Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (136-son)
07.03.2014
Namangan viloyati Namangan shahar hokimining
qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) talablaridan kelib chiqib, shaharda 2014-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Shahardagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, mashina-traktor parki OAJlari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobga olish va ularning texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga va texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va koʻrsatilgan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi shahar komissiyasiga:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, mashina-traktor parki OAJlari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ, yoʻl qurilishi texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan va texnik koʻrikka taqdim etilmagan texniklarni, texnik talabga javob bermaydigan texnikalarni ishga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
texnik koʻrik davomida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini mavsumga tayyorgarligi, har bir traktorchi-mashinistning tegishli texnikani boshqarish uchun ruxsat etilgan toifaning mavjudligi, texnikalarni oʻrnatilgan tartib asosida roʻyxatdan oʻtkazilganligi va boshqa talablarni amalga oshirish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Shahardagi barcha korxona, tashkilot, mashina-traktor parki OAJlari rahbarlariga, hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, asbob-uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrikka tegishli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan har bir texnika uchun undirilgan yigʻimni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi 23402000300100001010 hisob raqamiga MMVB XTTM Toshkent shahri, MFO: 00014, INN: 201122919, “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi ShXV 401421860144017950100082001, INN: 200057080 hisob raqamiga toʻlanishi taʼminlansin.
5. Shahar hokimining birinchi oʻrinbosari S. Sultanovga shahardagi korxona, tashkilot, mashina-traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati va fuqarolarda mavjud boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish vazifasi topshirilsin.
6. Mazkur qaror matbuotda rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni shahar hokimining birinchi oʻrinbosari S. Sultanov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. BEKXODJAYEV
Namangan sh.,
2014-yil 7-mart,
136-son
Shahar hokimining 2014-yil 7-martdagi 136-sonli qaroriga 1-ILOVA
Namangan shahrida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi komissiya
TARKIBI
Shahar hokimining 2014-yil 7-martdagi 136-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi chopiq traktori va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
REJASI
T/r Korxona, tashkilot nomi Texnikaning nomi Texnikaning rusumi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1 2 3 4 5 6 7 1. “Namangan elektr tarmoqlari” OAJ transport traktor T28X4MS1 09:00-16:00 “Namangan elektr tarmoqlari” OAJ avtosaroyida 02.04.2014-yil transport traktor TTZ-80.10 transport traktor T-40 traktor tirkamasi 2PTS-4-793 ekskavator EO-2621, EO-2302 2. Namangan muhandislik pedagogika instituti transport traktor T-25A 09:00-16:00 Namangan muhandislik pedagogika instituti avtosaroyida 04.04.2014-yil transport traktor TTZ-80.10 zanjirli traktor T-4A 3. Mevali koʻchatlar yetishtirish tajriba xoʻjaligi gʻildirakli traktor MTZ-80 09:00-16:00 Mevali koʻchatlar yetishtirish tajriba xoʻjaligi avtosaroyida 08.04.2014-yil gʻildirakli traktor T28X4MS1 zanjirli traktor DT-75M 