Amudaryo tumani hududidagi ayrim geografik obyektlarning nomlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida (166/37-4-son)
07.08.2014
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq deputatlari Amudaryo tumani kengashi
qarori
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011y., 41-son, 448-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 483-modda) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining 2014-yil 30-iyuldagi “Amudaryo tumani hududidagi ayrim geografik obyektlarning nomlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 288-sonli qarori toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining 2014-yil 30-iyuldagi “Amudaryo tumani hududidagi ayrim geografik obyektlarning nomlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 288-sonli qarori ijro qilish uchun rahbarlikka olinsin.
2. Ushbu qaror bilan Amudaryo tumani hududidagi ayrim geografik obyektlarning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha tuman hokimining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi talablariga javob bermaganligi sababli oʻzgartiriladigan aholi punktlari nomlari 1-ilovaga, Amudaryo tumanida Qonun talablariga muvofiq boʻlgan, lekin nom berilishi toʻgʻrisida davlat boshqaruv organlarining qarorlari mavjud boʻlmagan shahar, shaharcha, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda aholi punktlari nomlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangani;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga Amudaryo tumani hududidagi ayrim geografik obyektlarning nomlariga oʻzgartirish kiritilishi munosabati bilan Respublika hududida ushbu nomlarning bir xilda yuritilishini taʼminlash choralari topshirilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunida:
a) aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilab oʻtilganligi;
b) geografik obyektlarning nomlarini belgilash, maqbullashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek ularning rasmiy kataloglari va maʼlumotnomalarini tayyorlash hamda nashr etish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi uchun har yili nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Amudaryo tuman komissiyasi (B. Baltabayev)ga:
tuman Ichki ishlar boʻlimi (O. Orinbayev) bilan birgalikda nomlari oʻzgargan joylarda yashovchi fuqarolar pasportlarining tegishli ravishda qayta roʻyxatdan oʻtishini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror kuchga kirishi bilan uch kunlik muddat ichida hududlarga boʻlgan holda maxsus grafik asosdagi chora-tadbir ishlab chiqib tuman hokimi tasdigʻiga kiritilishini;
qarorning 1-2-ilovalardagi oʻzgartirishlar asosida tuman hududida joylashgan geografik obyektlar nomlarining yoʻl belgilaridagi, peshlavhalar va boshqa koʻrsatkichlardagi yozuvlarini davlat tilida ifodalanishini;
tuman hududidagi ayrim geografik obyektlarning nomlariga oʻzgartirish kiritilishi munosabati bilan ushbu nomlarning bir xilda yuritilishini taʼminlash, nomlari oʻzgartirilgan geografik obyektlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilib borish topshirilsin.
4. Tuman yer resurslari va davlat kadastr boʻlimi (U. Yuldoshev) qaror kuchga kirishi bilan tuman hududidagi geografik obyektlarning nomlari oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun oʻn kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasiga taqdim etilishi boʻyicha choralarini koʻrsin.
5. Tuman “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatiga (Gʻ. Eshniyazov) gazetaning keyingi sonida tuman hududidagi nomlariga oʻzgartirish kiritilgan va yangidan tashkil qilingan geografik obyektlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni gazetada yoritish orqali keng xalq ommasiga yetkazish boʻyicha tavsiya qilinsin.
