Daromadlar va mulkka ikkiyoqlama soliq solmaslik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Bitimni ratifikatsiya qilish haqida (1075-XII-son)
06.05.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1994-yil 2-martda Moskva shahrida imzolangan Daromadlar va mulkka ikkiyoqlama soliq solmaslik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi v.b. E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-may,
1075-XII-son
