Mamanosirov Tuman IIB DYXXG katta inspektori, ishchi guruh raisi AʼZOLARI: U. Sarimsakov tuman “Avtomotoxavaskorlar” jamiyati raisi A. Abdurasulov tuman davlat texnik nazorati inspeksiyasi boshligʻi M. Turgʻunov “Oʻzagrosugʻurta” tuman inspeksiyasi boshligʻi A. Rustamov tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari
Tuman hokimining 2014-yil 6-martdagi 123-Q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Transport vositalarini yillik davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilot, muassasa va korxona nomi Transport soni Texnik koʻrik oʻtkazish joyi Texnik koʻrik oʻtkazish kuni 1. “Tumangaz” filiali 2 K-xoʻjalik idorasi 03.04.2014 2. Paxta bank 2 K-xoʻjalik idorasi 05.04.2014 3. DSENM 5 K-xoʻjalik idorasi 09.04.2014 4. Qurilish kolleji 2 K-xoʻjalik idorasi 12.04.2014 5. IIB yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi 2 Oʻzida 14.04.2014 6. “Qishloqxoʻjalikkimyo” AJ 3 Oʻzida 18.04.2014 7. “Vatanparvar” 4 Vatanparvar 24.04.2014 8. Tuman hokimligi 1 Vatanparvar 26.04.2014 9. Kommunal xoʻjaligi boʻlimi 5 Vatanparvar 28.04.2014 10. Sogʻliqni saqlash boʻlimi 12 Oʻzida 30.04.2014 11. TSIChXJ 7 TSIChXJ 01.05.2014 12. Tibbiyot kolleji 1 TSIChXJ 03.05.2014 13. Xalq taʼlimi boʻlimi 2 TSIChXJ 05.05.2014 14. Qishloq xoʻjalik kolleji 6 TSIChXJ 08.05.2014 15. Paxta tozalash zavodi 8 Oʻzida 10.05.2014 16. TAIB 1 Oʻzida 23.05.2014 17. Ulugʻbek MMTP 7 Oʻzida 24.05.2014 18. Navoiy MMTP 10 Oʻzida 25.05.2014 19. Ozod MMTP 11 Oʻzida 28.05.2014 20. Yangi turmush MMTP 4 Oʻzida 29.05.2014 21. M. Jalolov MMTP 13 Oʻzida 30.05.2014 22. Yangi hayot MMTP 3 Oʻzida 02.06.2014 23. Bobur MMTP 12 Oʻzida 03.06.2014 24. Guliston MMTP 19 Oʻzida 04.06.2014 25. Shodmonov MMTP 4 Oʻzida 05.06.2014 26. Oʻzbekiston MMTP 6 Oʻzida 06.06.2014 27. MTPDAJ 13 Oʻzida 07.06.2014 28. Muhayo xususiy firmasi 1 Guliston MMTP 04.06.2014 29. Nurmuhammad fermer xoʻjaligi 3 Oʻzbekiston MMTP 06.06.2014 30. DSP 1 155-A/K 12.06.2014 31. Ravshanoy ferm�r xoʻjaligi 1 MMTP 22.06.2014 32. Inom fermer xoʻjaligi 1 MMTP 23.06.2014 33. “Boʻz” xususiy kichik korxonasi 1 MMTP 26.06.2014 34. Qishloq va suv xoʻjalik boshqarmasi 8 155-A/K 27.06.2014 35. Aloqa bogʻlamasi 1 155-A/K 29.06.2014 36. Zafar xususiy firmasi 2 155-A/K 30.06.2014 37. Sanjar xususiy firmasi 3 155-A/K 30.06.2014 38. Shifokor xususiy firmasi 1 155-A/K 30.06.2014 39. Gʻolib fermer hoʻjaligi 1 MMTP 03.06.2014 40. Obixayot xususiy firmasi 1 155-A/K 30.06.2014 41. Adliya boshqarmasi 1 155-A/K 30.06.2014 42. Vetlechebnitsa 155-A/K 01.06.2014 43. Madaniyat boʻlimi 1 155-A/K 01.06.2014 44. O. Toshboyev fermer xoʻjaligi 1 Yangi-hayot MMTP 02.06.2014 45. Xojikosim fermer xoʻjaligi 1 MMTP 10.06.2014 46. Buvijon fermer xoʻjaligi 1 MMTP 11.06.2014 47. Tashabbus fermer xoʻjaligi 1 MMTP 12.06.2014 48. Yusufjon fermer xoʻjaligi 1 MMTP 13.06.2014 49. Sut sanoat ishonchi MChJ 1 155-A/K 16.06.2014 50. Agrokurilishtamir 5 Oʻzida 17.06.2014 51. Quruvchi KOOP 3 Ulugʻbek MMTP 24.05.2014 52. Qahramon kichik korxonasi 2 155-A/K 04.06.2014 53. Pedagogika kolleji 1 155-A/K 04.06.2014
