Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-iyundagi “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha” Respublika komissiyasi majlisining 155-sonli yigʻilish bayoni toʻgʻrisida (3-q-son)
03.01.2014
Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasi geografik obyektlarining nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori, viloyat hokimining 2012-yil 22-oktabrdagi 230-q-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublika Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan Respublika Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasi majlisining 2012-yil 31-oktabr kungi 232-01/07/1-717-sonli hamda 24-iyundagi 155-sonli yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasini qoʻllab qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-iyundagi “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha” Respublika komissiyasi majlisining 155-sonli yigʻilish bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha” Respublika komissiyasi majlisining 155-sonli yigʻilish bayonining 3-bandiga asosan shahar va tuman hududlaridagi tarixiy shaxslardan tashqari biror bir shaxsning nomi bilan ataladigan koʻcha, xiyobon, umuman geografik obyekt qolmasligi boʻyicha berilgan topshiriqqa asosan tuman hududidagi qishloq, shaharcha, mahallalar, koʻchalar nomlarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazilganligi, takrorlarini qayta nomlanganligi, tarixiy shaxslardan boshqa shaxs nomlarini oʻzgartirilganligi boʻyicha hududiy komissiyasining bergan takliflari 1-ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
3. Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari M. Mirzaaxmedov hamda tashkiliy nazorat guruhi G. Dexqonovlarga tuman arxitektori va boshqa aloqador masʼullarni jalb etgan holda ushbu qaror asosida barcha nomi oʻzgargan va oʻzgarmagan geografik obyektlarning nomlarini bir xilda koʻrkam yozilishi, moliyaviy manbasi boʻyicha 10 kun muddatda taklif tayyorlash, 2013-yil 30-dekabrgacha nomlarni belgilangan joylarga ilinishini tashkillashtirish vazifalari yuklatilsin.
4 “Qoʻrgʻontepa haqiqati” muharririyati (A. Qoraboyev)ga “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha” qarori rasmiy eʼlon qilinsin, bajarilishini gazeta sahifasida yoritib borish belgilab qoʻyilsin va qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin.
5. Ushbu qaror tasdigʻi xalq deputatlari tuman kengashiga kiritilsin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazoratini oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim A. ERGAShEV
Qoʻrgʻontepa sh.,
2014-yil 3-yanvar,
3-q-son
