Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (412-son)
25.09.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmogʻida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 13-avgustdagi 350-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida parranda goʻshti yetishtirishni yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-maydagi 220-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshidagi “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining” soʻzlari “baliqchilik tarmogʻi baliqchilik va baliq ovlash korxonalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 25-sentabr,
412-son
