Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (38-son)
29.01.2014
Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-sonli qarorining ijrosini taʼminlash yuzasidan Toshkent viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasining hududlardagi qishloq xoʻjalik texnikasi boʻyicha inspektorlari tomonidan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, MTP AJlar, Muqobil MTPlar, fermer xoʻjaliklar, xususiy tadbirkorlar va jismoniy shaxslardagi mavjud boʻlgan traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman hududlaridagi korxonalar, tashkilotlar, MTP AJ lar, Muqobil MTPlar, fermer xoʻjaliklar, xususiy tadbirkorlar va jismoniy shaxslardagi mavjud boʻlgan traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari belgilangan jadval boʻyicha yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini belgilangan jadval boʻyicha yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun 1-ilovaga muvofiq komissiya tarkibi tasdiqlansin.
3. Tumanda traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini belgilangan jadval boʻyicha yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiyalar ish faoliyati 2-ilovada belgilangan jadval boʻyicha tasdiqlansin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari X. Abdushukurov hamda tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi U. Xaydarovlar zimmasiga yuklatilsin.
Hokim v.v.b. X. ABDUShUKUROV
Bekobod t.,
2014-yil 29-yanvar.,
38-son
Tumani hokimining 2014-yil 29-yanvardagi 38-son qaroriga 1-ILOVA
Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasn
TARKIBI
Tumani hokimining 2014-yil 29-yanvardagi 38-son qaroriga 2-ILOVA
Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnik va oʻziyurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r MMTPlar va boshqa tashkilotlar nomi Majburiy texnik koʻrikdan oʻtish vaqti Izoh 1. Navoiy MMTP — hudud fermyerlari 15.01.2014 2. Gʻalaba MMTP — hudud fermyerlari 17.01.2014 3. Xos MMTP — hudud fermyerlari 18.01.2014 4. Bobur MMTP — hudud fermyerlari 19.01.2.014 5. Oʻzbekiston MMTP — hudud fermyerlari 20.01.2014 6. Oʻrikzor MMTP — hudud fermyerlari 22.01.2014 7. Dehqonobod MMTP hudud fermyerlari 24.01.2014 8. Mavlonov MMTP — hudud fermyerlari 26.01.2014 9. Avangard MMTP — hudud fermyerlari 28.01.2014 10. Dalvarzin MMTP — hudud fermyerlari 29.01.2.014 11. Koʻragoniy agro MMTP — hudud fermyerlari 31.01.2014 12. Yangi hayot MMTP — hudud fermyerlari 1.02.2014 13. Doʻstlik MMTP — hudud fermyerlari 3.02.2014 14. Navbahor MMTP — hudud fermyerlari 4.02.2014 15. Bekobod ASM — h�dud fermyerlari 6.02.2014 16. Bekobod MTP 8.02.2014 17. Oybek MTP 9.02.2014 18. “Bekobod agrotexservis MTP” MChJ 10.02.2014 19. Boshqa tashkilotlar 15.02 — 1.08.2014
