Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (572-son)
26.12.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallar xarid qilish, saqlash va sotish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 31-oktabrdagi PF-3346-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 26-dekabr,
572-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-yanvardagi 36-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 9-modda) 1-ilovaning 22-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho buyumlar xazinasiga” soʻzlari “Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) 1-ilovaning 92-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshidagi, 106-bandidagi, 118-bandi beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasining” soʻzlari “Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
