Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-225/02-son)
25.02.2014
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-y., 25-aprel, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda)ga muvofiq tumanda traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, (Nishon tuman mudofaa ishlari boʻlimi, Nishon tuman ichki ishlar boʻlimi va MXX Nishon tuman boʻlimining qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno) korxonalar, tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari hamda jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari 2014-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektori (E. Xoʻjamov)ga:
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ish rejani yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18 foiz, qishloq xoʻjaligi mashinalariga — 0,10 foiz, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foiz miqdorida yigʻim undirish;
texnikani qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun mulkdordan yigʻim undirilmaslik topshirilsin.
4. Nishon tuman hokimining 2013-yil 22-martdagi X-367/03-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi O. Boymirov zimmasiga yuklansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim M. XAYITMURODOV
Yangi Nishon sh.,
2014-yil 25-fevral,
X-225/02-son
Tuman hokimining 2014-yil 25-fevraldagi X-225/02-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi
Tarkibi
Tuman hokimining 2014-yil 25-fevraldagi X-225/02-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktori parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish
Ish rejasi
Izoh: hududdagi shaxsiy va fermer xoʻjaliklarida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjalik texnikalari shu hududdagi muqobil MTPlarda belgilangan vaqtda texnik koʻrikdan oʻtish uchun yigʻiladi.
