5-modda. Baholash obyektlari
Baholash faoliyati toʻgʻrisida (811-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Baholash obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
alohida moddiy obyektlar (ashyolar);
shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (koʻchar yoki koʻchmas) mol-mulk;
mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);
ishlar, xizmatlar, axborot;
intellektual mulk obyektlari va qonunchilikka fuqarolik muomalasida boʻlishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.
