Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga qisman oʻzgartirishlar kiritish haqida (450-son)
18.10.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta tolasi narxlarini qayta hisoblab chiqishning amaldagi tartibini Liverpul paxta uyushmasining qiymat farqlari koʻrsatmasiga asoslangan xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2003-yil hosilidan boshlab Liverpul paxta uyushmasining qiymat farqlari koʻrsatmasiga binoan tola uzunligi 1,3/32 dyuym (kod 35) boʻlgan 5-tip paxta tolasi bazaviy narxidan tolaning boshqa tiplariga oʻtishda ilovaga muvofiq chegirma va nakidkalarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Liverpul paxta uyushmasining qiymat farqlari koʻrsatmalari raqamlari hamda Cotton Outlook tomonidan eʼlon qilinadigan kotirovka koʻrsatkichlari ±5 foizdan ortiq miqdorga oʻzgargan taqdirda paxta tolasining tiplar boʻyicha narxlarini qayta hisoblab chiqish koeffitsiyentlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining Moliya vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan takliflari asosida Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi va Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbarlari tomonidan qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 18-oktabr,
450-son