4. Namangan Agrotadbirkorlik kolleji gʻildirakli traktor TTZ-80.10 09:00-16:00 Namangan Agrotadbirkorlik kolleji avtosaroyida 09.04.2014-yil gʻildirakli traktor TTZ-80.11 gʻildirakli traktor T28X4MS1 ekskavator EO-2621 traktor tirkamalari 2PTS-4-793 5. “Vodiygaztaʼminot” UK Namangan shahar filiali gʻildirakli traktor T28X4MS1 09:00-16:00 “Vodiygaztaʼminot” UK Namangan shahar filiali avtosaroyida 11.04.2014-yil ekskavator EO-2621 traktor tirkamalari 2PTS-4-793 6. “Suvoqava” ishlab chiqarish korxonasi transport traktor T28X4MS1 09:00-16:00 “Suvoqava” ishlab chiqarish korxonasi avtosaroyida 15.04.2014-yil traktor tirkamalari 2PTS-4-793 ekskavator EO-2621, EO-2302 7. “Karbonam” hissadorlik jamiyati tra�sport traktor TTZ-80.10 09:00-16:00 “Karbonam” hissadorlik jamiyati avtosaroyida 16.04.2014-yil traktor tirkamalari 2PTS-4-793 8. “KALISTO SEVIS” MChJ yuklagich L-34 09:00-16:00 “KALISTO SEVIS” MChJ avtosaroyida 18.04.2014-yil ekskavator EO — 5124, EO-1252 ekskavator EO-2621 buldozer T-170 transport traktor T28X4MS1 traktor tirkamalari 2PTS-4-793 9. “Paxtalikoʻl” sihatgohi transport traktor T-40 09:00-16:00 “Paxtalikoʻl” sihatgohi avtosaroyida 22.04.2014-yil gʻildirakli traktor T28X4MS1 zanjirli traktor DT-75M ekskavator EO-2621 mini traktor 4SM-15 traktor tirkamalari 2PTS-4-793 10. “Markaziy MTP” OAJ haydov traktori Magnum-8940 09:00-16:00 “Markaziy MTP” OAJ avtosaroyida 23.04.2014-yil transport traktor T-40 traktor tirkamalari 2PTS-4-793, GKB-819 11. “Namangan don mahsulotlari” AJ gʻildirakli traktor MTZ-80 09:00-16:00 “Namangan don mahsulotlari” AJ avtosaroyida 25.04.2014-yil -26.04.2014-yil gʻildirakli traktor TTZ-100K gʻildirakli traktor TTZ-60.10 gʻildirakli traktor T28X4MS1 gʻildirakli traktor TTZ-80.10 yuklagich XSMG-9321 traktor tirkamalari 2PTS-4-793, GKB-887 12. “Ikkilamchiqorametall” shuʼba korxonasi transport traktor TTZ-80.10 09:00-16:00 “Ikkilamchi qorametall” shuʼba korxonasi avtosaroyida 29.04.2014-yil transport traktor TTZ-100K.10 transport traktor T-40 transport traktor T28X4MS1 transport traktor MTZ-80 traktor tirkamasi 2PTS-4-793 13. Namangan viloyat oʻquv kurs kombinat transport traktor MTZ-80 09:00-16:00 Namangan viloyat oʻquv kurs kombinat avtosaroyida 30.04.2014-yil traktor tirkamasi 2PTS-4-793 14. “Namangan Parranda” MChJ transport traktor MTZ-80 09:00-16:00 “Namangan Parranda” MChJ avtosaroyida 06.05.2014-yil transport traktor T28X4MS1 transport traktor T-40 traktor tirkamasi 2PTS-4-793 15. Namangan Davlat oʻrmon xoʻjaligi gʻildirakli traktor T-25A 09:00-16:00 Namangan Davlat oʻrmon xoʻjaligi boʻlimlarida 07.05.2014-yil -09.05.2014-yil gʻildirakli traktor T28X4MS1 gʻildirakli traktor MTZ-50 gʻildirakli traktor MTZ-80 gʻildirakli traktor TTZ-80.10 zanjirli traktor T-4A zanjirli traktor DT-75 traktor tirkamasi 2PTS-4-793, OZTP transport traktor T-150K ekskavator EO-2621 16. Nasos stansiyalar energetika va aloqa boshqarmasi transport traktor T28X4MS1 09:00-16:00 Nasos stansiyalar energetika va aloqa boshqarmasi avtosaroyida 13.05.2014-yil traktor tirkamasi PSE-F-12.5B ekskavator EO-2621 17. “Namangan Megastroy” MChJ ekskavator EO-4111, EO-4321, 09:00-16:00 “Namangan Megastroy” MChJ avtosaroyida 16.05.2014-yil yuklagich TO-18 buldozer T-130 transport traktor T28X4MS1 traktor tirkamasi 2PTS-4-793 18. “Nampaxtatrans” MChJ transport traktor TTZ-80.10 09:00-16:00 “Nampaxta trans” MChJ avtosaroyida 20.05.2014-yil -27.05.2014-yil traktor tirkamasi 2PTS-4-793 19. Katta Namangan magistral kanallar boshqarmasi transport traktor T28X4MS1 09:00-16:00 Katta Namangan magistral kanallar boshqarmasi boʻlimlarida 28.05.2014-yil -30.05.2014-yil ekskavator EO-2621, EK-2027 buldozer T-4A 20. “Namangandavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi ekskavatorlar Xitoy XR. CLG; JY 09:00-16:00 “Namangandavsuvmaxsus pudrat” davlat unitar korxonasi avtosaroyida 03.06.2014-yil -06.06.2014-yil buldozerlar T-140; T-9.01; SD-16 ekskavatorlar EO-4111 transport traktor K-701R treyler PT-60 transport traktor TTZ-80.10 traktor tirkamasi 2PTS-4-793 21. “Markazmaxsussuvdrenajtaʼmirqurilish” MChJ yuklagich K-701-PG 09:00-16:00 “Markazmaxsussuvdrenajtaʼmir qurilish” MChJ avtosaroyida 10.06.2014-yil -11.06.2014-yil transport traktor T28X4MS1 transport traktor T-150K transport traktor K-701 buldozerlar T-130; T-4A ekskavatorlar EO-4121B; EO3311; EO-4321B traktor tirkamasi 2PTS-4-793 traktor tirkamalar GKB-5380; ChMZAP 22. “11-sonli mexanizatsiya jamlanma” MChJ transport traktorlar K-700; K-701 09:00-16:00 “11-sonli mexanizatsiya jamlanma” MChJ avtosaroyida 17.06.2014-yil -18.06.2014-yil gʻildirakli traktorlar MTZ-80; MTZ-82; transport traktorlar T28X4MS1 buldozerlar DZ-110A; T-4A ekskavatorlar EO-2621; EO3323A; traktor tirkamalar 2PTS-4-793 ChMZAP 23. “Namangan texnika” MChJ ekskavator EO-2621 09:00-16:00 “Namangan texnika” MChJ avtosaroyida 20.06.2014-yil buldozer T-130 24. Shimoliy Fargʻona magistral kanallar boshqarmasi gʻildirakli traktor T28X4MS1 09:00-16:00 Shimoliy Fargʻona magistral kanallar boshqarmasi avtosaroyida 24.06.2014-yil -25.06.2014-yil ekskavatorlar EO-2621; EO-4111 ekskavator JVL-210 traktor tirkama 2PTS-4-793 25. Namangan viloyati Irrigatsiya oʻrmon xoʻjaligi gʻildirakli traktor T28X4MS1 09:00-16:00 Namangan viloyati Irrigatsiya oʻrmon xoʻjaligi avtosaroyida 27.06.2014-yil-02.07.2014-yil gʻildirakli traktor MTZ-80 gʻildirakli traktor T-25A zanjirli traktor T-4A zanjirli traktor DT-75 ekskavator EO-2621 buldozerlar DZ-171; DT-75M; buldozer T-4A gʻildirakli traktor YuMZ-6L zanjirli traktor T-54V gʻildirakli traktor T-40 traktor tirkamalar 2PTS-4-793; PSE-F-12.5A 26. “Namangan shahar Obodonlashtirish” davlat unitar korxonasi transport traktor T28X4MS1 09:00-16:00 “Namangan shahar Obodonlashtirish” davlat unitar korxonasi avtosaroyida 04.07.2014-yil transport traktor TTZ-80.10 transport traktor T-40 traktor tirkama 2PTS-4-793 yuklagich TTZ-60.11 27. Namangan Aeroporti transport traktor TTZ-80.10 09:00-16:00 Namangan Aeroporti avtosaroyida 08.07.2014-yil transport traktor T-40 traktor tirkama 2PTS-4-793 28. Namangan shahridagi MFYlarga tegishli texnikalar transport traktor T28X4MS1 09:00-16:00 “Dizel apparatura” MChJ avtosaroyida 01.08.2014-yilgacha traktor tirkama 2PTS-4-793 29. Boshqalar (Namangan shahridagi texnika kam boʻlgan korxona, firma va yuridik shaxslar tasarrufidagi texnikalar) transport traktorlar T28X4MS1; T-40 09:00-16:00 “Dizel apparatura” MChJ avtosaroyida 01.08.2014-yilgacha transport traktorlar MTZ-80; TTZ-80 traktor tirkama 2PTS-4-793 ekskavatorlar EO-2621; buldozerlar T-4A; T-130 30. Namangan shahridagi yakka tartibdagi tadbirkorlar tasarrufidagi texnikalar ekskavatorlar EO-2621 09:00-16:00 “Dizel apparatura” MChJ avtosaroyida yil davomida ekskavatorlar “SAMSUNG” ekskavatorlar “NUNDAY” ekskavatorlar “VOLVO” ekskavatorlar “DOOSAN” yuklagichlar XSMG 31. Namangan shahridagi fuqarolarga tegishli qishloq xoʻjaligi texnikalari ekskavatorlar EO-2621 09:00-16:00 “Dizel apparatura” MChJ avtosaroyida yil davomida ekskavatorlar “SAMSUNG” ekskavatorlar “NUNDAY” ekskavatorlar “VOLVO” ekskavatorlar “DOOSAN” gʻildirakli traktorlar T28X4MS1 gʻildirakli traktorlar MTZ-80 gʻildirakli traktorlar T-40 traktor tirkamalar 2PTS-4-793 zanjirli traktorlar T-4A; DT-75M
