Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (451-son)
20.10.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarorining 5-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 20-oktabr,
451-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-oktabrdagi 451-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining Paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda) 5-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“paxta tozalash korxonalarining kontraktatsiya shartnomalarini bajarishlarini va ular tomonidan taqdim etiladigan qabul qilingan paxtaning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini nazorat qiladi”.
