Piskent tumani hududida Davlat koʻchmas mulkidan 2014-yilda foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisida (24-son)
17.01.2014
Toshkent viloyati Piskent tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1992-yil, 1-son, 45-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2009-yil, 15-son 186-modda) va Toshkent viloyati hokimining 2013-yil 27-dekabrdagi “Toshkent viloyati hududida Davlat koʻchmas mulkidan 2014-yilda foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisida”gi 298-sonli qarorlari talablari asosida tuman hududidagi boʻsh turgan bino-inshootlardan oqilona foydalanish, ularga boʻlgan ehtiyojni toʻliq taʼminlash hamda kutilayotgan xarajatlar bilan korxona va tashkilotlarning ijara toʻlovidan tushadigan daromadlarni tartibga solish maqsadida qaror qilaman:
1. Toshkent viloyati hokimining 2013-yil 27-dekabrdagi “Toshkent viloyati hududida Davlat koʻchmas mulkidan 2014-yilda foydalanganligi uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisida”gi298-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Piskent tumanida Davlat koʻchmas mulkidan 2014-yil davomida foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga, ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar hamda hududiy zonalar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
3. Davlat mulkini balansda saqlovchilarning mansabdor shaxslari:
yil choragida kamida bir marta oʻzining tasarrufida boʻlgan davlat mulkini xatlovdan oʻtkazishlari;
foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ijara markaziga oʻz vaqtida, toʻliq, shuningdek ijaraga berilayotgan mol-mulkning tiklanish qiymati toʻgʻrisidagi taqdim etilgan axborotning ishonchliligi;
davlat mulkini ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga berish, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni ataylab notoʻgʻri qayd etilganligi, buning natijasida ijara toʻlovining yashirilishiga olib kelganligi uchun bevosita qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
4. Toshkent viloyati davlat mulkini ijaraga berish markazi davlat unitar korxonasi, Piskent tuman vakili (I. Fayzullayev)ga:
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
ijaraga berilayotgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va monitoringini olib borish;
ijaraga beriladigan davlat mulki boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
ijaraga berilgan davlat mulkini har choraklik asosida xatlovdan oʻtkazish;
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulki roʻyxatini davriy nashrlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida joylashtirilishi uchun kerakli maʼlumotlarni Toshkent viloyati davlat mulkini ijaraga berish markazi davlat unitar korxonasiga taqdim qilish;
tuman hududida foydalanilmayotgan, boʻsh turgan bino va inshootlarni aniqlab, samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda ijaraga berishni tashkillashtirish;
5. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (S. Asrayev), tuman hududida ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan obyektlarni hisobotini toʻgʻri yuritish va budjetga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish maqsadida davlat mulkini balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish samaradorligini oshirish va tashkillashtirishda Toshkent viloyati davlat mulkini ijaraga berish markazi davlat unitar korxonasining vakillari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻysinlar.
6. Tuman hududida 2014-yilda davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasi belgilansin.
7. Piskent tuman hokimining 2013-yil 22-martdagi 100-son “Piskent tumani hududida Davlat koʻchmas mulkidan 2013-yilda foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisida”ga qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari v.v.b. Sh. Inomjonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim I. ERGAShXODJAYEV
Piskent t.,
2014-yil 17-yanvar,
24-son
Tuman hokimining 2014-yil 17-yanvardagi 24-sonli qaroriga 1-ILOVA
Piskent tumani hududida Davlat koʻchmas mulkidan 2014-yilda foydalanganligi uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining
ENG KAM STAVKALARI
T/r Faoliyat turi kodlari Ijaraga berilayotgan maydonlarda foydalanish maqsadi Bir yillik eng kam stavka 1 kv.m /soʻm Sanoat 1. 11200 Yoqilgʻi sanoati 2 800 2. 13 100 Kimyo sanoati 2 800 3 13 300 Neft-kimyo sanoati 2 800 4. 14 100 Mashinasozlik 2 800 5. 14 200 Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati 2 800 6. 14 300 Hisoblash texnika vositalari sanoati 2 800 7, 14 400 Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi 2 250 8. 14 500 Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozligi 2 250 9. 14 600 Yengil va oziq-ovqat sanoati va maishiy asboblar mashinasozligi 2 250 10. 14 710 Sanitar-texnik va gaz uskunalari xamda buyumlari ishlab chiqarish 2 800 11. 14 800 Metall konstruksiya va buyumlar sanoati 2 800 12. 14 900 Mashina va uskunalarini taʼmirlash 2 800 13. 14 780 Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari 2 800 Oʻrmonchilik, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz sanoati 14. 15 100 Oʻrmon, yogʻoch tayyorlash sanoati 2 800 15. 15 200 Yogʻochni qayta ishlash sanoati 2 800 16. 15 300 Sellyuloza-qogʻoz sanoati 2 800 17. 16 100 Qurilish materiallar sanoati 2 800 Yengil sanoat 18. 17100 Toʻqimachilik sanoati 2 800 19. 17200 Tikuvchilik sanoati 2 800 20. 17300 Charm, moʻyna va poyabfzal sanoati 2 800 21. 17900 Yengil sanoatning boshqa sohalari 2 800 Oziq-ovqat sanoati 22. 18100 Oziq-ovqat sanoati (baliq, goʻsht, yogʻ-pishloq va sut sanoatidan tashqari) 2 800 23. 18200 Goʻsht va sut sanoati 2 800 24. 18 300 Baliqchilik sanoati 2 800 25. 19210 Un-yorma sanoati 2 800 26. 19220 Kombikorm sanoati 2 250 27. 19700 Oziq-ovqat sanoatining boshqa sohalari 2 800 Sanoatning boshqa sohalari 28. 19 300 Tibbiyot sanoati 2 800 29. 19 400 Nashriyot sanoati 7 850 30. Kiyim-kechak va gazlamadan tayyorlangan boshqa
