2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida (76-son)
24.01.2014
Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 20-noyabrdagi 744-II-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi CQ-401-II-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2013-yil 23-noyabrdagi XXX/III-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini hamda 2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 20-noyabrdagi 744-II-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi CQ-401-II-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2013-yil 23-noyabrdagi XXX/III-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. “2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi hududiy Dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan ishchi komissiya aʼzolarining roʻyxati 1-ilovaga, “2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi hududiy Dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan ishchi komissiyasi aʼzolarining asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman ishchi komissiyasi:
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash” hududiy Dasturining prognoz parametrlari tumanda samarali bajarilishini taʼminlasin, bunda kichik biznesni rivojlantirish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni, kasanachilikni, oilaviy tadbirkorlikning barcha shakllarini, hunarmandchilikni rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarini kengaytirish, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini roʻyobga chiqarish hisobiga kichik korxonalar, mikrofirmalar tashkil etish va ularni kengaytirish hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va shakllantirsin;
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash” hududiy dasturida belgilangan jami 5165 ta yangi ish oʻrinlarining reja-koʻrsatkichlari belgilangan muddatlarda bajarilishi ishchi guruh tomonidan qattiq nazoratga olinsin.
4. Tuman Statistika boʻlimi: (O. Toirov)
Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2474, 2013-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son 345-modda) muvofiq, dasturda nazarda tutilgan tashkilotlarda tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishchi komissiya tomonidan hisobot oyi yakunlangandan soʻng, keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar tuman statistika boʻlimiga taqdim etsin va tuman statistika boʻlimi ishchi komissiyasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tegishli davlat statistika hisobotlarining koʻrsatkichlari bilan har bir tashkilot kesimida alohida taqqoslasin.
5. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Nurullayev):
Dasturda nazarda tutilgan korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va xolisligini taʼminlash maqsadida, har oyda bir marta, hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi sanasiga qadar ishchi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida ishchi komissiyasining 3 nafar aʼzosi tomonidan ish oʻrinlari tashkil etilgan tashkilotda yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlarining haqqoniyligi yuzasidan monitoring olib borsin va ishchi komissiyaning qaroriga muvofiq har chorakda Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlarda tashkil etilgan ish oʻrinlarining kamida 25 foizini tanlov asosida oʻrgansin;
ish bilan band boʻlmaganlarni, ayniqsa qishloq joylardagi ish bilan band boʻlmaganlarni, aholining ijtimoiy jihatdan kam taʼminlangan qatlamlarini, birinchi navbatda, koʻp bolali ayollarni, nogironlarni, taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirilishiga koʻmaklashsin.
6. Tuman tijorat banklari boshqaruvchilari:
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash” hududiy Dasturiga kiritilgan korxona va tashkilotlar va shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga ajratilayotgan kreditlarni oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin va ushbu kredit mablagʻlarini maqsadli sarflanishi yuzasidan oʻrnatilgan tartibda monitoring olib borsin.
7. Tumandagi barcha yuridik maqomga ega boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona va tashkilotlar rahbarlari:
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash” hududiy Dasturiga muvofiq tuman hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalar oʻzlarida yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Ishchi komissiyasiga yozma ravishda maʼlumot taqdim etib borsin va Bandlikka koʻmaklashish markazining qishloq va shaharcha fuqarolar yigʻinlariga biriktirilgan turgʻun punkt inspektorlari tomonidan korxona va tashkilotlarda belgilangan tartibda oʻtkaziladigan monitoringga hech qanday qarshilik va toʻsqinliklarga yoʻl qoʻymasin;
korxona va tashkilotlar tomonidan ishchi komissiyasiga taqdim etadigan yangi ish oʻrinlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatida tuman Statistika boʻlimiga topshiradigan statistik hisobotlarida koʻrsatilishini taʼminlansin.
8. Kasb-hunar kollejlari koordinatori (Oʻ. Noraliyev):
Tumandagi mavjud kasb-hunar kollejlari bilan birgalikda kollej bitiruvchilarining egallagan kasbi boʻyicha korxona va tashkilotlar bilan tuzilgan uch tomonlama shartnomalarga muvofiq ishga joylashtirish choralarini koʻrsin va bu borada kollej rahbarlarini masʼuliyatini oshirsin.
9. “Qibray Sadosi” tuman roʻznomasi (A. Fozilov) ga mazkur qaror matnini roʻznoma saxifasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari J. Nosirov zimmasiga yuklansin.
Hokim N. MUXAMEDOV
Qibray sh,
2014-yil 24-yanvar.,
76-son
Tuman hokimining 2014-yil 24-yanvardagi 76-son qaroriga 1-ILOVA
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi hududiy Dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan ishchi komissiya aʼzolarining
ROʻYXATI
Tuman hokimining 2014-yil 24-yanvardagi 76-son qaroriga 2-ILOVA
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida” hududiy Dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan ishchi komissiyasi aʼzolarining asosiy vazifalari
