Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida (439-son)
11.10.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi Farmoniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-avgustdagi Farmonining 3-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2004-yilning 1-yanvaridan boshlab korxonalar turlarini aniqlashda, statistika Hisobi va hisobotlarini, soliq va moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan klassifikatsiyaga qatʼiy amal qilsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-oktabr,
439-son
