Sanitar tozalik xizmatlari boʻyicha chegaralangan tariflarini kiritish toʻgʻrisida (566-Q-son)
08.09.2014
Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda) Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatdan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda), 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda) qarorlari ijrosini taʼminlash hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman hududidan qattiq va maishiy chiqindilarni tashishga doir koʻrsatiladigan xizmatlar tarifini belgilash maqsadida Samarqand viloyat hokimligi moliya boshqarmasining 2014-yil 2-iyundagi 03-9/818-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Paxtachi tuman hududidan tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun 2014-yil 10-sentabrdan eʼtiboran:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi korxona, tashkilot, muassasa va yakka tartibda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar uchun toʻlovlar tarifi bir metr kub uchun 5510 soʻm;
jismoniy shaxslar uchun bir kishiga bir oyda 500 soʻm etib belgilansin.
2. Paxtachi tumanida qattiq va maishiy chiqindilarni tashib chiqarish xizmat tariflari 1-ilovaga* muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amal qilinishi lozim boʻlgan maishiy chiqindilar meʼyori 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi (Oʻ. Muhammadiyev)ga:
maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun amal qilish meʼyorlari asosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan 3-ilovaga* keltirilgan shartnomalar asosida rasmiylashtirish;
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
tuman hududidan qattiq va maishiy chiqindilarni chiqarish boʻyicha tuziladigan shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida undirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Bobaxolov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim K. KURBONOV
Paxtachi t.,
2014-yil 8-sentabr,
566-Q-son
