Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (84-son)
25.01.2014
Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga muvofiq transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 25-yanvardan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori 3-band talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib borgan xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari D. Alimov zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. ABDULKARIMOV
Kosonsoy sh.,
2014-yil 25-yanvar,
84-son
Tuman hokimining 2014-yil 25-yanvardagi 84-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda transport vositalarini texnik koʻrigini oʻtkazishni tashkil etuvchi komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi: X. Xamrayev — Kosonsoy tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, serjant Komissiya kotibi: A. Raximov — Tuman avtomotohavaskorlar jamiyati raisi Komissiya aʼzolari: A. Bekzamatov — “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Namangan viloyat hududiy boʻlimi sektor mudiri Z. Umarov — Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi boshligʻi M. Mamatqulov — Tuman MTP aksiyadorlik jamiyati mutaxassisi X. Turdiyev — Tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi mexanigi M. Dadajonov — “Mahalla” xayriya jamoat fondi Kosonsoy tuman boʻlimi raisi R. Xolmatov — “Istiqlol avtotrans” MChJ mexanigi
Tuman hokimining 2014-yil 25-yanvardagi 84-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumanda transport vositalarini texnik koʻrigini oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilot, korxona, xoʻjaliklar, muassasalar nomlari Texnik koʻrikni oʻtkazish kuni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Koʻrikni oʻtkazish vaqti Transport vositalari soni 1. “MTP” DAJ 19.04.2014-yil DAJda 9:00-16:00 12 2. “Parrandachilik” hissadorlik jamiyati 20.04.2014-yil Fabrikada 9:00-16:00 8 3. Kosonsoy tuman veterinariya boʻlimi va “Qishloqxoʻjalikkimyo” XAJ tuman filiali 21.04.2014-yil YHXB da 16:00-18:00 6 4. “Paxta tolasi” AJ 22.04.2014-yil YHXB da 9:00-16:00 3 5. “Tergachi” MMTP 23.04.2014-yil MTP avtosaroyida 9:00-16:00 3 6. “Buxoro” MMTP 24.04.2014-yil MTP avtosaroyida 9:00-16:00 3 7. “Kosonsoy” MMTP 25.04.2014-yil MTP avtosaroyida 9:00-18:00 5 8. “Ququmboy” MMTP 26.04.2014-yil MTP avtosaroyida 9:00-18:00 3 9. “Xudoyberdiyev” MMTP 27.04.2014-yil MTP avtosaroyida 9:00-16:00 5 10. Kosonsoy Davlat oʻrmon xoʻjaligi 28.04.2014-yil MTP avtosaroyida 9:00-16:00 6 11. “Sanitar tozalov” MChJ 1.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 8 12. “Sharq Yulduzi” MMTP 2.05.2014-yil MTP avtosaroyida 9:00-16:00 8 13. “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi tuman filiali 3.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 12 14. “Chindovul” MMTP 4.05.2014-yil MTP avtosaroyida 9:00-16:00 7 15. “Navoiy” MMTP 5.05.2014-yil MTP avtosaroyida 9:00-16:00 5 16. “Sh.Rashidov” MMTP 7.05.2014-yil MTP avtosaroyida 9:00-16:00 9 17. “Obodon” MMTP 8.05.2014-yil MTP avtosaroyida 9:00-16:00 7 18. “Suvoqova” korxonasi 9.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 2 19. Tuman Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti 10.05.2014-yil Avtosaroyda 16:00-18:00 19 20. Kosonsoy tumani pochta aloqa boʻlimi 11.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 3 21. “Vodiygaztaʼminoti” UK tuman filiali 12.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 11 22. Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 14.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 4 23. “K.Moʻminov” MChJ 15.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 8 24. Kosonsoy tuman avtomobil yoʻllar boʻlimi 16.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 7 25. “Kosonsoy sihatgohi” MChJ 17.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 5 26. “Faxriylar sihatgohi” MChJ 18.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 5 27. Tuman Aloqa va kommunikatsiya bogʻlamasi 19.05.2014-yil YXXB da 9:00-16:00 3 28. Tuman Agrosugʻurta boʻlimi 21.05.2014-yil YXXB da 9:00-16:00 2 29. Kosonsoy tumanidagi markaziy shifoxona 22.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 15 30. Podshoota-Chodak irrigatsiya tizimlari Kosonsoy tuman filiali 23.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 11 31. Kosonsoy tuman 44-sonli maktab internati 24.05.2014-yil YXXB da 9:00-16:00 3 32. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi 25.05.2014-yil Avtosaroyda 9:00-16:00 6 33. Kosonsoy tuman 45-sonli maktab internati 26.05.2014-yil YXXB da 9:00-16:00 2 34. Kosonsoy maishiy xizmat kolleji 28.05.2014-yil YXXB da 9:00-16:00 3 35. Kosonsoy tuman sanoat va transport kolleji 29.05.2014-yil YXXB da 9:00-16:00 2 36. Kosonsoy tuman tibbiyot kolleji 30.05.2014-yil YXXB da 9:00-16:00 3 37. “Kosonsoynoma” gazetasi tahririyati 31.05.2014-yil YXXB da 9:00-16:00 1 38. Tumandagi boshqa tashkilotlar 1-8.06.2014-yil YXXB da 9:00-16:00 34 39. Tumandagi fermer xoʻjaliklari 9-10.06.2014-yil YXXB da 9:00-16:00 15
