Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (66-son)
29.01.2014
Namangan viloyati Pop tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga muvofiq transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-fevraldan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori 3-band talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib borgan xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Nazarov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. RAHMANOV
Pop sh.,
2014-yil 29-yanvar,
66-son
Tuman hokimining 2014-yil 29-yanvardagi 66-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda transport vositalarini Davlat majburiy texnik koʻrigidan oʻtkazuvchi komissiya
TARKIBI
Tuman hokimining 2014-yil 29-yanvardagi 66-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklardagi transport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklar nomi Texnik koʻrik oʻtkazish kuni Koʻrikni oʻtkazish vaqti Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Transport vositalari soni 1. “Uzruberoid” masʼuliyati cheklangan jamiyati 03.04.2014 9.00-16.00 Korxona avtogaraji 22 2. Pop tuman davlat sanitariya-epidemologiya markazi 04.04.2014 10.00-15.00 Korxona avtogaraji 4 3. “Pap-Fen” qoʻshma korxonasi 07.04.2014 10.00-15.00 Korxona avtogaraji 3 4. “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi Pop tuman filiali 08.04.2014 15.00-18.00 Korxona avtogaraji 13 5. “Sirdaryo”, “Doʻstlik” muqobil mashina, traktor parklari 09.04.2014 9.00-16.00 MMTP avtosaroyida 11 6. “Toʻda” muqobil mashina, traktor parki 10.04.2014 9.00-16.00 MMTP avtosaroyida 10 7. “Transport ezgu niyat” shuʼba korxonasi 11.04.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 18 8. Pop yoʻl qurilishi foydalanish korxonasi 14.04.2014 9.00-18.00 Korxona avtogaraji 16 9. Pop tuman tibbiyot birlashmasi 15.04.2014 10.00-17.00 Korxona avtogaraji 22 10. Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Pop tuman boʻlimi 16.04.2014 9.00-18.00 Korxona avtogaraji 14 11. “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ Pop tuman filiali 17.04.2014 10.00-18.00 Korxona avtogaraji 20 12. “Toʻraqoʻrgʻon neft baza” unitar korxonasi Pop tuman filiali 18.04.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 22 13. “Xazratibob”, “Mashʼal” muqobil mashina, traktor parklari 19.04.2014 9.0-18.00 MMTP avtosaroyida 11 14. “Pop paxta tolasi” aksionerlik jamiyati 21.04.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 6 15. “Popdonmahsulotlari” aksionerlik jamiyati, “Issiqnon” masʼuliyati cheklangan jamiyati 22.04.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 10 16. Namangan suv xoʻjaligi qarashli 2-Avtokorxona 23.04.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 8 17. “Yakkatut”, “Nayman” muqobil mashina traktor parklari 24.04.2014 9.00-17.00 MMTP avtosaroyida 31 18. 4-Xalqobod kasb-hunar kolleji 25.04.2014 9.00-17.00 Kollej idorasida 4 19. “Navbahor”, “Navroʻz” muqobil mashina, traktor parki 26.04.2014 9.00-18.00 MMTP avtosaroyida 22 20. “Popavtotrans” masʼuliyati cheklangan jamiyati 28.04.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 16 21. “Pop nur savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati 29.04.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 13 22. “Pop ulgurji savdo” bazasi 30.04.2014 10.00-16.00 Korxona avtogaraji 11 23. “Pop mashina, traktor parki” aksionerlik jamiyati 01.05.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 22 24. “Krovlya” shirkati 02.05.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 23 25. “Pop elektr tarmoqlari” korxonasi 03.05.2014 9.00-18.00 Korxona avtogaraji 12 26. “Namangan baliq” masʼuliyati cheklangan jamiyati 06.05.2014 9.00-17.00 MChJ avtogaraji 10 27. “Madamin ota” masʼuliyati cheklangan jamiyati 07.05.2014 9.00-17.00 MChJ avtogaraji 6 28. “Gʻurumsaroy” muqobil mashina, traktor parki, “Gʻurumsaroy” agrosanoat kolleji 08.05.2014 10.00-16.00 MMTP avtosaroyida 27 29. “Vodiy” muqobil mashina traktor parki 10.05.2014 9.00-17.00 MMTP avtosaroyida 14 30. “Gʻurumsaroy” kasb hunar-kolleji, “M.Umurzoqov” masʼuliyati cheklangan jamiyati 12.05.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 11 31. Pop tumanidagi “Muruvvat uyi” 13.05.2014 9.00-17.00 Muassasa hovlisida 4 32. “R.Mirzaliyev” masʼuliyati cheklangan jamiyati 14.05.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 6 33. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ Pop tuman boʻlimi, “Uztelekom” AJ Pop tuman filiali 15.05.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 4 34 “Namangan koʻprik qurilish foydalanish” korxonasi 16.05.2014 10.00-16.00 Korxona avtogaraji 5 35. “Olmaliq” OAJ qarashli Chodak 6-avtokorxonasi 19.05.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 16 36. “Chodak xatardan qutqaruv” korxonasi 20.05.2014 9.00-18.00 Korxona avtogaraji 6 37. “Chodak ishchilar taʼminoti” korxonasi 21.05.2014 9.00-18.00 Korxona avtogaraji 8 38. “Ibn Sino” oʻrmon xoʻ�aligi, “Chodak” muqobil mashina, traktor parki 22.05.2014 9.00-18.00 Korxona avtogaraji 5 39. “Chotqol” masʼuliyati cheklangan jamiyati 23.05.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 6 40. “Parda Tursun” sihatgoxi 24.05.2014 10.00-17.00 Korxona avtogaraji 8 41. “Ulugʻbek” xususiy korxonasi 27.05.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 6 42. Pop tuman Veterinariya xizmati 28.05.2014 9.00-17.00 Korxona avtogaraji 2 43. Pop tuman hokimligi 29.05.2014 9.00-17.00 YHXB hovlisida 4 44. Tuman hokimligi moliya boʻlimi 30.05.2014 9.00-18.00 YHXB hovlisida 3 45. Tuman hududidagi fermer xoʻjaliklari 01.06.2014 9.00-17.00 YHXB hovlisida 19 46. Tuman hududidagi xususiy korxonalar 05.06.2014 9.00-17.00 YHXB hovlisida 63
