Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar asbob-uskunalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (41-Q-son)
28.01.2014
Andijon viloyati Baliqchi tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga asosan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari,ustaxonalar asbob-uskunalarini texnik sozligini sifatli nazorat qilishni taʼminlash va ularni yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
1. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar asbob-uskunalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuzilgan tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar asbob-uskunalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Tuman komissiyasiga qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar asbob-uskunalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom asosida va belgilangan jadval boʻyicha oʻtkazilishini taʼminlash va texnik koʻrik yakuni boʻyicha tuman hokimligiga axborot berish topshirilsin.
4. Tuman “Gʻalaba” gazetasi (Sh. Karimova)ga ushbu qarorni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Hokim v.v.b. U. QODIROV
Baliqchi t.,
2014-yil 28-yanvar,
41-Q-son
Tumani hokimining 2014-yil 28-yanvardagi 41-Q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar asbob-uskunalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuzilgan tuman komissiyasi
TARKIBI
1. A. Ahmedov — Baliqchi tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi inspektori, komissiya raisi 2. A. Mirzayev — Baliqchi MTP OAJ raisi, komissiya raisi oʻrinbosari Komissiya aʼzolari: 3. Z. Gʻofurov — Baliqchi Agrotexservis MTP MChJ muhandisi 4. A. Eshmatov — Chinobod Agrotexservis MTP MChJ muhandisi 5. M. Nuriddinov — Mexanika MMTP mexanizatori
Tumani hokimining 2014-yil 28-yanvardagi 41-sonli qaroriga 2-ILOVA
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani,mashina-traktor parklari,ustaxonalar asbob-uskunalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Texnikalari texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan tashkilot, korxonalar va hududlar nomi Texnik koʻrik oʻtkazish joyi Texnik koʻrik oʻtkazish sanasi 1. Siza MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Chinobod MTP MChJ 27.01.2014-y 2. Umarov MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Chinobod MTP MChJ 27.01.2014-y 3. Bobur MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Chinobod MTP MChJ 27.01.2014-y 4. Oxunboboyev MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Chinobod MTP MChJ 28.01.2014-y 5. Oʻzbekiston MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Chinobod MTP MChJ 28.01.2014-y 6. Chinobod MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Chinobod MTP MChJ 28.01.2014-y 7. Namuna MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Chinobod MTP MChJ 29.01.2014-y 8. Olimbek MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Chinobod MTP MChJ 29.01.2014-y 9. Paxtakor MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Chinobod MTP MChJ 29.01.2014-y 10. Navoiy MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Baliqchi MTP OAJ 30.01.2014-y 11. Moʻminov MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Baliqchi MTP OAJ 30.01.2014-y 12. Istiqbol MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Baliqchi MTP OAJ 30.01.2014-y 13. Aralxon MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Baliqchi MTP OAJ 31.01.2014-y 14. Sheralichek MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Baliqchi MTP OAJ 31.01.2014-y 15. Ergasheva MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Baliqchi MTP OAJ 31.01.2014-y 16. Boʻston MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Baliqchi MTP OAJ 01.02.2014-y 17. Baliqchi MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Baliqchi MTP OAJ 01.02.2014-y 18. Ulugʻbek MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Baliqchi MTP OAJ 02.02.2014-y 19. Gʻalaba MMTP va massiv hududidagi fermer xoʻjaliklari Baliqchi MTP OAJ 02.02.2014-y 20. “Kishlokxoʻjalikkimyo” Baliqchi tuman boʻlimi “Kishlokxoʻjalikkimyo” Baliqchi tuman boʻlimi 03..02.2014 21. Chinobod Paxta tozalash XJ Chinobod PTXJ 03..02.2014 22. Katta Andijon magistral kanali Katta Andijon magistral kanali 03..02.2014 23. Tuman Avtomobil yoʻllari korxonasi Tuman Avtomobil yoʻllari korxonasi 04.02.2014 24. Qishloq xoʻjalik texnikasi 2 donadan kam boʻlgan yuridik shaxslar Baliqchi MTP OAJ 5 — 15 — fevral kunlarida 25. Qishloq fuqarolar yigʻinlari hududidagi shaxsiy texnikalar KFYlar oʻramida 17-fevraldan 17-martgacha
