Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarorining 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari joriy etiladigan isteʼmol tovarlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (536-son)
01.12.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish, ular bilan ichki isteʼmol bozorini yanada toʻlaroq toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarorining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari joriy etiladigan isteʼmol tovarlari roʻyxatining 3-bandida (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-martdagi 164-son qaroriga ilova) “Soliq imtiyozlari joriy etiladigan tovarlar nomi” ustunida “musiqa asboblari” soʻzlaridan keyin “gugurt” soʻzi qoʻshilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-dekabr,
536-son
