Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligini tuzish toʻgʻrisidagi Bitimni va Protokolni ratifikatsiya qilish haqida (481-XII-son)
04.01.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻrtoq I.A. Karimov tomonidan taqdim etilgan 1991-yil 8-dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi toʻgʻrisidagi Bitim hamda 1991-yil 21-dekabrdagi shu Bitimga doir Protokol ratifikatsiya qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, bundan buyon Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlari qabul qilingunga qadar uning hududida sobiq SSSR qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan qismlari qoʻllanaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 4-yanvar,
481-XII-son
