Toshkent viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarida undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (46-son)
22.02.2014
Toshkent viloyati hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) 4-bandi hamda Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlariga (roʻyxat raqami 2551, 2014-yil 8-yanvar) asosan, dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo komplekslari) faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari va hajmlarini kengaytirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari toʻliqroq hisobga olinishini taʼminlash, shuningdek sifati past, qalbaki va kontrabanda mahsulotlari sotilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat Moliya (D. Xajiyev) va Davlat soliq boshqarmasining (D. Fayzullayev) takliflariga asosan, Bozor va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning mikdorlari 1-ilovaga muvofiq, Bozorlar va savdo komplekslarida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari 2-ilovaga muvofiq, Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining minimal miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat solik qoʻmitasi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻlimi (J. Miroripov) va bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari bilan birgalikda bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan yigʻimlarni belgilangan tartibda toʻliq undirilishini taʼminlasinlar hamda bir martalik yigʻim, ijara toʻlovi miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek koʻrsatiladigan majburiy xizmatlarning tasdiqlangan roʻyxati va qiymatini bozorlar va savdo komplekslariga kiriladigan barcha joylariga osib qoʻysinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat solik qoʻmitasi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻlimi (J. Miroripov) bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan bozorlarda va savdo komplekslarida bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari yigʻim miqdorlarini koʻpaytirish evaziga tushadigan daromadlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son; 2008-y., 52-son, 512-modda) belgilangan tartibda budjetga yoʻnaltirilishini nazorat qilsin.
4. “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati (U. Abdushoxidov)ga viloyat hududidagi bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yigʻim va koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida targʻib qilib borish tavsiya etilsin.
5. Toshkent viloyati hokimining 2013-yil 4-fevraldagi 20-son “Toshkent viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarida undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari A. Abduqodirov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. USMANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-fevral,
46-son
Viloyat hokimining 2014-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga 1–ILOVA
Bozor va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning
miqdorlari
Izoh:
1. Sotuvchilar tomonidan belgilangan savdo oʻrnidan oshiq boʻlgan joyga, yaʼni ikkinchi joy uchun – toʻliq haq undiriladi.
2. Bir sotuvchi tomonidan bir necha xil mahsulotlar sotilsa, bir martalik yigʻim toʻlovi eng yuqori mahsulot turiga belgilangan bir martalik yigʻim toʻlovlari miqdorida undiriladi.
Viloyat hokimining 2014-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga 2–ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning
miqdorlari
Eslatma:
Non, sut, goʻsht, pishirilgan oziq-ovqat va konditer mahsulotlari sotuvchilari mahsus ustbosh kiyimlaridan foydalanishi majburiydir.
Viloyat hokimining 2014-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga 3–ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoat va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining
minimal miqdorlari