6. Mazkur qaror “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi T. Babaniyozov zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R. Yoʻldashev
Amudaryo t.,
2014-yil 7-avgust,
166/37-4-son
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 7-avgustdagi 166/37-4-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi talablariga javob bermaganligi sababli oʻzgartiriladigan aholi punktlari
nomlari
T/r Geografik obyektning oldingi nomi Geografik obyektning taklif etilayotgan nomi Maʼmuriy-hududiy bogʻlanishi kirill lotin Aholi punktlari 1. Qoramon Qoramon yasqa Qoramon yasqa Doʻrman ovul fuqarolar yigʻini 2. Boʻzchi Dehqonobod Dehqonobod Oqoltin ovul fuqarolar yigʻini 3. Ayoqchi Paxtaobod Paxtaobod 4. Taqir qalʼa Obod mahalla Obod mahalla Toshyop ovul fuqarolar yigʻini 5. Murot Kamol Chorvador Chorvador Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini 6. Qizil yoʻl Halqa yoʻl Xalqa yoʻl 7. Eshon qalʼa Namatovul Namatovul Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini 8. Toza qalʼa Jayxun Jayxun 9. OʻzSXT Taraqqiyot Taraqqiyot 10. Jamol xoʻja Xoʻjaovul Xoʼjaovul Kuyukkoʻpir ovul fuqarolar yigʻini 11. Xitoy zagotpunkt Yangi qishloq Yangi qishloq
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 7-avgustdagi 166/37-4-sonli qaroriga 2-ILOVA
Amudaryo tumanida Qonun talablariga muvofiq boʻlgan, lekin nom berilishi toʻgʻrisida davlat boshqaruv organlarining qarorlari mavjud boʻlmagan shahar, shaharcha, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda aholi punktlari
nomlari
T/r Geografik obyektning amaldagi nomi Geografik obyektning oʻzbek tilida normalashtirilgan nomi Maʼmuriy-hududiy bogʻlanishi kirill lotin 1. Mangʻit shahri Mangʻit Mangʻit Amudaryo tumani 2. Jumurtov shaharchasi Jumurtov Jumurtov Amudaryo tumani 3. Z.M.Bobur OFY Zahiriddin Muhammad Bobur Zahiriddin Muhammad Bobur Amudaryo tumani 4. Boʻzyop OFY Boʻzyop Boʻzyop Amudaryo tumani 5. Doʻrman OFY Doʻrman Doʻrman Amudaryo tumani 6. Nazarxon OFY Nazarxon Nazarxon Amudaryo tumani 7. Oq oltin OFY Oqoltin Oqoltin Amudaryo tumani 8. Toʻlqin OFY Toʻlqin Toʻlqin Amudaryo tumani 9. Xitoy OFY Xitoy Xitoy Amudaryo tumani 10. Xolimbeg OFY Xolimbeg Xolimbeg Amudaryo tumani 11. Choykoʻl OFY Choykoʻl Choykoʻl Amudaryo tumani 12. Oʻrta qalʼa OFY Oʻrta qalʼa Oʻrta qalʼa Amudaryo tumani 13. Qangli OFY Qangli Qangli Amudaryo tumani 14. Qilichboy OFY Qilichboy Qilichboy Amudaryo tumani 15. Qipchoq OFY Qipchoq Qipchoq Amudaryo tumani 16. Kuyuk koʻpir OFY Kuyuk koʻpir Kuyuk koʻpir Amudaryo tumani 17. Beruniy MFY Beruniy Beruniy Mangʻit shahri 18. Boʻston MFY Boʻston Boʻston Mangʻit shahri 19. Navoiy MFY Navoiy Navoiy Mangʻit shahri 20. Oybek MFY Oybek Oybek Mangʻit