Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni yogʻoch-taxta materiallari bilan toʻldirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (449-son)
17.10.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vatanimiz laminatlangan plita ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni yogʻoch-taxta materiallari bilan toʻldirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qaroriga ilovadagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 58-modda) 6-bandining “TIF TN kodi” nomli ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4410 (441032000 dan tashqari)”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-oktabr,
449-son
