Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (97-son)
12.02.2014
Namangan viloyati Chust tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga muvofiq transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 15-fevraldan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori 3-band talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib borgan xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Isamiddinov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. BOZOROV
Chust sh.,
2014-yil 12-fevral,
97-son
Tuman hokimining 2014-yil 12-fevraldagi 97-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda transport vositalarni texnik koʻrigini oʻtkazishni tashkil etuvchi komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi: A. Mamadaliyev — Chust tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Komissiya kotibi: T. Tursunov — Tumandagi “Nam eko servis” MChJ raisi Komissiya aʼzolari: X. Mirsaidov — Tuman xususiy transportlar mulkdorlari uyushmasi raisi A. Bekzamatov — “Oʻzavtodaryotrans” agentligi viloyat hududiy boʻlimi sektor mudiri X. Sharipov — Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. Nuraliyev — Tuman MTP aksiyadorlik jamiyati mutaxassisi M. Dehqonov — Tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi boshligʻi muovini J. Miraxmedov — “Mahalla” xayriya jamoat fondi Chust tuman boʻlinmasi raisi
Tuman hokimining 2014-yil 12-fevraldagi 97-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumanda transport vositalarni texnik koʻrigini oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilot, korxona, xoʻjaliklar, muassasalar nomlari Texnik koʻrikni oʻtkazish kuni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Koʻrikni oʻtkazish vaqti Transport vositalari soni 1. “57-ATP” MChJ 01.03.2014-yildan 27.05.2014-yilgacha “ATP” MChJ avtosaroyida 9:00-16:00 65 2. Chust tuman yoʻlovchi tashish uyushmalari 05.02.2014y.dan 10.06.2014-y.gacha Uyushmalar avtosaroyida 9-00-16-00 70 3. Chust tumani hokimligi 16.04.2014-yil YHHG boʻlimida 9-00-14-00 2 4. DT “Xalq banki” tuman boʻlimi 17.04.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-18:00 4 5. OATB “Agrobank” tuman boʻlimi 17.04.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-18:00 2 6. “Chust Bosmaxonasi” MChJ 18.04.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-18:00 2 7. “Chust haqiqati” tahririyati 18.04.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-18:00 1 8. TIF “Milliy bank” tuman boʻlimi 19.04.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 1 9. “Shamshir” MChJ 21.04.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-18:00 3 10. “Marmar-F” qoʻshma korxonasi 21.04.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-18:00 1 11. “Avtotexxizmat” MChJ 22.04.2014-y. MChJ avtosaroyida 9:00-16:00 6 12. “Chustmash” AJ 23.04.2014-y. MChJ avtosaroyida 9:00-14:00 2 13. DASK “Kafolat” tuman filiali 24.04.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-14:00 1 14. “Chust Matlubotsavdo” agrofirmasi 24.04.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 2 15. “Al-Bois” MChJ 25.04.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-14:00 2 16. Chust “Temir-tersak” xususiy korxonasi 26.04.2014-yil YHXG boʻlimida 9:00-16:00 3 17. “Olmospaxtamash” AJ 28.04.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-16:00 3 18. “Texnolog-GR” MChJ 29.04.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-16:00 2 19. “Temirchi” MChU 30.04.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 3 20. Chust Tibbiyot kolleji 03.05.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 1 21. “Mashina-traktor parki” DAJ 05.05.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-18:00 33 22. Chust sanoat, transport va aloqa kolleji 05.05.2014-y. Kollej avtosaroyida 9:00-18:00 15 23. “Pansada” xususiy firmasi 06.05.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-14:00 1 24. “Saʼdi-fayz” fermer xoʻjaligi 07.05.2014-yil YHXG boʻlimida 9:00-14:00 1 24. “Otabek Mirxalilov” MChJ 08.05.2014-yil YHXG boʻlimida 9:00-14:00 2 25. “1-sonli dorixona” AJ 12.05.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-14:00 1 26. Chust Telekommunikatsiya bogʻlamasi 14.05.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 3 27. Tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya markazi 15.05.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-16:00 4 28. Chust qishloq xoʻjaligi kolleji 17.05.2014-y. Kollej avtosaroyida 9:00-16:00 6 29. “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi “Chust tumangaz” filiali 19.05.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-18:00 10 30. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 21.05.2014-y. Boshqarma avtosaroyida 9:00-18:00 11 31. “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ tuman filiali 23.05.2014-y. Jamiyat avtosaroyida 9:00-15:00 15 32. “Toʻychi polvon ota” xususiy korxonasi 24.05.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 1 33. “Abdula�if Abduqaxxorov” MChJ 25.05.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 1 34. Chust “Rikoma servis” MChJ 26.05.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 2 35. “Varzik Firdavs trans” MChJ 28.05.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 2 36. “Doʻzanda Binokor savdo” MChJ 29.05.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 1 37. “Saxovat” MChJ 31.05.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-16:00 2 38. Tuman yoʻl qurilish pudrat taʼmirlash va foydalanish korxonasi 03.06.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-18:00 17 39. “Ogʻir karvon” MChJ 04.06.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 1 40. “Asr ezgu niyat” MChJ 09.06.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 1 41. “Sintipon sanoat servis” MChJ 09.06.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 1 42. “Shoxbobur PDD” MChJ 09.06.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 1 43. Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman boʻlimi 10.06.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-18:00 12 44. “6-XMKK” MChJ 11.06.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-18:00 23 45. “Tuman matlubot ulgurji chakana savdo yagona” hissadorlik jamiyati 16.06.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-18:00 14 46. Tuman Tibbiyot birlashmasi 19.06.2014-y. Korxona avtosaroyida 16:00-18:00 16 47. “Chust transekspedi�iya” MChJ 20.06.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-18:00 22 48. Tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi 21.06.2014-y. Korxona avtosaroyida 9:00-18:00 6 49. Chust pedagogika va servis kasb-hunar kolleji 24.06.2014-y. Kollej avtosaroyida 9:00-16:00 3 50. “Damobod” MMTP hududi fermer xoʻjaliklari (roʻyxat boʻyicha) 26.06.2014-y. MMTP avtosaroyida 9:00-16:00 4 51. “Karkidon” MMTP hududi fermer xoʻjaliklari (roʻyxat boʻyicha) 27.06.2014-y. MMTP avtosaroyida 9:00-16:00 3 52. “Mextrade Invest Plyus” MChJ 27.06.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 1 53. “Kudos Brok servis” MChJ 28.06.2014-y. YHXG boʻlimida 9:00-16:00 2
