“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida (321-II-son)
07.12.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1997-yil 24-aprelda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi 397-I-sonli qarorning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash tizimi 2003-yilda olingan daromadlardan boshlab joriy etilsin”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 7-dekabr,
321-II-son
