Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (135-son)
17.02.2014
Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining
qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) talablaridan kelib chiqib, tumanda 2014-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, mashina, traktor parki OAJlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobga olish va ularning texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga va texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va koʻrsatilgan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasiga:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, mashina, traktor parki OAJlari, muqobil mashina, traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ, yoʻl qurilishi texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan va texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalarni, texnik talabga javob bermaydigan texnikalarni ishga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
texnik koʻrik davomida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini mavsumga tayyorgarligi, har bir traktorchi-mashinistning tegishli texnikani boshqarish uchun ruxsat etilgan toifaning mavjudligi, texnikalarni oʻrnatilgan tartib asosida roʻyxatdan oʻtkazilganligi va boshqa talablarni amalga oshirish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Tumandagi barcha korxona, tashkilot, mashina traktor parki OAJlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari rahbarlariga, hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, asbob-uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrikka tegishli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan har bir texnika uchun undirilgan yigʻimni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi 23402000300100001010 hisob raqamiga MMVB XTTM Toshkent shahri, MFO: 00014, INN: 201122919, “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi ShXV 401421860144017950100082001, INN: 200057080 hisob raqamiga toʻlanishi taʼminlansin.
5. Tuman hokimining 1-oʻrinbosari J. Qayumovga tumandagi korxona, tashkilot, mashina, traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish vazifasi topshirilsin.
6. Mazkur qaror matbuotda rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J. Qayumov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim T. RAPIQOV
Yangiqoʻrgʻon sh.,
2014-yil 17-fevral,
135-son
Tuman hokimining 2014-yil 17-fevraldagi 135-sonli qaroriga 1-ILOVA
Yangiqoʻrgʻon tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi: A. Fayziddinov — “Oʻzdavtexnazorat” Yangiqoʻrgʻon tuman inspektori Komissiya raisining oʻrinbosari: B. Qosimov — Tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Komissiya aʼzolari: 1. Y. Rizayev — Tuman “Mashina, traktor parki” AJ boʻlim boshligʻi 2. A. Valiyev — Tuman “Agrotexservis MTP” MChJ raisi oʻrinbosari 3. S. Sultonov — Tuman “Fermyerlar kengashi” raisi 4. N. Yusupov — DASK “Agrosugʻurta” Yangiqoʻrgʻon tuman filiali mutaxassisi
Tuman hokimining 2014-yil 17-fevraldagi 135-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Hudud nomi Texnikaning nomi Texnikaning rusumi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1. Tuman markaziy MTP OAJ haydov traktorlari Magnum, Arion, MX, 09:00-16:00 Tuman markaziy MTP OAJ avtosaroyi 04.08.2014-yil chopiq traktorlari TTZ-80-11, MTZ-80 09:00-16:00 03.03.2014-yil transport traktorlari MTZ-80, TTZ-80-10 09:00-16:00 01.04.2014-yil traktor tirkamalari 2PTS-4-793 09:00-16:00 01.04.2014-yil don kombaynlari Keys, Klass, Nyu-xolland 09:00-16:00 01.05.2014-yil kultivatorlar KXU-4 09:00-16:00 01.03.2014-yil meliorativ texnikalar EO-2621, EO-2421 09:00-16:00 01.04.2014-yil ochar olish (chizel ) moslamalari GX-4 09:00-16:00 02.06.2014-yil er tekislagichlar GN-2,8 09:00-16:00 01.03.2014yil mineral oʻgʻitlagichlar NRU-0,5 09:00-16:00 20.02.2014-yil OVX purkagichlar OVX-600 09:00-16:00 01.03.2014-yil don ekish moslamalari Qoʻgʻay-2,4 09:00-16:00 02.06.2014-yil tishli boronalar BZTS-1,0 09:00-16:00 01.03.2014-yil
