Tennis klublari uchun belgilangan soliqqa oid imtiyozlar muddatini uzaytirish toʻgʻrisida (39-son)
30.01.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada tennisni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, tennis klublarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 25-avgustdagi 414-son qarorining 7-bandiga muvofiq tennis klublari uchun belgilangan soliqqa oid imtiyozlarning amal qilishi 2005-yil 1-sentabrgacha uzaytirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 30-yanvar,
39-son
