Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (59-q-son)
27.01.2014
Andijon viloyati xoʻjaobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini tumanda taʼminlash maqsadida hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga muvofiq qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish koʻrsatib oʻtilganligini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga muvofiq tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi boʻyicha tuman inspektori (A. Karimov) zimmasiga yuklatilsin.
3. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi boʻyicha tuman inspektori (A. Karimov), tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (O. Shermatov) hamda muqobil mashina-traktor parklari rahbarlari 2014-yil 1-fevraldan 31-iyul kuniga qadar tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish yuzasidan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tuzilsin.
4. Korxona va xoʻjalik rahbarlari oʻz hisobidan mehnat jamoasida ishlayotgan komissiya aʼzolarini 2014-yilning 1-fevral kunidan 30-iyul kuniga qadar “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi boʻyicha tuman boʻlimiga xizmat safariga yuborishini taʼminlasinlar.
5. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi boʻyicha tuman inspektori (A.Karimov), tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (O. Shermatov) hamda muqobil mashina-traktor parklari rahbarlari bilan birgalikda majburiy texnik koʻrik jadvalini ishlab chiqish va tumandagi korxona hamda tashkilotlarga xabar qilish topshirilsin.
6. Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish yuzasidan tashkil etilgan komissiya (A. Karimov)ga majburiy texnik koʻrigini sifatli tashkil etish, koʻrik davomida aniqlangan kamchiliklarni 2014-yil 30-iyul kuniga qadar bartaraf etib, tuman hokimligiga axborot berish topshirilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 16-fevraldagi 229-q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. “Haqiqat” gazetasi muharririyati (T. Shermatov)ga tuman hokimining mazkur qarorni ommaviy axborot vositasi orqali keng ommaga yetkazish ishlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
9. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokimning birinchi oʻrinbosari I. QOʻShMAQOV
Xoʻjaobod t.,
2014-yil 27-yanvar,
59-q-son
Tuman hokimining 2014-yil 27-yanvardagi 59-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish yuzasidan komissiya aʼzolari
Tarkibi
1. A. Karimov komissiya raisi, “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi boʻyicha tuman inspektori Aʼzolari: 2. Gʻ. Iminov Savay-Oqboʻrasoy irrigatsiya tizimi bosh mexanigi 3. T. Raxmonov Agrotexservis AGChJ chilangari 4. M. Qodirov Ittifoq massivi MMTP raisi
Tuman hokimining 2014-yil 27-yanvardagi 59-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Xoʻjaliklar nomi Texnika soni Oʻtkaziladi gan kun Manzili 1. Agrotexservis MChJ 15 25.02.2014-y. joyida 2. Savay-Oqboʻrasoy ITB 6 21.03.2014-y. 3. Oʻzbekiston MMTP 11 27.022014-y. 4. A. Nabiyev MMTP 8 05.03.2014-y. 5. Ittifoq MMTP 7 07.07.2014-y. 6. A. Qaxxor MMTP 5 11.03.2014-y. 7. Hamza MMTP 9 09.07.2014-y. 8. Doʻstlik MMTP 7 13.03.2014-y. 9. S. Raximov MTP 4 15.03.2014-y. 10. Ipakchi MMTP 2 16.03.2014-y. 11. Bobur MMTP 7 03.03.2014-y. 12. Madiyorov agrofirmasi 3 17.03.2014-y. 13. Bogʻishamol agrofirmasi 1 18.03.2014-y. 14. Qishloq xoʻjaligi kolleji 3 19.03.2014-y. 15. Transport kolleji 3 20.03.2014-y.
Izoh: tuman hududidagi shaxsiy traktor vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadval asosida hududlarda oʻtkaziladi.