shahri 21. Chordara MFY Chordara Chordara Mangʻit shahri Aholi punktlari 1. Koʻk oʻzak Koʻk oʻzak Koʻk oʻzak Amir Temur ovul fuqarolar yigʻini 2. Mehnatkash Mehnatkash Mehnatkash 3. Musofir Musofir Musofir 4. Otov Otov Otov 5. Chorbogʻ Chorbogʻ Chorbogʻ 6. Nukus ovul Nukus ovul Nukus ovul Z.M.Bobur ovul fuqarolar yigʻini 7. Seyt ovul Seyt ovul Seyt ovul 8. Qoʻngʻirot ovul Qoʻngʻirot ovul Qoʻngʻiro tovul 9. Ayoq qalʼa Ayoq qalʼa Ayoq qalʼa Jumur ovul mahalla fuqarolar yigʻini 10. Jumur ovul Jumur ovul Jumur ovul 11. Ishon qalʼa Eshon qalʼa Eshon qalʼa 12. Qoʻrgʻon Qoʻrgʻon Qoʻrgʻon 13. Alang ovul Alang ovul Alang ovul Boʻzyop ovul fuqarolar yigʻini 14.. Anna Oʻroz Anna Oʻroz Anna Oʻroz 15. Bojmon qalʼa Bojmon qalʼa Bojmon qalʼa 16. Boʻz ovul Boʻz ovul Boʼz ovul 17. Boʻzyop Katta Boʻzyop Katta Boʻzyop Katta 18. Jappas Jappas Jarpas 19. Sari ovul Sari ovul Sari ovul 20. Chordara Chordara Chordara 21. Yarimchi Yarimchi Yarimchi 22. Qanatboy Qanotboy Qanotboy 23. Qorajon Qorajon Qorajon 24. Boʻzchi Boʻzchi Boʻzchi Boʻz solma mahalla fuqarolar yigʻini 25. Boʻz solma Boʻzsolma Boʻzsolma 26. Ocha Ocha Ocha Qoramon mahalla fuqarolar yigʻini 27. Bekboy Bekboy Bekboy Nazarxon ovul fuqarolar yigʻini 28. Jalpaq jap Jalpaqjap Jalpaqjar 29. Koʻk daryo Koʻkdaryo Koʻkdaryo 30. Moylikoʻl Moylikoʻl Moylikoʻl 31. Nazarxon Nazarxon Nazarxon 32. Qirq oʻzak Qirqoʻzak Qirqoʻzak 33. Koʻna Bosu Koʻnabosu Koʻnabosu Oqoltin ovul fuqarolar yigʻini 34. Toza Bosu Tozabosu Tozabosu 35. Jiydali kulon Jiydali Qulon Jiydali Qulon 36. Ozodlik Ozodlik Ozodlik Toshyop ovul fuqarolar yigʻini 37. Birlashgan Birlashgan Birlashgan 38. Xitoy Xitoy Xitoy Xitoy ovul fuqarolar yigʻini 39. Sapashboy Sapashboy Sarashboy 40. Qumsangar Qumsangar Qumsangar 41. Jangal bogʻ Jangalbogʻ Jangalbogʻ Namuna mahalla fuqarolar yigʻini 42. Mulkdor Mulkdor Mulkdor 43. Qulon Qulon Qulon 44. Tor yop Toryop Toryop Toryop mahalla fuqarolar yigʻini 45. Mulla shol Mullashol Mullashol 46. Ayimbat Ayimbat Ayimbat 47. Oqbosh qalʼa Oqboshqalʼa Oqboshqalʼa 48. Oʻgizboy Oʻgizboy Oʻgizboy 49. Nukus qalʼa Nukusqalʼa Nukusqalʼa 50. Soritoy Soritoy Soritoy 51. Boy ovul Boyovul Boyovul Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻini 52. Uch yop sogʻa Uchyop Sogʻa Uchyop Sogʻa 53. Chagali yop Chagaliyop Chagaliyop 54. Qumli Qumli Qumli Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻini 55. Ayaqchi Ayoqchi Ayoqchi Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻini 56. Bogʻonali Bogʻonali Bogʻonali Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini 57. Qabash Qabash Qabash 58. Ishchi Qabash Ishchi Qabash Ihshci Qabash 59. Boʻz yop kichik Boʻzyop Kichik Boʻzyop Kichik 60. Polvonboy Polvonboy