Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (65-son)
12.02.2014
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimining
qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina, traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) talablaridan kelib chiqib, tumanda 2014-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina, traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot mashina, traktor parki OAJlari, muqobil mashina, traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina, traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobga olish va ularning texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga, texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va koʻrsatilgan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasiga:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, mashina, traktor parki OAJlari, muqobil mashina, traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina, traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan va texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalarni, texnik talabga javob bermaydigan texnikalarni ishga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
texnik koʻrik davomida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina, traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini mavsumga tayyorgarligi, har bir traktorchi-mashinistning tegishli texnikani boshqarish uchun ruxsat etilgan toifaning mavjudligi, texnikalarni oʻrnatilgan tartib asosida roʻyxatdan oʻtkazilganligi va boshqa talablarni amalga oshirish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Tumandagi barcha korxona, tashkilot, mashina, traktor parki OAJlari, muqobil mashina, traktor parklari, fermer xoʻjaliklari rahbarlariga hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrikka tegishli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan har bir texnika uchun undirilgan yigʻimni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi 23402000300100001010 hisob raqamiga MMVB XTTM Toshkent shahri, MFO: 00014 IIN: 201122919 “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi ShXV 401421860144017950100082001, INN: 200057080 hisob raqamiga toʻlanishi taʼminlansin.
5. Tuman hokimining oʻrinbosari A. Axmedovga tumandagi korxona, tashkilot, mashina, traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor, parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
6. Mazkur qaror “Davr” gazetasida rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim v.b. N. KAIMOV
Toʻraqoʻrgʻon sh.,
2014-yil 12-fevral,
65-son
Tuman hokimining 2014-yil 12-fevraldagi 65-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toʻraqoʻrgʻon tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina, traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik Davlat majburiy texnik koʻrigidan oʻtkazuvchi komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2014-yil 12-fevraldagi 65-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi chopiq traktori va meliorativ texnikani, shuningdek mashina, traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
