Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (40-son)
14.01.2014
Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish quyidagi davriylikka muvofiq belgilansin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — joriy yilning 1-martidan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — joriy yilning 1-sentabridan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi joriy yilning 1-martidan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi joriy yilning 15-yanvaridan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 3-band talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib boruvchi xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J. Qayumov zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim T. RAPIQOV
Yangiqoʻrgʻon sh.,
2014-yil 14-yanvar,
40-son
Tuman hokimining 2014-yil 14-yanvardagi 40-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda transport vositalari texnik koʻrigini oʻtkazishni tashkil etuvchi komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi: D. Choʻlponov — Viloyat YHXB yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori serjant Komissiya kotibi: Gʻ. Qayumov — Viloyat YHXB yoʻl harakati xavfsizligi mutaxassisi Komissiya aʼzolari: A. Bekzamatov — “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Namangan viloyat hududiy boʻlimi sektor mudiri A. Fayziddinov — Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi bosh muhandisi N. Yusupov — DASK “Agrosugʻurta” Yangiqoʻrgʻon tuman filiali mutaxassisi F. Qudratov — Tuman mudofaa boʻlimi vakili M. Mirzakbarov — “Sher-Bobir transservis” MChJ xodimi Sh. Umarov — DT “Xalq banki” tuman filiali boshqaruvchisi
Tuman hokimining 2014-yil 14-yanvardagi 40-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilot, korxona, xoʻjalik va muassasalar nomi Texnik koʻrik oʻtkazish kunlari Texnik koʻrik oʻtkazish vaqti Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Transportlar soni 1. “Sharif” OTAJ 02.04.2014-y. 09:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 14 2. Tuman hokimligi 03.04.2014-y. 14:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 2 3. Tuman veterinariya boʻlimi 04.04.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 3 4. Aloqa va pochta boʻlimi 07.04.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 5 5. Tuman xalq taʼlimi muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 09.04.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 1 6. Tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya markazi 10.04.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 4 7. “5-xoʻjaliklararo mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna” korxonasi 11.04.2014-y 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 11 8. “J. Oxunov Sharq yulduzi” agrofirmasi 11.04.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 12 9. “Xadikent kelajak tongi” agrofirmasi 14.04.2014-y. 14:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 2 10. “Poramon Shoxruxmirzo” MTP 16.04.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 3 11. Yengil sanoat kasb-hunar kolleji 17.04.2014-y. 14:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 2 12. “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ 18.04.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 5 13. Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 21.04.2014-y. 14:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 2 14. “Gulshan Jasur Gʻayrat” agrofirmasi 23.04.2014-y. 14:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 2 15. “Birlashgan Feruz Umid oroli” agrofirmasi 24.04.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 6 16. “Toʻychi Neʼmatov Bekobod” agrofirmasi 25.04.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 8 17. “Turkiston Sadoqat baxt iqboli” agrofirmasi 28.04.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 4 18. “Said baraka Doli Sattorov” agrofirmasi 30.04.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 8 19. “Iskovot rizq-roʻz” agrofirmasi 01.05.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 11 20. “Zarkent qirmizi mevasi” agrofirmasi 02.05.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 10 21. “Koʻkyor ungʻor sharsharasi” agrofirmasi 05.05.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 5 22. “Marvel DjusKO” qoʻshma korxonasi 07.05.2014-y. 09:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 15 23. “Nanay tiklanish bogʻboni” agrofirmasi 08.05.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 9 24. “Oqtom” MMTP 05.05.2014-y. 14:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 2 25. MK “Vatanparvar” tashkiloti 09.05.2014-y. 09:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 15 26. Tuman tibbiyot birlashmasi 12.05.2014-y. 09:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 29 27. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 14.05.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 7 28. “Yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish” korxonasi 15.05.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 3 29. “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi tuman filiali 16.05.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 9 30. Tuman “Mashina, traktor parki” AJ 19.05.2014-y. 09:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 18 31. “Yangiqoʻrgʻon” gʻisht zavodi 21.05.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 6 32. “Iskovot” gʻisht zavodi 22.05.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 4 33. “Paxtachi” dam olish maskani 23.05.2014-y. 09:00-16:00 Oʻz avtosaroyida 4 34. “Yevro Aziya trans” MChJ 28.05.2014-y. 09:00-17:00 Oʻz avtosaroyida 30 35. “Xamza Radivon Mirishkorlari”fermer xoʻjaligi 24.05.2014-y. 09:00-12:00 Tuman MTP AJda 1 36. “Umid” fermer xoʻjaligi 24.05.2014-y. 09:00-12:00 Tuman MTP AJda 1 37. “Baxtiyor” fermer xoʻjaligi 24.05.2014-y. 09:00-12:00 Tuman MTP AJda 1 38. “Yangiqoʻrgʻon yangi tong” fermer xoʻjaligi 24.05.2014-y. 09:00-12:00 Tuman MTP AJda 1 39. Birlashgan, Bekobod, Istoqlol QFYda yashovchi fuqarolarning shaxsiy avtotransportlari 29.05.2014-y. 09:00-18:00 “Birlashgan” MMTPda Shaxsiy 40. Zarbdor, Navkent, Navroʻzobod QFYda yashovchi fuqarolarning shaxsiy avtotransportlari 30.05.2014-y. 09:00-18:00 “Iskovot” MMTPda Shaxsiy 41. Nanay, Zarkent, Poramon QFYda yashovchi fuqarolarning shaxsiy avtotransportlari 02.06.2014-y. 09:00-18:00 “Koʻkyor” MMTPda Shaxsiy 42. Yangiqoʻrgʻon ShFY, Sh.Yulduzi, Qorapolvon QFYdagi yashovchi fuqarolarning shaxsiy avtotransportlari 04.06.2014-y. 09:00-18:00 “J.Oxunov” MMTPda Shaxsiy