Polvonboy 61. Toma Toma Toma 62. Tuyoqli Tuyoqli Tuyoqli 63. Changal qalʼa Changalqalʼa Changalqalʼa 64. Maxsum ovul Maxsumovul Maxsumovul Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini 65. Toza qalʼa Tozaqalʼa Tozaqalʼa 66. Os ovul Osovul Osovul 67. Chaqcha Chaqcha Chaqcha 68. Shagʻal Shagʻal Shagʻal 69. Sharau qalʼa Sharauqalʼa Sharauqalʼa 70. Shayx qalʼa Shayxqalʼa Shayxqalʼa 71. Qora qipchoq Qoraqipchoq Qoraqipchoq 72. Ushoq Ushoq Ushoq Bosuv mahalla fuqarolar yigʻini 73. Noʻgʻay Eshon Noʻgʻay Eshon Noʻgʻay Eshon 74. Qassob qalʼa Qassobqalʼa Qassobqalʼa 75. Oqtov Oqtov Oqtov 76. Qoramon Qoramon Qoramon 77. Yuqori tuvligʻa Yuqori Tuvligʻa Yuqori Tuvligʻa 78. Bujuq koʻl shimoliy qismi Bujuqkoʻl shimoliy qismi Bujuqkoʻl shimoliy qismi Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻini 79. Vaxum Vaxum Vaxum 80. Yusuf xoʻja Yusufxoʻja Yusufxoʻja Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻini 81. Oʻrta qalʼa Oʻrtaqalʼa Oʻrtaqalʼa Arnaboʻyi mahalla fuqarolar yigʻini 82. Bujuq koʻl Bujuqkoʻl Bujuqkoʻl 83. Arna boʻyi Arnaboʻyi Arnaboʻyi 84. Bogʻ Bogʻ Bogʻ Bogʻ mahalla fuqarolar yigʻini 85. Panasham Panasham Panasham 86. Koʻkchi Koʻkchi Koʻkchi Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini 87. Qayir ovul Qayirovul Qayirovul 88. Chunoq Chunoq Chunoq Uyshin mahalla fuqarolar yigʻini 89. Beg ovul Begovul Begovul 90. Uyshin Uyshin Uyshin 91. Xoʻjakoʻl Xoʻ?akoʻl Xoʻjakoʻl Beshtom mahalla fuqarolar yigʻini 92. Besh tom Beshtom Beshtom 93. Qipchoq Qipchoq Qipchoq Daryoboʻyi mahalla fuqarolar yigʻini 94. Ishon ovul Eshonovul Eshonovul Kuyukkoʻpir ovul fuqarolar yigʻini 95. Qizil choli Qizilcholi Qizilcholi Qizilcholi mahalla fuqarolar yigʻini 96. Alamchi Alamchi Alamchi 97. Qishliq Qishliq Qishliq Oʻzbekiston mahalla fuqarolar yigʻini 98. Qilichboy Qilichboy Qilichboy Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini 99. Toza yop Tozayop Tozayop 100. Olmazor Olmazor Olmazor 101. Besh ovul Beshovul Beshovul Besh ovul mahalla fuqarolar yigʻini 102. Qozoq ovul Qozoqovul Qozoqovul 103. Tosh qalʼa Toshqalʼa Toshqalʼa Tosh qalʼa mahalla fuqarolar yigʻini 104. Yuqori qishloq Yuqoriqishloq Yuqoriishloq Yuqori qishloq mahalla fuqarolar yigʻini 105. Turkmanovul Turkmanovul Turkmanovul 106. Ikkinchi qishloq Ikkinchi qishloq Ikkinchi qishloq Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻini 107. Vaxum yop Vaxumyop Vaxumyop Qangli ovul fuqarolar yigʻini 108. Mataryop Mataryop Mataryop 109. Pishkakli Pishkakli Pishkakli 110. Qanjigʻali Xonjigʻali Xonjigʻali 111. Qum yop Qumyop Qumyop Qum yop mahalla fuqarolar yigʻini 112. Qaragʻay Qaragʻay Qaragʻay 113. Jumaboy sogʻa Jumaboysogʻa Jumaboysogʻa 114. Boʻz Boʻz Boʻz
