Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (139-son)
10.03.2014
Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimining
qarori
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) 17-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 10-martdan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 10-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 10-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori 3-band talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib borgan xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Kamalov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim v.v.b. B. XAMDAMOV
Mingbuloq t,
2014-yil 10-mart.,
139-son
Tuman hokimining 2014-yil 10-martdagi 139-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda transport vositalarni texnik koʻrigini oʻtkazishni tashkil etuvchi komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi: J. Abdulxafizov — Mingbuloq tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, serjant Komissiya raisi oʻrinbosari: M. Kamalov — Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Komissiya kotibi: N. Esonova — Tuman avtomotohavaskorlar jamiyati raisi Komissiya aʼzolari: A. Bekzamatov — “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Namangan viloyat hududiy boʻlimi sektor mudiri O. Gʻoyipov — “Davtexnazorat” qishloq xoʻjalik texnikalari tuman davlat inspektori A. Abdurazzakov — “Muhammad Bobur Yengilmastrans” MChJ harakat xavfsizligi muhandisi A. Mirzamaxmudov — Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman kengashi oʻqituvchisi B. Yoʻldoshev — “Mingbuloqtrans ekspress” xususiy avtokorxona texnik-mexanigi T. Rayimov — Tuman “Mashina, traktor parki” AJ mutaxassisi E. Qoʻyliyev — Tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi mexanigi V. Raxmonov — “Mahalla” xayriya jamoat fondi Mingbuloq tuman boʻlinmasi mutaxassisi
Tuman hokimining 2014-yil 10-martdagi 139-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumanda transport vositalarini texnik koʻrigini oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilot, korxona, xoʻjaliklar, muassasalar nomlari Texnik koʻrikni oʻtkazish kuni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Koʻrikni oʻtkazish vaqti Transport vositalari soni 1. Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman kengashi 09.04.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 15 ta 2. Tuman Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 10.04.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 1 ta 3. Mingbuloq tuman hokimligi 13.04.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 2 ta 4. Mingbuloq telekomunikatsiya bogʻlanmasi 16.04.2014-yil Avtosaroyida 9:00-12:00 2 ta 5. Mingbuloq pochta aloqa tarmoqlari 16.04.2014-yil Avtosaroyida 12:00-16:00 2 ta 6. Tuman sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi 17.04.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 2 ta 7. Tuman mashina, traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati 23.04.2014 Avtosaroyida 9:00-16:00 12 ta 8. “Mingbuloq qurilish savdo” xususiy korxonasi 24.04.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 18 ta 9. Tuman “Matlubot ulgurji chakana savdo” hissadorlik jamiyati 25.04.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 6 ta 10. “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi “Mingbuloq tumangaz” filiali 27.04.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 5 ta 11. Tuman Tibbiyot birlashmasi 01.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 10 ta 12. Tuman veterinariya boʻlimi 02.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 1 ta 13. DT “Xalq banki” tuman filiali 04.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 1 ta 14. Dovduq aloqa kasb-hunar kolleji 07.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 1 ta 15. Zardaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasi 10.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 5 ta 16. Tuman “Obodonlashtirish” boshqarmasi 11.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 2 ta 17. “Mingbuloqdavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi 13.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 2 ta 18. Mingbuloq “Agrotexservis” MChJ 14.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 1 ta 19. “Muhammad Bobur Yengilmastrans” MChJ 15.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 26 ta 20. “Javoxirbek Sardorbek transekspress” MChJ 16.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 2 ta 21. “Diyor Zamondosh” MChJ 18.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 6 ta 22. “Zamondosh” MChJ 20.05.2014-yil Avtosaroyida 9:00-16:00 2 ta 23. Tumandagi fermer xoʻjaliklar, xususiy korxonalar 10.03.2014-yildan 01.06.2014-yilgacha Avtosar�yida 9:00-16:00 (roʻyxat asosida)
