Toshkent shahar Hamza tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida (907-II-son)
06.06.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Toshkent shahar Hamza tumanining nomi Yashnobod tumani deb oʻzgartirilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 6-iyun,
907-II-son
