Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Asosiy qiymat va moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari toʻgʻrisida” 1998-yil 19-avgustdagi 355-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (415-son)
29.09.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Asosiy moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-sentabrdagi F-1845-son farmoyishiga muvofiq hamda ishlab chiqiladigan, tasdiqlanadigan va hisoblab chiqiladigan qiymat va moddiy balanslarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinnng “Asosiy qiymat va moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari toʻgʻrisida” 1998-yil 19-avgustdagi 355-son qaroriga 1-ilovaning “Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi” boʻlimining 4-bandi, “Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadi” boʻlimining 2-bandi, shuningdek qarorga 1.1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-sentabr,
415-son
