Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (70-son)
14.02.2014
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga muvofiq transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga — tirkamalar bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 15-fevraldan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori 3-band talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib borgan xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim v.v.b. N.KAIMOV
Toʻraqoʻrgʻon sh.,
2014-yil 14-fevral,
70-son
Tuman hokimining 2014-yil 14-fevraldagi 70-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda transport vositalarni texnik koʻrigini oʻtkazishni tashkil etuvchi komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi: D. Maxsimchayev — Toʻraqoʻrgʻon tumani ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, kichik serjant Komissiya kotibi: Gʻ. Axmatov — Tuman avtomotohavaskorlar jamiyati raisi Komissiya aʼzolari: Sh. Mamajanov — “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Namangan viloyat hududiy boʻlimi mutaxassisi M. Mamatqulov — “Davtexnazorat” tuman inspektori M. Turgʻunov — Tuman mudofaa boʻlimi mutaxassisi M. Mavlonov — Tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi mexanigi M. Begmatova — “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi raisi
Tuman hokimining 2014-yil 14-fevraldagi 70-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumanda transport vositalarni texnik koʻrigini oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilot, korxona, xoʻjaliklar, muassasalar nomlari Texnik koʻrikni oʻtkazish kuni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Koʻrikni oʻtkazish vaqti Transport vositalari soni 1. “Isoqxon Toʻra Ibrat” MMTP 10.03.2014-yil “Isoqxon Toʻra Ibrat” MMTP saroyida 9:00-16:00 5 2. “Navroʻz-Tezkor” MMTP 11.03.2014-yil “Navroʻz-Tezkor” MMTPda 9:00-16:00 4 3. “Obod Namuna Diyori” MMTP 12.03.2014-yil “Obod Namuna Diyori” MMTP saroyida 9:00-16:00 4 4. “Turkiston Yangi Kuch” MMTP 13.03.2014-yil “Turkiston Yangi Kuch” MMTP saroyida 9:00-16:00 4 5. “Quyoshli Yurt Vodiysi” MMTP 14.03.2014-yil “Quyoshli Yurt Vodiysi” MMTP saroyida 9:00-16:00 3 6. “Sharq Yulduzi” MMTP 15.03.2014-yil “Sharq Yulduzi” MMTP saroyida 9:00-16:00 5 7. “I. Nabiyev” MMTP 17.03.2014-yil “I.Nabiyev” MMTP saroyida 9:00-18:00 1 8. “Shaxand Taraqqiyoti” MMTP 18.03.2014-yil “Shaxand Taraqqiyoti” MMTP saroyida 9:00-18:00 4 9. “Zafarli Oltin vodiy” MMTP 19.03.2014-yil “Zafarli Oltin vodiy” MMTP saroyida 9:00-16:00 3 10. “Zabardast Gʻayrat” MMTP 20.03.2014-yil “Zabardast Gʻayrat” MMTP saroyida 9:00-16:00 3 11. “Shoxidon Nurli Diyor” MMTP 24.03.2014-yil “Shoxidon Nurli Diyor” MMTP saroyida 9:00-16:00 3 12. “Sohil Pino Muskati” agrofirmasi 25.03.2014-yil “Sohil Pino Muskati” agrofirmasi saroyida 9:00-16:00 2 13. “Toʻraqoʻrgʻon neft baza” unitar korxonasi 26.03.2014-yil “Toʻraqoʻrgʻon neft baza” unitar korxonasi saroyida 9:00-16:00 54 14. Tuman tibbiyot birlashmasi 28.03.2014-yil Tuman tibbiyot birlashmasi saroyida 9:00-16:00 22 15. “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ Toʻraqoʻrgʻon tuman filiali 29.03.2014-yil “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ Toʻraqoʻrgʻon tuman filiali saroyida 9:00-16:00 11 16. “Avtoagrokimyotaʼminot” hissadorlik jamiyati 01.04.2014-yil “Avtoagrokimyotaʼminot” hissadorlik jamiyati avtosaroyida 9:00-16:00 31 17. “Mashina, traktor parki” AJ 03.04.2014-yil “Mashina, traktor parki” AJ saroyida 9:00-16:00 8 18. “Shoxidon gʻisht zavodi” 04.04.2014-yil “Shoxidon gʻisht zavodi” saroyida 16:00-18:00 5 19. MKT “Vatanparvar” tashkiloti, Toʻraqoʻrgʻon qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 05.04.2014-yil MKT “Vatanparvar” saroyida 9:00-16:00 22 20. Tuman yoʻl qurilish pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi 07.04.2014-yil Tuman yoʻl qurilish pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi saroyida 9:00-16:00 22 21. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 08.04.2014-yil Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi saroyida 9:00-16:00 5 22. “XMKK-401” MChJ, tuman Veterinariya boʻlimi 09.04.2014-yil “XMKK-401” MChJ saroyida 9:00-16:00 15 23. Mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “TO'RAQO'RG'ON SNIRINLIK AGRO” xorijiy korxonasi 10.04.2014-yil Mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “TO'RAQO'RG'ON SNIRINLIK AGRO” xorijiy korxonasi saroyida 9:00-16:00 12 24. Tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi 11.04.2014-yil Tuman Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi saroyida 9:00-16:00 3 25. Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 12.04.2014-yil Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimida 9:00-16:00 3 26. 48-maxsus maktab-internat 14.04.2014-yil 48-maxsus maktab-internatda 9:00-16:00 5 27. Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Namangan filiali, Namangan 3-son paxta tozalash hissadorlik jamiyati 15.04.2014-yil Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Namangan filiali saroyida 9:00-16:00 14 28. Tuman Moliya boʻlimi, “Muborakgaz” AJ 16.04.2014-yil “Muborakgaz” AJ saroyida 9:00-16:00 16 29. “Vodiygaztaʼminot” UK tuman filiali 17.04.2014-yil “Vodiygaztaʼminot” UK tuman filiali saroyida 9:00-16:00 9 30. Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi 18.04.2014-yil Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimida 9:00-16:00 4 31. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi 19.04.2014-yil Tuman Davlat soliq inspeksiyasida 9:00-16:00 2 32. “4-Qishloq qurilish kombinati” AJ 21.04.2014-yil “4-Qishloq qurilish kombinati” AJ saroyida 9:00-16:00 11 33. Tumandagi tijorat banklari 23.04.2014-yil Tuman IIB YHXG 9:00-16:00 4 34. Tumandagi boshqa tashkilotlar 2-8.05.2014-yil Tuman IIB YHXG 9:00-16:00 8 35. Tumandagi fermer xoʻjaliklari 10-16.05.2014-yil Tuman IIB YHXG 9:00-16:00 28
